34
KSning
shakli
turlicha
bo‘lishi
mumkin,
ko‘pincha
qo‘ng‘iroqsimon impulslar qo‘llaniladi, chunki ularni shakllantirish
oson bo‘ladi. Shunday qilib, FDMAdan asosiy farqlanish –
sinxronlashtirishg zarurati vujudga keladi.
Ideal holda kanallar signallarning vaqt bo‘yicha mos
tushmasligini ularning ortogonalligi ta’minlaydi, demak ularning bir-
birlariga ta’sirini oldini oladi. Real holda tizimning polosasini
cheklanganligi tufayli oldingi kanallardan keyingi kanallarni paydo
bo‘lshini boshlanishiga signallardan o‘tish jarayonlari tugallanmasligi
va oxirgilari bilan qo‘shilib borishi bilan kesishma (kanallararo)
halaqitlarni hosil qilishi mumkin. Qo‘shni kanallarning ta’sirini, ya’ni
kanallararo halaqitlar sathini kamaytirishga himoya vaqt intervallarini
kirtish yo‘li bilan erishiladi, bu o‘z navbatida, ma’lumotlarni uzatilishi
mumkin bo‘lgan diapazonning kamayishiga, ya’ni uzatish tezligini
haqiqiy kamayishiga olib keladi.
Sotali aloqa tizimlarida samaradorlikni oshirish maqsadlarida tor
polosali
TDMA
(
NB TDMA yoki MC/TDMA
) – birlashtirilgan FDMA
va TDMA ishlatiladi. Bunda ajratilgan chastotalar diapazoni
FDMAdagi kabi tashuvchilar alohida polosalarga bo‘linadi. Har bir
chastotalar polosalarida esa abonentlarni vaqt bo‘yicha ajratish amalga
oshiriladi. Bu usul raqamli tizimlarda
(GSM, D-AMPS)
qo‘llaniladi.
1.17- rasmda ajratilgan diapazonni 4 ta nimtashuvchilarga har bir
polosalar chagaralarida maksimum 4 ta abonentlarga bir vaqtda aloqa
taqdim etiladigan ajratish keltirilgan. Shunday qilib, tor polosali
TDMA usulini ishlatish bilan o‘sha bir chastotalar diapazonida
FDMAdagiga qaraganda 4 marta ko‘p abonentlar ishlashi mumkin. Va
shuning uchun TDMAni ishlatadigan tarmoqlarning sig‘imi FDMAga
qaraganda 3-6 martaga ortiq bo‘ladi.