Mobil tizimlarda dupleks rejimini tashkil etish




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/117
Sana11.08.2024
Hajmi3,49 Mb.
#269375
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
Bog'liq
Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

Mobil tizimlarda dupleks rejimini tashkil etish. 
Aniq bir 
tizimga berilgan yig‘indi chastota-vaqt resursini nafaqat ko‘p 
tomonlama ulanishni tashkil etishga, balki dupleks rejimni, ya’ni har 
ikkala tizimdan abonenga va teskari tomonga yo‘nalishlarda parallel 
axborot almashinuvini ta’minlashga sarflashga to‘g‘ri keladi. Mobil 
radioaloqa tizimlarida chastota va vaqt bo‘yicha dupleks rejimlari 
qo‘llaniladi. FDD (frequency division duplex) deyiladigan birinchi 
variantda dupleks juftlik chastota bo‘yicha dupleks ajratilgan 
deyiladigan qandaydir himoya intervali bilan ajratilgan abonentlar 
kanali polosasi kengligining ikkita chastotalar polosalarini egallaydi. 
Shunday qilib, abonentlar orasida ma’lumotlarni uzatish va qabul 
qilish turli chastotalarda amalga oshiriladi. FDDning ishlash tamoyili
1.20- rasmda tasvirlangan. 
FDD asosida birinchi va ikkinchi avlodlar tizimlari (AMPS, 
DAMPS, GSM, IS-95 va boshqa standartlar) qurilgan. 


42 
1.20- rasm. Chastotalarning dupleks ajratilishini tashkil etish tamoyili 
Vaqt bo‘yicha dupleksda (TDD — time division duplex) ikki 
tomonlama aloqa uchun uzatish va qabul qilish kanallari vaqt bo‘yicha 
ajratiladigan o‘sha bir tashuvchi ishlatiladi (1.21- rasm). TDD rejimi 
mavjud sotali aloqa tizimlari uchun xarakterli emas, lekin simsiz 
telefon standartlarida (CT2, DECT va boshqalar) keng tarqalgan. 
Bundan tashqari, unga uchinchi avlod UMTS va CDMA2000 
standartlarida ham ma’lum joy ajratilgan. 
CDMA2000 loyihasi asosiga qo‘yilgan raqamlar aniqligiga
asoslanish bilan TDDli tizimlar kanallarining namunaviy tuzilmasini 
ko‘rib chiqamiz. 
1.21- rasm. Vaqt bo‘yicha dupleks ajratishni tashkil etish tamoyili 
 
ВS
 
МS
 
Тo’g’ri 
kanal
 
Теskari 
kanal
 
Chastotalar
farqi
 
Тo’g’ri 
kanal
 
Теskari 
kanal
 
МS
 
ВS
 
Тo’g’ri/teskari 
kanallar
 


43 
BTS kanal arxitekturasining asosiy elementi Tk = 20 ms bo‘lib 
(1.22-rasm), u dkpleksni tashkil etishga mo‘ljallangan 8 juft 
intervallarga bo‘linadi. 
1.22- rasm. CDMA2000 tizimi TDDli aloqa kanali kadrining 
tuzilmasi 
Juftlikning birinchi intervali T
t
davomiylikka ega va uzatish 
uchun ajratiladi. Ikkinchi intervalda (T
R
davomiylikdagi) MS signali 
qabul qilinadi. Istalgan yonma-yon intervallar xizmat ko‘rsatish 
zonasining uzunligi orqali aniqlanadigan Δt davomiylikdagi himoya 
oraliqlari bilan ajratiladi. Uncha qiyin bo‘lmagan hisob ko‘rsatadiki, 
52 mks himoya intervalida va bazaviy stansiyada vaqt intervallarini 
+3 mks sinxronlashtirish aniqligida xizmat ko‘rsatish zonasining 
maksimal radiusi 14 km ni tashkil etadi. 
Mobil stansiyalar o‘xshash kadrning tuzilmasiga eag bo‘ladi, 
lekin qabul qilish va uzatish intervallari joylarini almashadi. 
Duplekslashning 
ikkita 
variantlarini 
taqqoslash 
shunday 
xulosaga olib keladiki, FDD rejimi sotalarning katta o‘lchamlarida va 
abonentlarning yuqori harakatlanishi tezliklarida samaraliroq, u holda 
TDDli variant katta darajada mikrosotalarda, ya’ni uncha yuqori 
bo‘lmagan tezliklarda harakatlanadigan abonentlarga xizmat 
ko‘rsatish kichik zonalarida qo‘llanish uchun to‘g‘ri keladi. Binobarin, 
TDDla “yuqoriga” va “pastga” liniyalari o‘sha bir chastotlalar 
polosasini egallar ekan, ulardagi so‘nishlar xarakteristiklari yuqori 
korrelyasiyalash darajasiga ega bo‘ladi, bu nurlantiriladigan quvvatni 


44 
rostlash va fazoviy ajratish jarayonlarini soddalashtirish uchun 
ishlatilishi mumkin. 
Bundan tashqari, TDDga xususiyatli bo‘lgan tez moslashuvchan 
tuzilma, to‘g‘ri va teskari kanallardagi asimmetrik ma’lumotlar 
oqimlarida vaqt resurslarini samarali qayta taqsimlashga imkon 
beradi. Bunday asimmetriya mobil terminallarga Internet tarmog‘i 
bilan aloqa funksiyalari yuklatilishi bilan uchinchi avlod tizimlarida 
juda xususiy hodisa bo‘lib qoladi. Bunday kontakt mobaynida 
“pastga” liniyadagi trafik teskari yo‘nalishdagiga qaraganda aniq 
to‘yingan bo‘ladi. Bunda 1.23- rasmda ko‘rsatilganidek amal qilish 
mumkin, u “yuqoriga” va “pastga” liniyalari orasida vaqt resurslarini 
simmetrik taqsimlanishidan (1.23a- rasm) “pastga” ko‘rsatkich MS 
ma’lumotlarini qabul qilishga, “yuqoriga” ko‘rsatkich esa uzatishga 
javob beradigan vaqt resurslarini asimmetrik taqsimlanishiga
(1.23b- rasm) o‘tishni sxematik tasvirlaydi. 
TDD variantining avzalligi sifatida abonentlar terminalining 
oddiyroq bir rejimli TDD ishlatilishi imkoniyati ham ko‘rilishi 
mumkin. Har ikkala duplekslash variantlariga mo‘ljallangan ikki 
rejimli (FDD/TDD) apparatli murakkablashtirishga kelinsa, u holda 
oddiy FDD-terminalga qaraganda u juda sezilarli emas va iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarga chegaraviy ta’sir o‘tkazmaydi. 
a) 
b) 
1.23- rasm. Aloqa kanalida “yuqoriga” va “pastga” liniyalari orasida 
vaqt resurslarini simmetrik taqsimlanishi (a) va asimmetrik 
taqsimlanishi (b)
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqadi, har ikkala ko‘rib 
chiqilgan duplekslash rejimlarining birlashtirilishi bo‘yicha Yevropa 
UMTS loyihasi tavsiyalari juda ratsional hisoblanadi. Bunday yechim 


45 
tizimga ajratilgan spektral diapazonidan foydalanish qismida tez 
moslashuvchanlikni 
beradi 
va 
o‘tkazish polosasini ishlatish 
sharoitlariga va xizmatlar xarakteriga moslashtirishga imkon beradi. 
230 MGs kenglikdagi spektr kengliklari oraliqlarida ikkita ajratilgan 
WARC-92da 
uchinchi 
avlod 
tizimlarini 
qurish 
Yevropa 
konsepsiyasiga muvofiq: 1885…2025 va 2110…2200 MGs, 
1920…1980 va 2110…2170 polosalar chastota bo‘yicha dupleksli 
SMAT uchun, 1900…1920 va 2010…2025 MGs polosalar esa vaqt 
bo‘yicha dupleksli SMAT uchun mo‘ljallanadi. 

Download 3,49 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mobil tizimlarda dupleks rejimini tashkil etish

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish