|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mikroprotsessorli tizimlar fanidan mustaqil ish pentinum 2 bajardi: turg’unjonov saidbek gruppa: 431-21 qabul qildi: abasxonova xalima
|
bet | 5/15 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 359,16 Kb. | | #274828 |
Bog'liq 1 mustaqil ishOxirgi 2-3 yilda ko‘pgina kompaniyalarda (xorijiy, Rossiya, shu jumladan MHD mamlakatlari) korporativ uskuna va dasturiy ta’minotning miqdori muhim massaga etdi va murakkab boshqariladigan ob’ektga o‘zgardi. Shu bilan birga, kompaniyalarning biznesi to‘xtamasligi kerak bo‘lgan muhim ilovalardan foydalanish bilan bog‘liqdir. Tashqi muhit biznes uchun negativ oqibatlarga olib kelish imkoniyati bilan tahdidni keltirib chiqaruvchi agressiya bo‘ldi.
Bunday sharoitlarda muhim aktuallikka infratuzilmani adaptiv boshqarish konsepsiyasi ega bo‘ladi. Forrester Research bashorotiga asosan yaqin vaqtlarda IT rivojlanishining shu yo‘nalishi umumiy konsepsiyani rivojlantiruvchi kompaniyalar uchun bo‘lgani kabi, ularning elementlarini rivojlantiradigan kompaniyalar uchun ham belgilovchi bo‘ladi, adaptiv boshqarish texnologiyasiga 2006 yildan keyin o‘tiladi.
Axborot tizimning adaptivligi, xususan uning infratuzilma qismiga qo‘yiladigan asosiy talablarning bir nechta tamoyillari ko‘rinishida shakllantirish mumkin.
Maksimal samarali foydalanish tamoyili sifatli va miqdoriy masshtablash imkoniyati (faqat oshish tomoniga emas, balki kamayish tomoniga), barcha resurslar va servislardan to‘liq foydalanish, ishonchlilik, qulaylik, xavfsizlik nazarda tutiladi.
Integratsiyalash tamoyili ko‘pgina servislar, protokollar, texnologiyalarning yagona tizimida foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunga Web-servislar yoki paketli telefoniya tizimini ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga qo‘yilishini misol qilish mumkin.
Boshqarilish tamoyili avtomatik boshqarish elementlari bo‘lgan tizimdan, qurilmani boshqarishdan tashqari servislarni boshqarishni o‘z ichiga olgan to‘liq avtomatik boshqarishga o‘tishni bildiradi. Ushbu tamoyilga muvofiq barcha o‘rnatish va sozlash, yuklamani balansirovka qilish, rad etishning barqarorligini ta’minlash va tiklash avtomatik tarzda bajarilishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mikroprotsessorli tizimlar fanidan mustaqil ish pentinum 2 bajardi: turg’unjonov saidbek gruppa: 431-21 qabul qildi: abasxonova xalima
|