• Foydalanilgan adabiyotlar
  • O`zbekistonda optik aloqani istiqbollari




    Download 32,71 Kb.
    bet3/3
    Sana21.01.2024
    Hajmi32,71 Kb.
    #142305
    1   2   3
    Bog'liq
    WDH96eRmcmL2ZWFtkAUPkT9A8JFdC8EEuyGb8M2w, OtMFUGqei60n39rsStiamD0zwY0LIVMGjxV4PdEi, elsthrough-reading, 1, CRYPTO LECTURE, Dasturlash Mustaqill ish, 1651730660, Kompyuter tashkil etish mustaqil ish, Мustaqil ishga namuna (2), Amaliy ish 1 Otabek, Amaliy, 61 65, 1, 2-mustaqil ish
    O`zbekistonda optik aloqani istiqbollari


    Hozirda tashqi iqtisodiy birdamlik Yaponiya banki krediti hisobiga Farg‘ona vodiysining uch viloyatining halqali tarmoqlari qurildi, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida halqali hududiy tele- kommunikatsiya tarmoqlari qurildi. Buxoro — Nukus uchastkasida TOA liniyasining Buxoro — Navoi — Zarafshon — Uchquduq — Nukus TOA liniyasi orqali zaxiralash ishlari amalga oshirildi. Bu loyiha doirasida 2000 km magistral va 700 km hududiy TOA liniyalari yotqizildi. Bu loyiha o‘z-o‘zini tiklovchi halqali tuzilish va raqamli uzatish tizimlarini qo‘llash asosida kanal hamda traktlarning zaxirasini ta'minladi, natijada aloqa tarmoqlarining ishonchliligi yanada oshdi. Hozirgi kunda nafaqat so‘nish qiymatlari, balki to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlarda qo‘llaniladigan, dispersiya qiy- mati minimal bo‘lgan bir modali optik tolalar ham yaratildi. Buturdagi pptik tola nolinchi xromatik dispersiyani 1,55 mkm sohaga siljitish yordamida hosil qilindi. Bunday tolalar «Korning» (AQSH) Fudjikura (Yaponiya) kabi ko‘plab xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda. O’zbekiston telekommunikatsiya tizimining 28 yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 180 ta mamlakatiga chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro kanallari mavjud. Bularda ham tolali optik, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshli tizimlardan foydalanilmoqda. So’ngi yillarda davlatimizda optik aloqa liniyalari va texnologiyalarini ko’paytirib, yurtimizda internet foydalanuvchilarining sonini maksimal miqdorda yetkazish asosiy vazifa qilib oilingan. Ayniqsa 2020- yilning “Ilm-m a’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili deb e’lon etilishi nafaqat optik aloqa liniyalarining ortishga balki, telekommunikatsiya sohasiga katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Hozirda yurtimizdagi aloqa tarmoqlarining umumiy uzunligi 25 million kilometrda ortiq, bazavy stansiyalar soni esa 21 minga yetkazilgan. Respublikamizda mobil internet bazasida foydalanuvchilar soni esa 22 millonda ziyotni tashkil etadi. Birgina 2022-yilining birnchi yarimda 22 ming kilometrdan ziyot optik aloqa liniyalari qurulgan. O’zbekistondagi optik tolali aloqa liniyalarining uzunligi 118 mimg kilometrni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda davlatimizda telekommunikatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar esa xalqaro reytinglarda oʻz aksini koʻrsatmoqda. Speedtest Global Index reytingi natijalarida O’zbekiston simli Internet resurslarining yuklanish tezligi boʻyicha – 40,16 Mbit/sek tezlik bilan 182 ta davlat ichida 86-oʻrinni egalladi. Britaniyaning Cable.co.uk portali maʼlumotlariga koʻra, dunyo reytingida Oʻzbekiston mobil internet arzonligi boʻyicha 21-oʻrin, keng polosali simli internet arzonligi boʻyicha esa 19- oʻrinda turibdi. Qolaversa, BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining oʻtgan yilgi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston keng polosali mobil internet narxlari boʻyicha BMTning 2 foizlik koʻrsatkichini bajargan 4 davlat qatoridan joy olgan. Shu yilning oʻzida optik tolali aloqa liniyalarni qurishni 60 ming km.ga yetkazish maʼlum qilindi. O’zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2026-yilga qadar esa Respublikadagi barcha aholi yashash maskanlari yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi bilan toʻliq qamrab olinishi rejalshtirilgan. Agarda O’zbekistonda optik tolali kabella, payvandlash qurulmalari va optik aloqa liniyasini tashkil etadigan qurulmalar va texnologiyalarini ishlab chiqarishni rivojlantirsa hamda ularning importini yo’lga qo’ysa, sohada juda katta o’zgarishlar bo’adi. Eng asosiysi bundan juda katta foyda ko’rish mumkun. Bularni tashkil etish uchun esa malakali va izlanuvchan kadrlar talab etiladi.

    XULOSA

    Xulosa qilib shuni aytishmumkinki optik aloqa yaratilganini va O`zbekistonga kirib kelish tarixini va shu vaqtgacha rivojini korishimiz mumkin . Yurtimizda telekommunikatsiya texnalogiyalari, simsiz aloqa va optik aloqa liniyalari sohasining rivojlanishi O’zbekiston rivojiga ham katta ta’sir ko’rsatadi.Optik aloqa kirib borgan sohada rivojlanishi tez suratda o`sishini korishimiz mumkin.



    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. N. Yunusov, R. Isayev, G.X. Mirazimova - OPTIK ALOQA ASOSLARI - 2014


    2.O’zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy sayti.
    3. Optik aloqa asoslari 2014, Z.I.Azamatov, I.R.Berganov
    Download 32,71 Kb.
    1   2   3




    Download 32,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekistonda optik aloqani istiqbollari

    Download 32,71 Kb.