MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi
IV– kurs, 633-20 guruhi talabasi
Hamidjonov Jasurbek
Optik aloqa tizimlari fanidan tayyorlagan
Amaliyot ishlari
Qabul qildi: Madaminov M.
Farg‘ona 2023
1-amaliyot. Optik tolalar. Optik tolalarning turlari va xarakteristikalari. Optik tolalarning geometrik va fizik parametrlari.
Ishdan maqsad: Optik tolalarning turlari va xarakteristikalari, optik tolalarning geometrik va fizik parametrlarini o’rganish
Optik tola va uning tuzilishi
Tolali optik aloqa tizimida optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug‘lik energiyasi oqimini berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog‘lab turuvchi muhit optik yorug‘lik uzatgichlar deyiladi. Optik yorug‘lik uzatgichlarning tavsiflari qisman aloqa tizimining sifatini aniqlaydi. Shuning uchun TOATni loyihalashtirishda nurlanish tarqaladigan uzatuvchi muhit - optik yorug‘lik uzatgichlarning tavsiflarini hisobga olish kerak.
TOATda maxsus optik yorug‘lik uzatgichlar-optik tolalar (OT) qo‘llaniladi.
Kichik so‘nish koeffitsientiga ega bo‘lgan optik yorug‘lik uzatgichlar asosida optik signallarni uzoq masofalarga uzatishni ta’minlovchi optik kabellar yaratilgan. Yorug‘lik uzatuvchi optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi
fizik kanalni shakllantirib, u orqali
uzatilgan signalning tashuvchisi yorug‘lik nuri tarqaladi.
Yorug‘lik nurining faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqalishini ta’minlash uchun (1.1-rasm)
n
1>n
2>n
3>n
0,
shart bajarilishi kerak. Mos ravishda bu yerda n1-o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi,
n
2, n
3-qobiqlarning sindirish ko‘rsatkichlari, n
0-tashqi muhitning sindirish ko‘rsatkichi [5].
bu yerda -mos ravishda nisbiy dielektrik va magnit o‘tkazuvchanlik.