G HSAT konsepsiyasining asosiy qoidalari




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

 
3G HSAT konsepsiyasining asosiy qoidalari.  3G bu nafaqat 
Internetga tezkor ulanish, bu muloqot qilishga, ma’lumotlarga ruxsat 
etishga va boshqalarda tubdan yangi yondashish hisoblanadi. 
Boshqacha aytganda, an’anaviy faqat statsionar qaraladigan 
imkoniyatlar va qurilmalari mobil bo‘lib qoladi. Foydalanuvchi 
nafaqat o‘z suhbatdoshi bilan so‘zlashishi, balki videotelefon 
yordamida uni ko‘rishi, Internet tarmog‘i bo‘yicha sayr qiishi, 
biznesni yuritishi, o‘rganishi, ko‘ngil ochishi mumkin va bularning 
barchasi bugungi kunda sotali telefon - uncha katta bo‘lmagan qurilma 
yordamida mumkin bo‘ladi. Tabiiyki, bunday xizmatlar yuqori tezlikli 
ma’lumotlarni uzatilishini talab qiladi. Buning uchun dastlab 
ma’lumotlarni tor polosali uzatilishiga mo‘ljallangan mavjud mobil 
aloqa tarmoqlarini multimedia mobil xizmatlari va Internetga ulanish 
uchun zarur tezlikni ta’minlaydigan keng polosali tarmoqlargacha 
qadamma-qadam modernizatsiyalash ko‘zda tutilmoqda [11]. 
Uchinchi avlod mobil aloqaning asosi IP texnologiya 
hisoblanadi, u ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, bu 
abonentning doimo on-line rejimida bo‘lishini bildiradi. Bunda 
bog‘lanish vaqtiga emas, balki faqat uzatilgan yoki qabul qilingan 
ma’lumotlar hajmiga haq to‘lanadi. 
Butun telekommunikatsiyalar industriyasi uchun tugal maqsad 
keng polosali tizimlarni qo‘llaydigan va global mobillikni 
ta’minlaydigan yagona mobil aloqa butundunyo muhitini yaratish 
hisoblanishiga 
qaramasdan, 
uchinchi 
avlod 
xizmatlarini 
ta’minlaydigan bir qancha standartlar tizimlari vujudga keldi. 
3G nima berishi haqidagi ko‘plab turli talqin etishlar mavjud, 
lekin universal qabul qilinadigan yagona tavsif Xalqaro elektr aloqa 
ittifoqi (ITU) e’lon qilgan tavsif hisoblanadi. ITU butundunyo bo‘ylab 
sanoat tashkilotlari bilan ishlaydi, texnik talablar va standartlarni, 
shuningdek IMT-2000 (International Mobile Telecommunications-
2000) dasturi doirasida 3G tizimlar uchun spektrdan foydalanishi 
qoidalarini aniqlaydi va tasdiqlaydi. IMT-2000 bu Xalqaro elektr 
aloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar bo‘lib, ular 
butun uchinchi avlod standartlari oilasi uchun chastotalar spektridan 
foydalanish va texnik o‘ziga xos xususiyatlari masalalariga tegishli 
hisoblanadi. Tavsiyalar dunyodagi mavjud ikkinchi avlod 
standartlarini 
uchinchi 
avlod 
standartlariga 
evolyusiyalanishi 


90 
yo‘llarini tavsiflaydi. ITU IMT-2000 (3G) tarmoqlari, shuningdek 2G 
tizimlari uchun tizimning yaxshilangan sig‘imini va spektridan 
foydalanish samaradorligini va 
mobil rejimda ishlatilganida 
(binolardan tashqarida) minimum 144 kbit/s, mobil bo‘lmagan 
sharoitlarda (binolarda) maksimum 2 Mbita/s tezliklarli ma’lumotlarni 
uzatish servislarini qo‘llanilishini talab qiladi. 
Bu talablarga asoslanish bilan ITU 1999 yilda ITU-R M.1457 
tavsiyalarining qismi sifatida IMT-2000 standartlari uchun beshta 
radiointerfeyslarni 
(W-CDMA, 
CDMA2000, 
TD-CDMA/TD-
SCDMA, DECT, UWC-136) ma’qulladi. Sanab o‘tilgan 3G tarkibiy 
qismlaridan faqat birinchi uchtasi uchinchi avlod to‘laqonli sotali 
aloqa standartlari hisoblanadi, DECT va UWC-136 esa yordamchi 
rolni o‘ynaydi. DECT bu uchinchi avlod mobil texnologiyalari 
doirasida bu tarmoqlarga qaynoq ulanish nuqtalarini (xot-spotlarni) 
tashkil etish uchun uy yoki ofis maqsadlaridagi simsiz telefoniya 
standarti hisoblanadi. UWC-136 standarti bu EDGE texnologiyasiga 
o‘xshash bo‘lib, 2,5G tarmoqlarga kiradi. 
1998 yilning 29 yanvarida European Telecommunications 
Standards Institute (ETSI) a’zolari uchinchi avlod (3G) mobil aloqa 
standartlariga nisbatan kelishuvga erishdi. Bu standart universal mobil 
kommunikatsion tizim (Universal Mobile Communications System) 
bo‘lib, uning uchun yechim UTRA (UMTS Terrestrial Radio Access) 
deyiladi va u har ikkala W-CDMA (keng polosali Code Division 
Multiple Access) va TD-CDMA (Time Division Multiple Access 
CDMA) takliflarga asoslanadi. W-CDMA ilovalar keng spektri uchun 
ishlatiladi, u holda TD-CDMA yuqori mobillikni ta’minlash talab 
qilinmaydigan binolar uchun avzal ishlatiladi. Bu standart, 
kutilganidek, jahon bozorida yangi joyni hosil qiladi va uchinchi avlod 
tarmoqlari uchun eng keng ishlatiladigan standart bo‘lib qoladi. 
Bugungi kunda jahonda raqobatlashadigan ikkita asosiy 3G 
konsepsiyalari mavjud:
- UMTS (Universal Mobile Telecommunications Systems — 
universal mobil telekommunikatsion tizim), evropa davlatlarida 
qo‘llanadi; 
- CDMA 2000ning (Code Division Multiple Access — kanallar 
kodli ajratiladigan multiulanish) tarafdorlari Osiyo mamalakatlari va 
AQSh hisoblanadi.
Prinsip jihatdan bu ikkala texnologiyalar ikkita turli 3G 
tarmoqlarni tashkil etishga revolyusion (UMTS) va evolyusion 


91 
(CDMAning CDMA2000, CDMA2000 IX, CDMA2000 IX EvDo 
turlari) yondashishlarni ko‘zda tutadi. Evolyusion yo‘l chastotalarning 
saqlanishi va yangi texnologiyalarga operatorning texnik quvvatlarini 
oshirish yo‘li bilan bosqichma-bosqich o‘tishni ko‘zda tutadi. UMTS 
bu mutlaqo yangi standart, shu bilan bir vaqtda 3G uchun taqdim 
etilgan CDMAning ko‘rinishi sifatida hozirda dunyoda ishlatilayotgan 
ikkinchi avlod cdmaOne (IS-95) texnologiyalarining rivojlanishi 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 3G tarmoqlar deyarli butun dunyoda 
ishlatilmoqda. 
Asosida uchinchi avlod aloqa tarmoqlari quriladigan sotali aloqa 
asosiy standartlarini ko‘rib chiqamiz. 

Download 3,49 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



G HSAT konsepsiyasining asosiy qoidalari

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish