Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

YSY orbitalari 
Geostatsionar orbita. Ko‘plab mavjud SYATlar yo‘ldoshlarni 
joylashtirish uchun eng foydali bo‘lgan geostatsionar obitadan 
foydalanadi. Uning asosiy afzalliklari global xizmat ko‘rsatish 
zonasida uzluksiz sutkali aloqa imkoniyati va chastotaning surilishini 
deyarli to‘liq yo‘qligi hisoblanadi.
Geostatsionar yo‘ldoshlar taxminan 36 ming kilometrlarda 
joylashishi va Yerning aylanish tezligida aylanishi bilan ekvatorda 


135 
joylashadigan yer sirtidan ma’lum nuqtada «osilib» turadi. Haqiqatda 
geostatsionar KAning orbitadagi holati o‘zgarmas hisoblanmaydi. U 
orbitaning degradatsiyalanishini keltirib chiqaradigan qator omillar 
ta’sirida sezilarsiz “dreyfga” uchraydi. Bunda bir yildagi orbita 
holatining o‘zgarishi 0,92
o
ga etishi mumkin. 
 Geostatsionar 
orbitadagi 
sun’iy 
yo‘ldoshlar 
qator 
kamchiliklarga ega, ulardan eng asosiysi signalning kechikishi 
hisoblanadi. Geostatsionar orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar 250 msli 
kechikish 
(har 
ikkala 
yo‘nalishlardagi) 
signallarning 
sifat 
xarakteristikalariga ta’sir qilmaydigan radio- va televizion uzatish 
tizimlari uchun optimal hisoblanadi. Radiotelefon aloqasi tizimlari 
kechikishlarga sezgirroq, chunki bu sinfdagi tizimlardagi yig‘indi 
kechikish taxminan 600 msni (yer usti stansiyalaridagi qayta ishlash 
va kommutatsiyalashni hisobga olganda) tashkil etadi, hatto 
zamonaviy aks-sadoni so‘ndirish texnikasi hamma vaqt ham yuqori 
sifatli aloqani ta’minlashga imkon beravermaydi. “Ikkilangan 
sakrash” holida (yer usti stansiya-shlyuzi orqali Retranslyatsiyalash) 
kechikish endi 20 %dan ortiq foydalanuvchilar uchun ma’qul bo‘lmay 
qoladi. 
Geostatsionar tizimlar arxitekturasi ajratilgan chastotalar 
polosasidan takroran foydalanish imkoniyatini, natijada ularning 
spektral samaradorligini cheklaydi. Geostatsionar KAlar qamrab olish 
zonasi yuqori kenglikdagi hududlarni (sh.k. va j.k. 76,5
o
yuqori) o‘z 
ichiga 
olmaydi, 
ya’ni haqiqatda global xizmat ko‘rsatish 
kafolatlanmaydi. Shuningdek ta’kidlash kerakki, geostatsionar KAlar 
personal 
aloqa 
xizmatlarini 
faqat, 
agar 
ular 
Yer 
sirtida 
shakllantiradigan xizmat ko‘rsatish zonalari past orbitali sun’iy 
yo‘ldoshlar hosil qiladigan zonalar bilan deyarli bir xil bo‘lsa 
ta’minlay oladi. 
Hozirgi vaqtda geostatsionar orbitada juda “tirband” bo‘lib qoldi 
va yangi KAlarni joylashtirish bilan muammolar vujudga keldi. Ish 
shundaki, texnikanaing zamonaviy rivojlanishi darajasida o‘zaro 
halaqitlarning vujudga kelishi tufayli geostatsionar KAlar orasida 
orbital surilish 1
o
dan kam bo‘lmasligi kerak, ya’ni orbitada 360 tadan 
ortiq bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshlarni joylashtirish mumkin (3.5-rasm). 

Download 3,49 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish