41
t qayd etilgan vaqt mobaynidagi chaqiruvlar soni odatda Puasson
taqsimoti - t vaqt ichida k chaqiruvlarning kelishi ehtimolligi orqali
tavsiflanadigan diskret tasodifiy kattalik hisoblanadi. t aloqa seansi
davomiyligi (bitta kanalning bandligi vaqti) uzluksiz tasodifiy kattalik
hisoblanadi,
uning
ehtimolligi
zichligi
odatda
eksponensial
(
T
-o‘rtacha qiymat) qabul qilinadi.
Yangi chaqiruv kelgan momentda bo‘sh kanallarga ega
bo‘lmagan tizim o‘zini qanday tutishiga bog‘liq ravishda uning
quyidagi modellariga ajratiladi:
- cheklangan vaqtda kutishli tizim (Erlang A modeli), unga
muvofiq bo‘sh kanal bo‘lmaganida chaqiruv navbatga qo‘yiladi va
agar T qayd etilgan vaqt tugashi bilan band kanallardan hech biri
bo‘shamasa, u bekor qilinadi;
- rad etishli tizim, ya’ni bo‘sh kanallar bo‘lmaganida kelgan
chaqiruvlar bekor qilinadi (Erlang V modeli);
- kutishli tizim, ya’ni chaqiruvlar navbatga qo‘yiladi va uzoq
vaqtda davomida kanalning bo‘shashini kutishi mumkin (Erlang S
modeli).
Tizimga ulanishga rad etish ehtimolligini aniqlaydigan
formulalar mavjud. Lekin ular juda katta va deyarli ishlatilmaydi.
Amalda berilgan to‘silishi ehtimolliklarida kanallarli aloqa tizimlari
uchun yo‘l qo‘yiladigan yuklamani Erlanglarda hisoblash uchun uning
grafik ko‘rinishidagi yoki jadval ko‘rinishidagi berilishi ishlatiladi,
ular mos texnik adabiyotlarda keltiriladi.