• 1.4. Ko‘p tomonlama ulanish texnologiyalari
  • Mobil aloqa tizimlari antennalari




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/117
    Sana11.08.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #269375
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117
    Bog'liq
    Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

    Mobil aloqa tizimlari antennalari. 
    Nisbatan uncha katta 
    bo‘lmagan kuchaytirishi, uncha katta bo‘lmagan hajmlari va vazni 
    tufayli shtirli antennalar vaqtinchalik yoki harakatdagi bazaviy 
    stansiyalarda qo‘llaniladi. Zamonaviy sotali tizimlarda statsionar 
    bazaviy stansiyalarda asosan chastotalarning takrorlanishi afzalliklari 
    tufayli sektorli antennalar qo‘llaniladi. Gorizontal tekislikda sektorli 
    YDni, masalan, burchakli reflektorli yarim to‘lqinli vibratordan 
    foydalanish orqali olish mumkin. Sektorli YDni har bir qavatda 
    parallel vibratorlardan antennalar panjarasidan foydalanish orqali ham 
    olish mumkin. 
    Sotali 
    telefoniya 
    texnologiyasida 
    ishlatiladigan 
    ko‘plab 
    nurlantirgichlar shleyfli simmetrik vibrator, spiralli antenna, chorak 
    to‘lqinli shtir va past profilli antennalar hisoblanadi [1].
    1.4. Ko‘p tomonlama ulanish texnologiyalari 
    Ko‘p tomonlama ulanish tushunchasi bu tizimga ajratilgan 
    chastota-vaqt resurslari doirasida ko‘plab foydalanuvchilarni parallel 
    ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar majmuini ko‘zda tutadi. Har 
    bir abonentni qandaydir fizik kanalga tenglashtirish bilan aytish 
    mumkinki, aniq bir ko‘p tomonlama ulanish texnologiyasi bu kanallar 
    orasida 
    cheklangan 
    chastota-vaqt 
    resursini 
    taqsimlash 
    usuli 
    hisoblanadi. 
    s(t) uning yordamida i-nchi aloqa kanali ishlatiladigan signal 
    bo‘lsin (i = 1,2,…,
    k
    , bu yerda 
    k
    -tizimning to‘liq kanallari soni). Buni 
    matnda sezilarsiz ko‘p nurlilik samarasini inkor qilish va birga 
    bo‘ladigan n(t) shovqinni aditiv hisoblash, fizik tarqalish muhitining 
    chiziqli modelini saqlash bilan qabul qilish tomonida kuzatiladigan 


    29 
    tebranishni mos ravishda t-nchi signalni tarqalish trassasida so‘nish va 
    kechikish shaklida tasavvur qilish mumkin. Qabul qilish tomonining 
    vazifasi aniq bir abonentning xabarini ajratishdan iborat, binobarin, 
    tashqi signallar bunda halaqitlar rolida qatnashadi. 
    Ma’lumki, signallar superpozitsiyasining istalgan komponentini 
    qolgan 
    komponentlarning 
    ta’sirini yo‘qotish bilan chiziqli 
    seleksiyalash uchun barcha signallarning chiziqli bog‘liq emasligi 
    zarur va etarli. Chiziqli bog‘liq emas ortogonal signallar o‘zaro 
    halaqitlarsiz oddiy korrelyasion qabullagich orqali bo‘linadi. 
    Kanallar signallarining ortogonalligi chastota yoki vaqt bo‘yicha 
    ajratish yoki to‘g‘ri keladigan kodlash hisobiga ta’minlanishi mumkin. 
    Shunga muvofiq, ko‘p tomonlama ulanish usullarini tasniflash ham 
    o‘rnatilgan. 
    Barcha mobil radioaloqa tizimlari ikkita umumiy katta analog va 
    raqamli toifalarga bo‘linadi. Bunda ularda uchta asosiy ko‘p 
    tomonlama ulanish usullari 

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish