30
Masalan, AMPS standartida tizimga ajratiladigan chastotalar resursi
ikkita BTSdan MSga (to‘g‘ri kanal) ma’lumotlarni uzatish uchun
869…894 MGs diapazon va teskari yo‘nalishda (teskari kanal)
ma’lumotlarni uzatish uchun 824…849 MGs diapazoni hisoblanadi.
Shunday qilib, chastota bo‘yicha dupleks ajratish 45 MGsni tashkil
etadi. Har bir chastotalar kanaliga Δf
p
, =30 kGs polosa ajratiladi,
shunday ekan, himoya intervallarini hisobga olganda ajratilgan
diapazon chegaralarida 832 ta kanal joylashadi va 1 dan 799 gacha va
991 dan 1023 gacha nomerlar beriladi.
(a) (b)
1.12- rasm. Kanallar signallari spektrlari (a) va abonentlar orasida
chastota-vaqt resurslarini taqsimlanishi (b)
To‘g‘ri (downlink) va teskari (uplink) kanallar spektral
ajratishga ega bo‘lish bilan kanallarni bir-birlariga ta’sir etishini faqat
nazariy to‘liq yo‘qotadi. Amalda esa kanallararo (ichki tizimli)
halaqitlarning vujudga kelishini qabullagichdagi ajratish filtrlarini
noidealligi tufayli oldini olish mumkin emas, buning natijasida bitta
kanaldan energiyaning qismi qo‘shni kanalga o‘tib ketadi. Kanallararo
halaqitlar ta’sirini kuchsizlantirish mos signallarni manipulyatsiyalash
(“polosadan tashqi” nurlanishlarni kamaytirish) va filtrlarni (qo‘shni
kanalda so‘ndirishni yaxshilash) tanlash orqali bo‘lishi mumkin.
O‘zaro halaqitlar sathini kamaytirishning yana bir usuli chastotalar