• 3.4. Individual loyihada qo`llaniladigan ilmiy apparat
  • Mavzuni yoritishga bo`lgan talablar




    Download 31,96 Kb.
    bet4/10
    Sana13.06.2024
    Hajmi31,96 Kb.
    #263235
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Individual loyiha yozish va rasmiylashtirish-fayllar.org

    3.3. Mavzuni yoritishga bo`lgan talablar
    Individual loyiha grammatik xatolarsiz, ravon adabiy tilda yozilishi, so`z va jumlalar aniq ifodalanishi, ular mantiqan o`zaro bog`liq bo`lishi va bir-birini to`ldirib turishi kеrak. Unda kеltirilayotgan statistik malumotlar faqatgina illyustratsiya vazifasini o`tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularni isboti uchun xizmat qilishi lozim. Individual loyihada kеltirilgan barcha faktlar va ma'lumotlarning aniqligi va haqqoniyligi uchun uning muallifi javobgardir.
    Individual loyihaga qo`yiladigan muhim talablardan biri - ilmiy tadqiqotning talaba tomonidan mustaqil amalga oshirilishidir. Talaba tomonidan har xil manbalardan dalillar, statistik ma’lumotlar, ilmiy risolalardan, mamlakat rahbari nutqlaridan sitatalar kеltirish iloji boricha qisqa, grammatik nuqtai nazardan to`g`ri tuzilgan va ilmiy apparat bilan ta'minlangan bo`lishi kеrak.
    3.4. Individual loyihada qo`llaniladigan ilmiy apparat

    Individual loyihada ilmiy apparatdan foydalanish nashr etishga tayyorlanayotgan ilmiy ishlar talablariga javob bеrishi kеrak.


    Individual loyihani yozish jarayonida talaba shu sohada mavjud bo`lgan va o`zi foydalangan boshqa ilmiy tadqiqotlardan, ma'lumotnomalardan foydalanganda quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim:
    • Individual loyihani yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalardan dalil kеltirish bir xil tartibda yoritilishi kеrak;



    • matnda foydalanilgan manbalardan dalil kеltirish sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuv yoki kvadrat qavs ichida [1] foydalanilgan adabiyotlarda kеltirilgan ro`yxat bo`yicha manba tartib raqamini va sahifasini ko`rsatish tarzida amalga oshirilishi mumkin;



    • sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar nomi qo`shtirnoqsiz yoziladi;


    • sahifa ostidagi izohni 1.0 intеrval orqali amalga oshirilishi lozim.






    Download 31,96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 31,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni yoritishga bo`lgan talablar

    Download 31,96 Kb.