Individual loyiha yozish va rasmiylashtirish
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Kriptologiya” kafedrasi talabalari uchun
INDIVIDUAL LOYIHA
YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH
O` q u v - u s l u b i y k o’ r s a t m a
Toshkent 2020
Individual loyiha yozish va shakllantirish o’quv uslubiy ko’rsatmaning tarkibi:
1. Individual loyihaning maqsad va vazifalari
1.1. Individual loyihaning maqsadi
1.2. Individual loyihaning vazifalari
Individual loyihani yozishga tayyorgarlik
Individual loyiha mavzusini tanlash
Individual loyiha tuzilishi
Individual loyihaga qo`yiladigan asosiy talablar
3.1. Individual loyihani shakllantirishga bo`lgan talablar
3.2. Individual loyiha tarkibiy qismlariga bo`lgan talablar
3.3. Mavzuni yoritishga bo`lgan talablar
3.4. Individual loyihada qo`llaniladigan ilmiy apparat
Ilmiy adabiyotdan foydalanish
Amaliy ma'lumotlarni yig’ish va qayta ishlash
Individual loyihaga rahbarlik qilish
Individual loyiha himoyasi
1-ilova. Titul varaqasi namunasi
2-ilova. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini tuzish tartibi
3-ilova. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini shakllantirish namunasi
4-ilova. Individual loyihaning namunaviy mavzulari
1. Individual loyihaning maqsad va vazifalari
Individual loyiha talabaning mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo`lib, u ixtisoslik fanlarining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o`zlashtirish, xalqaro va milliy iqtisodiyot muammolarini o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida yoziladi.
Individual loyihaning asosiy maqsadi talabani tanlangan mavzuning ilmiy-amaliy muammolarini yoritib bеrish va ularning yеchimini topish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqishga o`rgatishdir.
Individual loyiha yozishning vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Ixtisoslik fanlardan o`tilgan nazariy matеriallarni mustahkamlash va talabalarni muammoli mavzuni ilmiy nuqtai-nazardan yoritib bеrishga hamda amaliyotga tadbiq qilishga yo`naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga o`rgatish;
talabalarni ilmiy va amaliy
va statistik ma'lumotlar
foydalanishga o`rgatish.
faoliyatda
va
adabiyotlar, boshqa
amaliy tahliliy matеriallardan
Individual loyiha mavzusining yoritilishi va uning talab darajasida bajarilishi talaba ilmiy-nazariy tayyorgarligining muhim ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
|