35
TDMAning kamchiliklariga sinxronlashtirishning
uzilishiga
sezgirlikni kiritish mumkin. Sinxronlashtirishga ega bo‘lmagan analog
standartlarda amalda sotaning radiusi 35-40 kmni tashkil etadi, bunda
radioaloqaning “qattiq baqirsa uzoqqa eshitiladi” tamoyiliga muvofiq,
ya’ni uzatkichning chiqish quvvatini oshirilishi bilan uni 60 kmgacha
yoki hatto 80 kmgacha (nazariy) oshirish mumkin. Raqamli
standartlarda esa kamida TDMA texnologiyasida amalga oshirilgan
absolyut kechikish vaqtini kompensatsiyalash tizimi 250 mksgacha
intervalda
ishlay oladi, bu sotaning 35 km maksimal radiusiga mos
keladi.
KKAKTU kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan ko‘p
tomonlama ulanish
(CDMA
–
Code
Division Multiple Access
)
.
Uning asosida an’anaviy tor polosali tizimlardagiga qaraganda
uzatiladigan
xabarning
polosasini
atayin
va
ko‘p marttali
kengaytirilishini ko‘zda tutadigan ma’lumotlarni uzatish tizimini keng
polosali qurish (spread spectrum) g‘oyasiga yo‘nalish yotadi.
Bu usulning nazariyasi 1935
yildayoq ishlab chiqilgan, lekin
amaliy ishlatilishni FDMA va TDMAlardan sezilarli keyin oldi. U
ishlatilganida barcha abonentlar orqali doimo tizimga aloqa uchun
ajratilgan butun mumkin bo‘lgan diapzonning kengligi ishlatiladi. Bu
texnologiyaning asosi trafik kanallarini
Uolsh funksiyalari orqali
ortogonal bo‘lish hisoblanadi. Ular faqat 64 ta aniqlangan. Shunday
qilib, nazariy jihatdan bitta bazaviy stansiya 64 ta abonentlarga
ishlashini tashkil etish mumkin. Lekin halaqitlarning ta’siri,
shuningdek «
soft handover
»- sotalar orasida “yumshoq”
qayta
ulanish zarurati (umuman CDMA usulining afzalliklaridan biri
hisoblanadigan) tufayli amalda qayd etilgan aloqa uchun 45 tagacha,
harakatdagi aloqa uchun 25 tagacha ishlatiladi.
CDMAni ishlatadigan aloqa tizimlari TDMA ishlatilgandagi
kabi sinxronlashtirishni talab qiladi. Lekin
bu yerda sinxronlashtirish
bo‘g‘ini sifatida Global Pozitsiyalash Tizimi