125
ISRA birlashmasi turli davlatlardan, shu jumladan, Janubiy
Kaliforniya
Universiteti,
Nyu-York
Universiteti,
Prinston
Universiteti,
Stenford Universiteti, Illinoys Universiteti, Texas
Universiteti, Pompeu Fabra (Barselona, Ispaniya) Universiteti, Perdyu
Universiteti, Kornell Universiteti, Hind
texnologiyalar instituti
(Dehli, Hindiston), Los-Andjelesdagi Kaliforniya Universiteti, Rays
Universiteti, Makkuori (Sidney, Avstraliya) Universiteti ilmiy-
tadqiqotlar markazlarining juda katta sonini jamladi. Birlashmaning
biznes-hamjamiyat tomonidan bosh hamkori
Amerika Verizon mobil
operatori bo‘ldi.
5G mobil aloqa konsepsiyasini ilab chiqishning asosiy
muammolaridan biri bularni barchasi amalga oshiriladigan chastotalar
diapazonini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, ma’lumki
rivojlangan mamlakatlarda bo‘sh diapazonlar deyarli qolmagan.
NTT DoCoMo yapon mobil operatori 5G tarmoqlar sohasidagi
tadqiqotlarni 2010
yildayoq oltita Alcatel-Lucent, Ericsson, Fujitsu,
NEC, Nokia va Samsung vendorlari bilan birgalikda boshlagan. 2014
yilning mayida ular 5G tarmoqlarining juda katta sig‘imiga erishish
uchun nisbatan bo‘sh 6 GGsdan yuqori chastotalar
diapazonlarini
ishlatilishini ko‘zda tutishini e’lon qildi.
2015 yilda butun dunyo radiochastotalar konferensiyasi bo‘lib
o‘tdi, unda 5G tarmoqlarda quyidagi radiochastotalar diapazonlarini
ishlatish masalalari taxminiy ko‘rib chiqildi: 9,9—10,6; 11;
17,1—17,3;
17,7—19,7;
21,2—21,4;
27—29,5;
31—31,3;
31,8—33,4; 36—37,0; 37—39,5; 40,5—50,2; 50,4—52,6; 55,78—57;
57—71; 71—76;81—86 GGs. Shubhasiz, tanlash mezoni sifatida 40,5
GGsdan past diapazonlardagi bir necha yuzlab megagerslardagi
polosadagi va 40,5 GGsdan yuqoridagi 1 GGsdan kam bo‘lmagan
polosadagi uzluksiz radiospektrning borligi hisobga olindi. Binobarin,
radiospektrning ham juft ("yuqoriga" va "pastga" kanallarini chastota
bo‘yicha ajratish – FDD uchun), ham juft bo‘lmagan (TDD) oraliqlari
ko‘rib chiqildi.
Xulosada ta’kidlash kerakki, umuman 5G texnologiyalari va
tarmoqlarini yaratish bo‘yicha qator loyihalardagi ishlar haqida
ma’lumotlar tez-tez paydo bo‘la boshladi.
Bu kompaniyalar birinchi
5G tijorat tarmoqlarini yaqin kelajakda qurishni rejalashtirayotganini
taxmin qilishga imkon beradi. Asosiysi, barcha manfaatdor
ist’emolchilar
umib qilganidek, ishlab chiquvchilar umumiy fikrga
kelishlari va hozirgi vaqtda ishlatilayotgan barcha mobil aloqa
126
texnologiyalarini
birlashtiradigan
yagona
“beshinchi avlod”
standartini taqdim etadi.