Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/117
Sana11.08.2024
Hajmi3,49 Mb.
#269375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

Yer usti simsiz tizimlari
ma’lumotlarni uzatish zamonaviy 
tizimlarida orasida optik tolali va sun’iy yo‘ldoshli tuzilmalar bilan 
muvaffaqiyatli raqobatlashish bilan, ayniqsa uncha katta bo‘lmagan 
mosfalarga aloqada juda sezilarli rolni o‘ynaydi. Yer usti radio 
vositalari sohasidagi texnologik yechimlarda inqilobiy o‘zgarishlar 
bo‘lib o‘tdi. Bir necha o‘n minglab kilometrlargacha masofalarda 
aloqani mikroto‘lqinli aloqa tizimlari ta’minlaydi ularning ishlash 
tezligi sekundiga yuzlab megabitlardan ortadi. 40 MGs chastotalar 
polosasida STM-4 (622 Mbit/s) raqamli oqimlarni uzatilishini tashkil 
etishga imkon beradigan radioreleli raqamli tuzilmalar paydo bo‘ldi.
 
Uncha katta bo‘lmagan masofalarga aloqa uchun (bir necha 
o‘nlab kilometrlargacha) ulanish va ma’lumotlarni taqsimlash 
tizimlari ommaviy ko‘lamlarda ustun rivojlanmoqda. Bunday 
tizimlarga tor polosali va keng polosali radioaloqa tizimlari
shuningdek ochiq tarqatiladigan telekommunikatsion tizimlar kiradi. 
Tor polosali va keng polosali radioaloqa tizimlaridagi farq, avvalo 
qo‘llaniladigan tebranishlar tashuvchilari tuzilmalaridan iborat. Tor 
polosali tizimlarga kiradigan an’anaviy radiovositalar signal 
tashuvchisi sifatida bir chastotali garmonik tebranishlarni ishlatadi. 
Bunday tizimlardagi ajratilgan chastotalar diapazonida ko‘plab 
foydalanuvchilarning 
ishlash 
imkoniyatini 
ta’minlash uchun 



uzatiladigan 
signallar 
chastotalari 
polosalarini 
iloji 
boricha 
kamaytirishga uriniladi. Keng polosali aloqa tizimlarida tebranishlar 
tashuvchilari sifatida keng polosali psevdo-tasodifiy signallar 
qo‘llaniladi. Bunda har bir foydalanuvchining signali chastotalar 
diapazonining butun ajratilgan oralig‘ini egallaydi, alohida signallarni 
ajratish esa kodli usullarda amalga oshirildi. 
So‘nggi yillarda ishlab chiqilgan ochiq tarqatiladigan optik aloqa 
tizimlari infraqizil va lazerli tizimlarga bo‘linadi. Bu tizimlar kichik 
masofalarga (yuzlab va minglab metrlarga) ma’lumotlar sezilarli 
oqimlarini uzatishga imkon beradi. Uncha katta bo‘lmagan masofa 
sabablari tabiatda tuman, yomg‘ir, qor, qurum, do‘l va turli tabiiy va 
sun’iy to‘siqlarning ta’siri mavjudligi orqali tushuntiriladi. Eng 
yaxshi tizimlar (masalan, Canobeam, Lightpoint tizimlari) signalni 
juda zich nurga jamlash va yorug‘lik nurini antennaning apreturasida 
ushlab turadigan tizimni avtomatik qidirish va sozlashni qo‘llash bilan 
istalgan ob-havo sharoitlarida raqamli oqimlarni 4-5 kmlargacha 
masofalarga 155 Mbit/s tezliklarda uzatishga imkon beradi 
(
www.canon
.com, 
www.lightpointcom.com
). Infraqizil va lazerli 
qurilmalarning eng muhim afzalliklariga boshqa tizimlariga qaraganda 
ularning hamma joyda hech qanday litsenziyalarsiz va ruxsatlarsiz 
qo‘llanilishini kiritish mumkin. 

Download 3,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish