• «sichqoncha»
  • Kompyuterning tarkibiy tashkil etilishi




    Download 3,19 Mb.
    bet4/8
    Sana18.12.2023
    Hajmi3,19 Mb.
    #122615
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Individual loyiha
    Mikroiqtisodiyot kirish, AbbosxonMB, 1698066677, Dasturiy taminot tizimlarini loyihalash , 1434238, Umumiy, taqsimlangan va aralash xotirali arxitekturalar, AKBAROV IXTIYOR BAXTIYOROVICH, Karima-BU, Python dasturlash tili, 4-mavzu. Konsultativ yordam tamoyillari Reja-fayllar.org, Mexanika-yig\'uv sexlarini loyihalash. Qayumov A, Kabulov M, Doc1, Sohaning faol va nofaol terminlari Reja Sohaviy nofaol terminla, Kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha Konventsiya - Vikipediya
    Kompyuterning tarkibiy tashkil etilishi.

    Hozirgi kunda inson hayotini kompyutersiz tasavvur etib bо’lmaydi. Shunday ekan, quyidagi savollar о’rinli: Kompyuterning о‘zi nima? U qanday tuzilgan? Kompyuterning imkoniyatlari qanday? Uning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Insonga qanday yordami tegadi-yu, qanday zarari bor? Shu va boshqa savollarga javob topishga quyidagi maqolada harakat qilamiz. Inson tafakkurining mahsuli bо’lgan kompyuter juda kerakli mashina hisoblanadi.
    Kompyuter 4 asosiy qurilmalardan iborat: Monitor(ekran), sistema bloki, klaviatura, sichqoncha.
    Shuni ham ta’kidlab о’tish kerakki, yaqin kunlargacha kompyuterning asosiy qurilmalar safiga sichqoncha kirmas edi, sababi u siz ham bemalol boshqarsa bо’lardi. Lekin yuqori texnologiyalar va internetning vujudga kelishi bilan sichqonchasiz kompyuterni boshqarish umuman mumkin bо’lmay qoldi. Shuni ham qо’shib о’tish kerakki, bugungi kunda sistema blokini kо’pchilik «protsessor» deb ataydi.
    Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga оxshash vazifani bajaradi, ya’ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan rasmlar, kоrilayotgan film unda namoyon bо’ladi. Monitor quyidagi 3 turga bо’linadi:



    2-rasm. Manitor turlari.
    Klaviatura - ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma’lumotlar va buyruqlar kiritiladi.

    3-rasm. Klaviatura.
    Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba’zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qоllash mumkin. Kompyuter sichqonchasi sharli, lazerli va simsiz bо’lishi mumkin. Odatda sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki bо’yruq berish, о’ng tugma yordamchi amallar bajarish uchun qо’llaniladi. Bu rо’yxat kontekst menyu deyiladi.



    4-rasm. Sichqoncha.

    Sistema bloki himoya g’ilofiga о’ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. U keys deb xam ataladi.



    5-rasm. Keyslar.
    Elektron sxemalar yaxlit asosga yig‘ilgan bо‘lib, asosiy plata (ona plata / motherboard) deyiladi. Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor (inglizcha CPU — Central Processing Unit — jarayonlarni boshqaruvchi markaziy qurilma) deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalarini boshqaradi va uning turiga qarab kompyuterga baho beriladi.

    6-rasm. Ona plata.

    Biz ma’lumotlarni (kino, klip qо‘shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlab qо‘yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari mavjud. Qattiq disklar vinchester (inglizcha HDD — Hard Disc Drive — qattiq disk) deb atalib, odatda u istema blokida joylashtiriladi. Vinchester ikki turga bо‘linadi (ATA, SATA).



    7-rasm. Qattiq disk
    Shuningdek, tezkor xotira (inglizcha RAM — Random Access Memory) qurilmasi mavjud bо‘lib, u ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlarni о‘z ichida saqlaydi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda о‘chib ketadi. О‘z vaqtida ishtatilgan yoki ishlatilayotgan tezkor xotiralar quyidagilardir:

    8-rasm. Tezkor xotira.
    30 bо‘linmalik SIMM (Single Inline Memory Module — Yagona qatorda joylashgan xotira moduli). 286 — 486 protsessorli kompyuterlarda ilgari ishlatilgan. Xozirda tarixga aylangan.

    9-rasm.

    Download 3,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 3,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterning tarkibiy tashkil etilishi

    Download 3,19 Mb.