To’plamlar dekart ko’paytmasi, dekart kvadratida berilgan munosabatlar, berilish usullari va xossalari




Download 250,4 Kb.
bet2/3
Sana17.12.2023
Hajmi250,4 Kb.
#121239
1   2   3
Bog'liq
Diskret tuzulmalari 1-M

To’plamlar dekart ko’paytmasi, dekart kvadratida berilgan munosabatlar, berilish usullari va xossalari.
To’plam elementlarining kelish tartibi muhim bo’lgan hollarda, matematikada elementlarning tartiblangan naborlari haqida gap boradi. Mazkur masalada biz tartiblangan juftliklar bilan ish ko’ramiz.
a va b elementlardan tashkil topgan tartiblangan juftlikni (a, b) bilan belgilash qabul qilingan, bunda a element juftliklarning birinchi koordinatasi (komponentasi), b element esa bu juftlikning ikkinchi koordinatasi (komponentasi) deyiladi.
(a, b) va (c, d) juftliklarda a = c va b = d bo’lgan holdagina bu juftliklar teng bo’ladi.
Ikkita turli to’plamlar elementlaridan ham tartiblangan jutliklar hosil qilish mumkin. Masalan, A = {1, 2, 3} va B = {3, 5} to’plamlarni olamiz va mumkin bo’lgan tartiblangan juftliklarni shunday hosil qilamizki, jutliklarning birinchi komponentasi A to’plamdan, ikkinchi komponentasi esa B to’plamdan tanlab olinsin. Ushbu to’plamga ega bo’lamiz:
{(1,3), (1,5), (2,3), (2,5), (3,3), (3,5)}
Formal xarakterga ega bo’lgan ushbu masalaga konkret ma’no berish mumkin bo’gan barcha ikki xonali sonlarni shunday hosil qilingki,bunda o’nliklar raqami 1,2,3 raqamlardan tanlab olinadi,birliklar raqami esa 3 yoki 5 raqami bo’lishi mumkin.
Ta’rif. A va B to’plamlarning Dekart ko’paytmasi deb birinchi komponentasi A to’plamga,ikkinchi komponentasi B to’plamga tegishli bo’lgan juftliklar to’plamiga aytiladi.
AB = {(x,y)/, xA, yB}
A va B to’plamlarning Dekart ko’paytmasi AB kabi belgilanadi.
Dekart ko’paytmani topishda qo’llaniladigan amal to’plamlarning Dekart ko’paytirish deyiladi.
Ta’rif. A1, A2, …, An to’plamlarning Dekart ko’paytmasi deb uzunligi n bo’lgan shunday kortejlar to’plamiga aytiladiki,bunda kortejning birinchi komponentasi A1 to’plamga,ikkinchi komponentasi A2 to’plamga ,…, n-komponentasi An to’plamga tegishli bo’ladi.
A1, A2, …, An to’plamlarning Dekart ko’paytmasi A1x A2 x … x An kabi belgilanadi.
A va B to’plamlar chekli bo’lib, uncha ko’p bo’lmagan elementlarni o’z ichiga olsa, ularning Dekart ko’paytmasini topish qiyin emas.Koordinata to’g’ri chizig’i – bu unda sanoq boshi, uzunlik birligi va musbat yo’nalish berilgan to’g’ri chiziqdir.
Ox to’g’ri chiziq abssissalar o’qi,Oy esa ordinatalar o’qi,umumuy sanoq boshiga va aynan bir xil uzunlik birligiga ega bo’lgan koordinata o’qlari yasagan tekislik koordinata tekisligi deyiladi.(4-rasm).
Koordinatalar tekisligida A va B to’plamlarning Dekart ko’paytmasini tasvirlaymiz, bunda:

  1. A = {1,2,3}, B = {3,5};

  2. A = {1,2,3}, B = [3,5];

  3. A [1,3] B = [3,5];

  4. A = R, B = [3,5];

  5. A = R, B = R.

1-holda berilgan to’plamlar chekli va uncha katta bo’lmagan sjndagi elementlarni o’z ichiga oladi, shuning uchun ularning Dekart ko’paytmasining hamma elementlarini sanab ko’rsatish mumkin: AxB = {(1, 3), (1, 5) (2, 3), (2, 5), (3, 3), (3, 5)}.
Koordinata o’qlarini yasaymiz va Ox o’qda A to’plam elementlarini, Oy o’qda B to’plam elementlarini belgilaymiz.So’ngra A  B to’plamdagi har bir sonlar juftligini koordinata tekisligidagi nuqtalar bilan tasvirlaymiz.
2-holda to’plamlarning Dekart ko’paytmasi elementlarini sanab ko’rsatishning imkoni yo’q, chunki B to’plam cheksiz to’plamdir.
Biroq bu Dekart ko’paytmani hosil qilish jarayonini namoyish qilish mumkin. Har bir juftlikda birinchi komponenta yoki 1,yoki 2,yoki 3 ikkinchi komponenta esa [3,5] oraliqdan olingan haqiqiy sonlardir.Birinchi komponentasi 1 soni bo’lgan , ikkinchi komponentasi esa 3 dan 5 gacha qiymatlarini ketma-ket qabul qilgan barcha juftliklar PM kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi;birinchi komponentasi 2 bo’lgan , ikkinchi komponentasi [3,5] oraliqdagi hamma haqiqiy qiymatlarni qabul qiluvchi barcha juftliklar KL kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi;birinchi komponentasi 3 soni bo’lgan,ikkinchi komponentasi [3,5] oraliqdagi ixtiyoriy xaqiqiy sonni qabul qiluvchi juftliklar esa SQ kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi.
4-holda A to’plam barcha haqiqiy sonlardan tashkil topgan, ya’ni A  B to’plam elementlarini tasvirlovchi nuqtalarning abssissasi hamma haqiqiy qiymatlarni ketma-ket qabul qiladi, bu vaqtda ordinata sifatida [3,5] oraliqdagi sonlar olinadi.Bunday nuqtalar to’plami polosa hosil qiladi. (4-rasm).


Download 250,4 Kb.
1   2   3




Download 250,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’plamlar dekart ko’paytmasi, dekart kvadratida berilgan munosabatlar, berilish usullari va xossalari

Download 250,4 Kb.