• CDMA-2000 3X.
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/114
    Sana24.12.2023
    Hajmi3,49 Mb.
    #127893
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

    CDMA-2000 1XEV. Bu standart 1X standartning keyingi 
    takomillashtirilishi 
    hisoblanadi. 
    Uning 
    yordamida 
    chastotalar 
    spektridan eng samarali foydalanishga erishiladi, ma’lumotlarni 
    uzatish o‘tkazish qobiliyati oshadi, o‘sha bir 1,25 MGs chastotalar 
    polosasida eng yuqori 2 dan 5 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatish 
    tezligiga 
    erishiladi. 
    Bunda 
    xavf 
    kamayadi 
    va 
    operatorlik 
    kompaniyalarining kapital qo‘yilmalari himoyalanadi. Operatorlarning 
    ehtiyojlarini aniqlash bilan 1XEVda takomillashtirishning ikkita 
    bosqichi ko‘rsatiladi. Birinchi bosqichning borishida ma’lumotlarni 
    samaraliroq uzatish usuli uchun 2,4 Mbit/sdan ortiq ma’lumotlarni 
    uzatish tezligiga erishish talab qilinadi. Ikkinchi bosqichning amalga 
    oshirilishida real vaqt ko‘lamida ovoz va ma’lumotlarni uzatish 
    tezligiga erishiladi. 
    CDMA-2000 3X. Bu cdma-2000 standartining ikkinchi fazasi 
    hisoblanadi. 
    Bu 
    fazadagi 
    takomillashtirish 
    1Xda 
    erishilgan 
    ma’lumotlarni uzatish tezligini 2 Mbit/sgacha oshirilishi ko‘p kanalli 
    tizimdan foydalanish orqali ta’minlanadi. 3X nom 3XRTT atamadan 
    kelib chiqadi, ya’ni 3G xizmatlarni taqdim etish uchun uchta 1,25 
    MGsdan kanallar ishlatiladi 
    CDMA 450 uchinchi avlod aloqa standarti hisoblanadi. U 
    CDMA 2000, shu jumladan CDMA 2000 1x EV-DO standartini 
    rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarini qo‘llaydigan Xalqaro elektr 
    aloqa ittifoqi tomonidan tasdiqlangan. CDMA 2000 1x EV-DO 
    tarmoq ma’lumotlarni juda katta 2, 4 Mb/sgacha tezlikda uzatilishiga 
    imkon beradi. CDMA 450 standarti, hatto 1, 8 MGs kabi tor 
    chastotalar polosasida joriy etilishi mumkin. Uning afzalligi 
    chastotalar 
    spektridan 
    samarali 
    foydalanish, 
    shuningdek 
    ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatilishi imkoniyati hisoblanadi. 
    Pastroq chastotalar diapazonini ishlatilishi esa qamrab olish zonasini 
    kengaytirishga imkon beradi. 450 MGs diapazonda ishlaydigan sotalar 
    yuqoriroq chastotalarda ishlaydigan bazaviy stansiyalarning qamrab 


    93 
    olish zonasidan ikki marttaga ortiq bo‘ladi. Shuning uchun CDMA 
    450 yechimi qishloq joylarida, aholining zichligi uncha katta 
    bo‘lmagan hududlarda simsiz aloqani quradigan operatorlar uchun 
    foydali bo‘ladi. 
    Kam aholili va borish qiyin bo‘lgan hududlar uchun CDMA 450 
    standarti iqtisodiy foydali va an’anaviy simli telefoniyaga muqobil 
    hisoblanadi. Bu yechim CDMA 2000 texnologiyalarining barcha 
    asosiy afzalliklarini taqdim etishi tufayli operator va uning abonentlari 
    uchun foydali bo‘lib, aynan u uchinchi avlod yangi xizmatlarini 
    keyingi joriy etish, masalan, abonentning joylashish o‘rnini aniqlash 
    (LBS) imkoniyatini yaratadi. Shuningdek alohida operatorlar 
    tarmoqlarida ishlayotgan multimediali xizmatlar va Push-to-Talktm 
    («Bos va gapir», ya’ni telefonni ratsiyadan foydalanishga yaqin 
    rejimda ishlatish) texnologiyalari bo‘lishi mumin. 
    CDMA 450 bu turli tarmoq ehtiyojlari uchun ideal yechim 
    hisoblanadi. Telekommunikatsiyalar universal xizmatlari konsepsiyasi 
    istalgan aholi punktida har qanday abonentga berilgan muddatda 
    o‘rnatilgan sifatdagi va baholar darajasida bo‘lgan aloqa xizmatlarini 
    ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari CDMA 450 standarti 
    asosida davlat organlari manfaatlarida maxsus aloqa tarmoqlari 
    qurilishi mumkin. CDMA 2000 standartining yuqori tezlikli 
    ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha imkoniyatlari 450 MGs diapazondagi 
    operatorlar uchun real qiziqishni beradi va keng polosali DSL-
    ulanishga muqobil bo‘ladi. 
    CDMA 450 aholini ma’lumotlarni olishini (xususan, Internet 
    orqali), ayniqsa kabelni o‘tkazilishi o‘zini oqlamaydigan olisdagi 
    hududlarda soddalashtirishga imkon beradi. 
    CDMA 450 tizimining ishlatilishi dispetcherlik aloqasi yoki 
    TETRA kabi maxsus maqsadli tizimlar uchun foydali bo‘lishi 
    mumkin. Yuqori ulanish tezligi bilan birga Push-to-Talktm 
    funksiyasining qo‘llanilishi bilan CDMA 450 tizimlari huquqni 
    muhofaza qilish, tez tibbiy yordam, yong‘in-himoya xizmati va 
    maxsus xizmatlar masalalarini tezkor va sifatli echilishiga imkon 
    beradi. 
    CDMA 2000 texnologiyalarini, ayniqsa 450 MGs diapazonning 
    ishlatilishi “elektron hukumat” tizimlarini yaratilishini sezilarli 
    engillashtirishi mumkin. Bu standart Hukumat, davlat xavfsizligi 
    diqqat markazida turli ilovalarni yaratish va ishlashi uchun juda 
    yaxshi tanlov hisoblanadi. Chunki texnologiya sanab o‘tilgan 


    94 
    afzalliklardan 
    tashqari, 
    autentifikatsiyalash, 
    kodlash 
    va 
    ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash yordamida uzatishda 
    ma’lumotlarni himoyalashning yuqori darajasini ta’minlaydi. 
    Bularning barchasi CDMA 450 standartini Hukumat uchun, 
    shuningdek huquqni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash turli 
    loyihalarida qo‘llanilishi uchun ideal standart bo‘lishini ta’minlaydi. 
    Bugungi kunga kelib CDMA 450 standartining 14ta tijorat 
    tarmoqlari O‘zbekiston, Rossiya, Ruminiya, Belorussiya, Chexiya, 
    Gruziya, Latviya va boshqa davlatlarda ishlamoqda. Yana bir nechta 
    tarmoqlar ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda CDMA 
    450 standartidan O‘zbekistonda 1.000.000 kishidan ortiq abonentlar 
    foydalanmoqda. yetakchi mobil terminallar ishlab chiqaruvchi 
    kompaniyalar iste’molchilarga 15 tadan ortiq telefonlar modellarini 
    taklif etmoqda. 

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish