53
FM-2 radiosignal egallaydigan chastotalar polosasi kamayganida
signalni
filtrlashda
bunda
vujudga
keladigan
simvollararo
interferensiya
muammosini hisobga olish zarur bo‘ladi.
1.28- rasmda FM-2 radiosignalni shakllantiradigan uzatkichning
funksional sxemasi keltirilgan. Bu yerda modulyatordan keyin
radiosignal quvvatini kuchaytirgich va tor polosali yuqori chastotali
filtr qo‘yilgan. Filtrning asosiy vazifasi tashuvchi tebranishning asosiy
chastotasiga
karrali
bo‘lgan
chastotalardagi
uzatkichning
nurlantirishini kuchsizlantirishdan iborat. Bunday nurlanishlarning
xavfi quvvat kuchaytirgichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va bu
kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti ortganida kuchayadigan
nochiziqli samaralar bilan shartlanadi. Ko‘pincha bunday filtr bir
vaqtda qabullagich uchun ham ishlatiladi, u foydali radiosignallar
chastotalar polosalaridan tashqaridagi kuchli tashqi signallarni
“pastga” chastotani o‘zgartirishgacha so‘ndiradi.
1.28- rasm. FM-2 radiosignalni shakllantiradigan uzatkichning
funksional sxemasi