Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborat texnologiyali universiteti




Download 193,23 Kb.
bet4/4
Sana18.12.2023
Hajmi193,23 Kb.
#122986
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat o\'zbektili

Grammatik omonimlar ikki xil bo‘ladi: a) Morfologik omonimlar qo‘shimchalar o‘rtasidagi omonimlik: to‘kin dasturxon (sifat yasovchi) - ekin (ot yasovchi); qo‘shimcha va ko‘makchilarning o‘zaro sinonimligi ham morfologik, ya’ni grammatik sinonimlar jumlasiga kiradi: maktabga ketdi – maktab tomon ketdi. b) Sintaktik omonimlar so‘z birikmalari yoki gaplar o‘rtasida bo‘ladi: so‘z birikmalarining omonimligi: yolg‘ondan hayron bo‘lmoq (yolg‘ondakamiga hayron bo‘lmoq).
Gaplarning omonimligi: Karimjon akam keldimi? - Karimjon, akam keldimi? (1-gapda Karimjon so‘zi ega, 2-gapda bu so‘z undalma hisoblanadi). Lug‘aviy omonimlar nutq jarayonida so‘z o‘yini uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, zakiyliksan’atida ulardan o‘rinli foydalanish askiyachilarning mahorati sanaladi.
Paronimlartalaffuzi, eshitilishi va morfem tarkibi oʻxshash, leksik maʼnolari boshqa-boshqa yoki qisman yaqin boʻlgan soʻzlar. Tilda ana shunday soʻzlarning mavjud boʻlish hodisasi paronamiya deyiladi.
Paronimiya muammosi nutqda Paronimlarni ataylab yaqinlashtirish yoki ularning maʼnosini bilmay, farqlamay adashtirib qoʻllash (nutqiy xato) natijasida kelib chiqadi. Paronimlarning qoʻllanishi bilan borlik, bunday masalalar tegishli ravishda nutq madaniyati va uslubshunoslik tomonidan oʻrganiladi. "Paronimlar" terminini dastlab Aristotel yasama soʻz maʼnosida taklif etgan.

Rus tilshunosligida koʻpincha paronimlar deganda bir soʻz turkumiga mansub, bir xil oʻzakli soʻzlar tushuniladi [mas, adresat — adresant (oluvchi — yuboruvchi), predstavitsya — prestavitsya (oʻzini tanitmoq — oʻlmoq)]. Oʻzbek tilshunosligida esa nafaqat bir xil oʻzakli soʻzlar, balki eshitilishi bir-biriga oʻxshash har xil oʻzakli soʻzlar ham paronimlar deb tushuniladi (masalan, sharaf — sharob, afzal — abzal, tarif— taʼrif, enlik — ellik, sogʻliq — sovliq).

Paronimlarni qoʻllashda farqlamaslik, ularni adashtirish til hodisasi emas, balki muayyan til vakillarining shu til lugʻaviy meʼyorlarini yetarli darajada egallamaganligining natijasidir. Paronimlarni xato qoʻllash, odatda, kam tanish boʻlgan soʻzlarda uchraydi. Notanish soʻzlarning katta qismini terminlar tashkil etadi. Zero, fan va texnikaning tez surʼatlar bilan oʻsishi natijasida muayyan tilga (mas, uzbek tiliga) kirgan yangi soʻzlar shu tilda mavjud boʻlgan soʻzlar bilan talaffuz jihatdan yaqin kelib qoladi, oqibatda yangiyangi paro-nimik qatorlar paydo boʻladi. Masalan, tanbur — tambur, shitob — shtab, taʼrif — tarif, teri — tire va boshqa Nutkda noaniklikka yoʻl qoʻymaslik uchun tildagi Paronimlarni farqlay bilish, maʼnolarini toʻgʻri anglay olish zarur. Shunda "sharaf" oʻrniga "sharob", "kompaniya" oʻrniga "kampaniya", "tovlanmoq" oʻrniga "toblanmoq", "enlik" oʻrniga "ellik" tarzida qoʻllashlarga oʻrin qolmaydi.

Badiiy adabiyotda, publitsistikada, ommaviy soʻzlashuvda matnning, nutqning ifodaviyligi va taʼsirchanligini oshirish maqsadida Paronimlardan keng foydalaniladi. Paronimlarni ataylab adashtirib qoʻllash kulgili holatni keltirib chiqaradi; bunday qoʻllanishlar soʻz oʻyi-nida, askiyada, shuningdek, personajlarning nutqiy xususiyatlarini ochib berishda zarur .


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


uz.m.wikipedia.org.
www.ziyouz.com.
Download 193,23 Kb.
1   2   3   4




Download 193,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborat texnologiyali universiteti

Download 193,23 Kb.