|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborat texnologiyali universiteti
|
bet | 3/4 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 193,23 Kb. | | #122986 | Turi | Referat |
Bog'liq Referat o\'zbektiliAntonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi.
Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha maʼno jihatdan oʻzaro qarama-qarshi boʻlishi kerak. Feʼllardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar baʼzan juft holda qoʻllanib maʼno kengaytiradi yoki maʼno ifodalaydi: tunu kun (har doim). Koʻp maʼnoli soʻz oʻzining har bir maʼnosi bilan ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi, yoki qattiq yer — yumshoq yer; baxil (xasis) odam — saxiy odam.
Bundan tashqari unga sinonim boʻlgan shod, xushvaqt kabi soʻzlarga antonim boʻla oladi. Demak, bir soʻz sinonimik qatorni tashkil etuvchi soʻzlarning har biri bilan atnonim boʻla oladi: baxil — yumshoq, saxiy; tez — sekin, ogʻir; chiroyli — xunuk, badbashara, badburush. Antonimik juftlar koʻchma maʼno ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga koʻchgan), achchiq-chuchuk (otga koʻchgan).
Antonim badiiy nutqda qoʻllanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: yaxshining ehsoniga yomonning boshi ogʻrir. Antonimlarni kel — kelma, bor — borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar feʼlning boʻlishli va boʻlishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil soʻz turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik — yomonlik (ot), uzun — qisqa (sifat), koʻp — oz (ravish), keldi — ketdi (feʼl). Nutqimizda lugʻaviy antonimlardan foydalanish fikrimizni taʼsirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid maʼnoli soʻzlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy sanʼat hosil qilinadi. Bunday sanʼatga tazod sanʼati deyiladi.
Omonimlarning quyidagi turlari mavjud:
Leksik (lug‘aviy) omonimlar so‘zlar o‘rtasidagi omonimlikdir: Soch – a’zo, soch – harakat, oq – rang, oq – harakat.
Frazeologik omonimlar iboralar, ya’ni ko‘chma ma’noli, ta’sirchanlikka ega bo‘lgan birikmalar o‘rtasidagi omonimlikdir: boshga ko‘tarmoq – e’zozlamoq, boshga ko‘tarmoq – to‘polon qilmoq.
|
| |