• Nazariy ma’lumotlar IP-tarmoqlar bilan SIP protokolining integratsiyasi
  • SIP tarmoq arxitekturasi
  • Ishni bajarish tartibi
  • Nazorat savollarigaa javob 1.
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari




    Download 1,88 Mb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi1,88 Mb.
    #247853
    Bog'liq
    ngn.13l


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI





    TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
    FAKULTETI

    KEYINGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARI FANIDAN
    13-LABORATORIYA ISHI






    Bajardi: Ergashova Marjona
    Tekshirdi: Raximov A.O.

    Toshkent 2024


    13-laboratoriya mashg‘uloti


    NetNumen U31 dasturiy ta’minoti yordamida SIP foydalanuvchisini
    ZXSS10-SS1b qurilmasiga qo‘shishni tadqiq etish


    Ishning maqsadi

    SIP foydalanuvchisini ZXSS10-SS1B qurilmasiga NetNumen U31 dasturiy ta’minoti yordamida qo‘shish jarayonini o‘rganish




    Topshiriq

    Ushbu laboratoriya ishida quyidagilarni bajaring:



    1. NetNumen U31 dasturiy ta’minotini ishga tushirinig

    2. Berilgan variantga mos ravishda (13.1-jadval) SIP foydalanuvchilarni qo‘shing

    3. Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmat turlarini keltiring va aloqa o‘rnatish jarayonida ishlatiladigan transport texnologiyalarini sanab o‘ting.

    Nazariy ma’lumotlar
    IP-tarmoqlar bilan SIP protokolining integratsiyasi
    IETF ishlab chiqqan SIP protokoli multimedianing global arxitekturasining qismi hisoblanadi. Bu arxitektura resurslarni zahiralashtirish protokolini (Resource Reservation Protocol - RSVP), real vaqt transport protokolini (Real-Time Transport Protocol - RTP), real vaqtda oqimli axborotni uzatish protokolini (Real-Time Streaming Protocol - RTSP), aloqa parametrlarini bayon qilish protokolini (Session Description Protocol -SDP) o‘z ichiga oladi. Ammo SIP protokoli funksiyalari bu protokollarning bittasidan ham bog‘liq emas.


    SIP tarmoq arxitekturasi
    SIP protokoli mijoz-server sxemasi bo‘yicha ishlaydi .Mijoz so‘rovlar beradi, ularda serverdan u nimani olishni xohlashi ko‘rsatiladi. Server so‘rovni qabul qiladi, unga ishlov beradi va javob yuboradi, u so‘rovni muvaffaqiyatli bajarilgani haqida bildirishni, xato haqida beldirishni yoki mijoz talab qilgan axborotni o‘z ichiga olishi mumkin.
    SIP protokol tomonidan uchta ulash o‘rnatishning asosiy ssenariyalari ko‘zda tutilgan: proksi-serverni qatnashishi bilan, qaytamanzillashtirish serverni qatnashishi bilan, va to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanuvchilar orasida.
    Birinchi holda bu funksiyalar proksi-server o‘ziga yuklaydi, chaqirayotgan foydalanuvchi esa faqat chaqirilayotgan foydalanuvchining doimiy SIP-manzilini bilishi kerak.
    Ikkinchi holda chaqirayotgan tomon mustaqil ulash o‘rnatadi, qaytamanzillashtirish serveri esa faqatgina chaqirilayotgan abonentning doimiy manzilini uni joriy manziliga o‘zgartirishni amalga oshiradi.
    Uchinchi holda ulash o‘rnatish uchun chaqirayotgan foydalanuvchi chaqirilayotgan foydalanuvchining joriy manzilini bilishi kerak.
    Birinchi holda bu funksiyalar proksi-server o‘ziga yuklaydi, chaqirayotgan foydalanuvchi esa faqat chaqirilayotgan foydalanuvchining doimiy SIP-manzilini bilishi kerak.


    Ishni bajarish tartibi



    Service Manage oynasi



    Local User Configuration oynasi



    SIP raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni



    Ro‘yxatdan o‘tgan SIP terminallar oynasi
    Nazorat savollarigaa javob
    1.SIP protokloning vazifasi.

    SIP protokoli - Session Initiation Protocol– amaliy daraja protokoli hisoblanadi va aloqa seanslarini tashkil qilish, modifikatsiya va tugatish uchun belgilangan: multimediyali konferensiyalar, telefon ulanishlar va multimediyali axborotni taqsimlash uchun ishlatiladi.


    SIP protokoli bazasida tarmoq qurilishini IETF (Internet Engineering Task Force) qo‘mitasi MMUSIC (Multiparty Multimedia Session Control) guruhi ishlab chiqqan.
    IP-tarmoq mavjud bo‘lgan ilovalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish uchun va foydalanuvchilar mobilligini ta’minlash uchun SIP protokol elektron pochta manziliga o‘xshash manzil ishlatadi. Ishchi stansiyalar manzili sifatida maxsus universal resurslar ko‘rsatgichi - URL (Universal Resource Locators), SIP URL deb atalgan.

    2. SIPprotokoli asosiy qurilmalari.


    SIP IP-tarmoq bo‘yicha uning yordamida multimediali sessiyalar yoki chaqiriqlarning o‘rnatilishi, modifikatsiyalanishi va tugatilishi kabi operatsiyalar amalga oshiriladigan amaliy daraja protokoli hisoblanadi. Multiservisli tarmoqlarda SIP N.323da ishlatilganidagiga o‘xshash funksiyalarni bajaradi. SIP sessiyalari multimediali konferensiyalarni, masofaviy o‘qitish, Internet-telefoniya, va boshqa shunga o‘xshash ilovalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bugun u xalqaro standart roliga da’vogarlik qilmoqda.


    SIP Internet xostlari orasida aloqa seanslarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Internetning butun trafigiga xususiyatli bo‘lganidek, bu seanslar bir darajali tabiatga ega. Protokol maxsuslashtirilgan SIP serverlarni ko‘zda tutadi, lekin ularning ishlatilishi shart emas. Bu SIP serverlar ro‘yxatga olish, qayta manzillashtirish va boshqa funksiyalar uchun xizmat qilishi mumkin. SIP protokoli to‘liq taqsimlangan servisli modelni qo‘llab-quvvatlaydi. Servislar foydalanuvchilar terminallarida (telefonlarda, PDA va boshqalarda), SIP serverlarda va ularning istalgan kombinatsiyasida bo‘lishi mumkin.


    Xulosa.
    Biz bu laboratoriya ishida NetNumen U31 dasturiy ta’minoti yordamida SIP foydalanuvchisini ZXSS10-SS1b qurilmasiga qo‘shishni tadqiq etdik.SIP foydalanuvchisini ZXSS10-SS1B qurilmasiga NetNumen U31 dasturiy ta’minoti yordamida qo‘shish jarayonini o‘rgandik.
    Download 1,88 Mb.




    Download 1,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari

    Download 1,88 Mb.