Quyi tizimni balanslanganlik tamoyili




Download 359,16 Kb.
bet6/15
Sana12.10.2024
Hajmi359,16 Kb.
#274828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1 mustaqil ish

Quyi tizimni balanslanganlik tamoyili barcha quyi tizimlarga moslashish tamoyillarini qo‘llash zarurligi nazarda tutiladi. Keyingi tarmoqning shakllangan tamoyillari infratuzilmaviy qarorlarni loyihalashda yangi yondoshuvni, xususan kommutatsiya (tarmoq) va boshqarish vositalari kabi komponentlarini ifodalaydi. Ushbu tamoyillarni tarmoq va telekommunikatsiya uskunasini etakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan amalga oshirish yangi avlod aloqa tarmoqlarining konsepsiyasida (Next Generation Networks/New Generation Networks, NGN) o‘z ifodasini topgan. SHu bilan birga ishlab chiqaruvchilarning turli ochiq nashrlari va texnik materiallaridagi nomlarida, shu ma’noni ifodalaydigan boshqa atamalarni ko‘rish mumkin: adaptiv tarmoq (Adaptive Networks,), intellektual tarmoq (Intelligent Networks,) va shu kabi. NGN atamasi aloqa operatorlarining tarmoqlariga nisbatan qo‘llaniladi, NGN konsepsiyasining asosiy g‘oyasi adaptivligi hisoblanadi.
Tarmoqlar konvergensiyasi
Oxirgi yillarda telekommunikatsiya texnologiyalarida katta o‘zgarishlar yuz berdi. IP-texnologiya bazasida tarmoqlarni rivojlantirish, mobil aloqa tarmoqlarining tez o‘sishi, multimedia kompyuter texnologiyalarining keng tarqalishi kuzatilmoqda va bu insonlarning o‘sib boruvchi ehtiyojlari xizmatlarning keng spektriga kira olish imkoniga ega bo‘ladi, butun foydalanuvchi tarmoqlarning turli ko‘rinishlaridan foydalanganda farqlarni ko‘rmasligi kerak. Ηatijada aloqani konvergensiya, axborot muhiti va xizmatlari jarayonining o‘tishi kuzatilmoqda.
Evropa komissiyasining “Green Paper” (1997 y) hujjatiga muvofiq “konvergensiya” atamasi ostida yagona terminal ko‘rinishida oxirgi qurilmalarni (telefon, shaxsiy kompyuter, televizor) birlashtirish yoki xizmatlarning bir xil to‘plamini ta’minlash turli tarmoqli platformalar imkoniyati tushuniladi. Konvergensiyaning uchta xizmatlar konvergensiyasi, jarayonlar konvergensiyasi va tarmoqlar konvergensiyasi yo‘nalishi ko‘rib chiqiladi. Xizmatlar konvergensiyasi foydalanuvchilarga kengaytirilgan funksional imkoniyatlarni taqdim etadi. Jarayonlar konvergensiyasi iqtisodiy jihatdan samarali xizmatlarni taqdim etish uchun turli ishlab chiqaruvchilarning uskunasi bilan ishlash imkoniga ega xizmatlar provayderlarga ta’luqlidir. Tarmoqlar konvergensiyasi deganda texnologiyalar konvergensiyasi tushiniladi. Konvergent tarmoq keyingi avlod tarmog‘iga – Next Generation Network (NGN) o‘tish uchun oraliq bosqich hisoblanadi. “Multiservis tarmoqlarni qurish bo‘yicha konseptual holat” hujjatiga muvofiq quyidagi ta’riflarni berish mumkin:
    • keyingi avlod aloqa tarmog‘i (NGN) – aloqa tarmoqlarini boshqarish, shaxsiylashtirish va tarmoqli qarorlarni takomillashtirish hisobiga yangi xizmatlarni yaratish bo‘yicha moslashgan imkoniyatlar bilan xizmatlarning cheklanmagan to‘plamini taqdim etishni ta’minlaydigan aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi;
    • NGN tarmog‘i taqsimlangan kommutatsiya bilan universal transport tarmog‘ini amalga oshirish, oxirgi tarmoqli uzellarga xizmatlarni taqdim etish va an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan integratsiya qilish funksiyalarini kiritishni mo‘ljallagan;
    • multiservis tarmog‘i – keyingi avlod aloqa tarmog‘ining konsepsiyasiga muvofiq qurilgan va xizmatlarning cheklanmagan to‘plami taqdim etilishini ta’minlaydigan aloqa tarmog‘idir.

Download 359,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 359,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyi tizimni balanslanganlik tamoyili

Download 359,16 Kb.