Radioreleli aloqa liniyasining tuzilmasi




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

Radioreleli aloqa liniyasining tuzilmasi. Ko‘p martalik 
translyatsiyalash 
tamoyillariga 
asoslangan 
radioreleli 
aloqa 
liniyasining soddalashtirilgan tuzilish sxemasi 3.1-rasmda keltirilgan. 
U oxirgi, oraliq va uzel stansiyalarga bo‘linadi. 
Oxirgi stansiyalar aloqa liniyasining chetki punktlariga 
o‘rnatiladi va signllarni uzatish yo‘nalishlarida modulyatorlar va 
uzatkichlarga va qabul qilish yo‘nalishlarida demodulyatorlarli 
qabullagichlarga ega bo‘ladi. Qabul qilish va uzatish uchun qabul 
qilish va uzatish traktlari bilan antenna tarmoqlagichi yordamida
ulangan bitta antenna ishlatiladi. Signallarni modulyatsiyalash va 
demodulyatsiyalash standart oraliq chastotalardan (70 - 1000 MGs) 
birida amalga oshiriladi. Bunda modemlar turli chastotalar 
diapazonlari ishlatadigan qabullagich-uzatkichlar bilan ishlashi 
mumkin. Uzatkichlar oraliq chastota signallarini ishchi O‘YUCh 


130 
diapazonga o‘zgartirish uchun, qabullagichlar esa, teskari o‘zgartirish 
va oraliq chastota signallarini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
3.1- rasm. Radioreleli aloqa bir yo‘nalishining tuzilish sxemasi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘YUCh signallar modulyatsiyalanadigan 
RRLlar mavjud (masalan, Erikom-11 apparaturasi), lekin ular 
cheklangan tarqalgan. 
3.2- rasmda oxirgi stansiyaning soddalashtirilgan tuzilish 
sxemasi keltirilgan. Oraliq (3.3- rasm) stansiyalar to‘g‘ri ko‘rinishdagi 
masofada joylashtiriladi va signallarni qabul qilish, ularni kuchaytirish 
va keyingi aloqa liniyasi bo‘yicha uzatishga mo‘ljallangan.
3.2- rasm. Oxirgi stansiyaning tuzilish sxemasi 
Oraliq stansiyalarda signallarni qabul qilish va uzatish yaqin 
joylashgan antennalardan teskari nurlanishning ta’siri hisobiga 
qabullagich-uzatkichlardagi parazit aloqalarni yo‘qotish uchun turli 


131 
chastotalarda amalga oshirilishi kerak. Qabul qilish va uzatish 
chastotalari orasidagi farq surilish chastotasi (f
sur
) deyiladi. 
3.3- rasm. Oraliq stansiyaning tuzilish sxemasi 
Uzel stansiyalar (3.4- rasm) ham oraliq stansiyalar funksiyalar
funksiyalarini, ham axborotlarni kiritish va chiqarish funksiyalarini 
bajaradi. SHuning uchun ular yirik aholi punktlarida yoki aloqa 
liniyalarining kesishish (tarmoqlanish) nuqtalarida o‘rnatiladi.
Yaqindagi stansiyalar oralig‘idagi masofa RRLning o‘tish 
oralig‘i (intervali) deyiladi. O‘tish oralig‘ining uzunligi ko‘plab 
sabablarga bog‘liq, 6 - 8 GGs chastotalar diapazonlarida o‘rtacha 50-
60 kmga va 30 - 50 GGs chastotalar diapazonlarida bir necha 
kilometrlargacha yetadi. 
Oxirgi stansiya va yaqindagi uzel stansiya yoki uzel stansiyalar 
orasidagi masofa RRL seksiyasi deyiladi, qabul qilish-uzatish 
qurilmalarining majmui esa RRL stvolini hosil qiladi. Bir yo‘nalishli 
va ikki yo‘nalishli (dupleks aloqa uchun) stvollarga ajratiladi.
10 GGsdan yuqori diapazonlar uchun radioreleli tizimlar
zamonaviy apparaturalari pastroq chastotali apparaturalarga qaraganda 
konstruktiv bajarilishda ma’lum o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 10 
GGsgacha chastotalar diapazonlarida qabul qilish-uzatish apparaturasi 
apparatlar xonasiga joylashtiriladigan juda katta ustunlar ko‘rinishida 
bajariladi. Antennalar bilan aloqa sezilarli uzunlikka va natijada 
sezilarli yo‘qotishlarni kiritadigan fider to‘lqin o‘tkazgichlari orqali 
amalga oshiriladi. 10 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlariga o‘tish 
apparaturalarning konstruktiv bajarilishini sezilarli o‘zgartirdi. 10 
GGsdan yuqori chastotalar diapazonlarida ishlaydigan apparatura 
uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlarga ega va antenna bilan yagona 
blokka 
birlashtirilgan 
antennalar 
tayanchining 
balandligida 
joylashtiriladi. 


132 
3.4- rasm. Uzel stansiyaning tuzilish sxemasi 
10 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlarida qo‘llaniladigan 
uncha katta bo‘lmagan o‘lchamli va og‘irlikli ixcham apparatura 
baland binolarda, tutun quvurlarida yoki baland joylarda o‘rnatish 
mumkin bo‘lgan uchburchakli kesimli fermalar yoki quvursimon 
konstruksiyalar ko‘rinishida bajarilgan engillashtirilgan antennalar 
machtalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yadi. 
Qabul qilish-uzatish bloklari koaksial kabellar orqali binoda 
joylashgan modemlar qurilmalari bilan ulanadi. Zamonaviy modemlar 
qurilmalari bu markaziy yoki mahaliy kompyuter boshqaruvi ostida 
ishlaydigan oson tranformatsiyalanadigan kompleks hisoblanadi. 
Modemlar qurilmalari 1 dan 34 Mbit/sgacha tezliklardagi 
raqamli oqimlarni shakllantirish va qayta ishlash, oqimlarni 
multiplekslashni amalga oshirish va istalgan konfiguratsiyadagi aloqa 
tarmoqlarini shakllantirish rejimlarida ishlashni ta’minlashi mumkin.

Download 3,49 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish