136
Buning hisobiga KAni ko‘rishning minimal burchaklarini 25
o
— 300
o
gacha oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Masalan, ICO tizimida ikkita yo‘ldoshlarning radio ko‘rinishi
sutkalik vaqtning 95% davomida ta’minlanadi, binobarin KAlardan
biri 300
o
dan ortiq burchak ostida ko‘rinadi. Bu esa, o‘z
navbatida,
yaqin zonada tarqalishdagi yo‘qotishlarni (unda daraxtlar,
binolar va
boshqa to‘siqlar bo‘lganida) kompensatsiyalash uchun radioliniyaning
qo‘shimcha energetik zahirasini kamaytirishga imkon beradi.
3.5-rasm.
Geostatsionar orbitada KAning holatlari nuqtalari
Lekin nogeostatsionar orbital guruhning (OG) joylashish o‘rnini
aniqlashda tabiy cheklashlarni hisobga olish zarur, bu Yerning magnit
maydoni qamrab oladigan Van-Allen radiatsion tasmalari deyiladigan
zarayadlangan
zarrachalarninng fazoviy
tasmalari
hisoblanadi
(3.6-rasm). Yuqori radiatsiyasi birinchi
barqaror tasmasi taxminan
1500 kmda boshlanadi va bir necha minglab kilometrlargacha
cho‘ziladi, uning “qadami” ekvatorning har ikkala tomoni bo‘yicha
taxminan 300 kmni tashkil etadi. Ikkinchi
tasma shunday yuqori
intensivlikda 10 ming imp./s ekvatorning har ikkala tomoni bo‘yicha
taxminan 500 kmni qamrab olish bilan 13 dan 19 ming km gacha
balandliklarda joylashadi.
O‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar
trassasi Van-Allen
birinchi va ikkinchi tasmalari orasidan, ya’ni 5 dan 15 ming kmgacha
balandlikda o‘tadi. Har bir KAning xizmat ko‘rsatish zonasi
geostatsionar xizmat ko‘rsatish
zonasidan sezilarli kichik, shuning
uchun Yer sharining va kemalar qatnaydigan
akvatoriyalarning eng
ko‘p aholili hududlarini bir martalik qoplash bilan global qamrab
olish uchun 8-12 ta sun’iy yo‘ldoshlardan OGni yaratish zarur.
137
O‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar
orqali aloqada signalning
yig‘indi kechikishi 130 msdan ortiq bo‘lmagan vaqtni tashkil etadi, bu
ularni radiotelefon aloqasi uchun ishlatishga imkon beradi.
Shunday
qilib,
o‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar
geostatsionar sun’iy yo‘ldoshlardan energetik ko‘rsatkichlar bo‘yicha
yutadi, lekin ularga KAni yer stansiyalarining radio ko‘rinish zonasida
bo‘lishi davomiyligi (1,5—2 soat) bo‘yicha yutqazadi.
3.6-rasm. Van-Allen zonalaridagi radiatsiya darajalari: GN –
geografik shimol; MN – magnit shimol; R/Rz – nisbiy masofa, bu
yerda R
yer
= 6371 km (Yer radiusi), R – balandlik