127
3-Bob. RADIORELELI VA SUN’IY YO‘LDOSHLI ALOQA.
SUN’IY YO‘LDOSHLI NAVIGATSIYA
3.1. Radioreleli aloqa. Raqamli RRLlarning tasniflanishi va
qo‘llanilishi sohalari
Raqamli radioreleli stansiyalar (RRS) asosidagi RRLlar raqamli
elektr aloqa tarmoqlari bo‘lgan idoraviy,
korporativ, regional, milliy
va hatto xalqaro aloqa tarmoqlarining
muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi [3].
RRL quyidagi o‘zaro bog‘liq belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
tezlik bo‘yicha
- yuqori tezlikli (140 Mbit/sgacha);
- o‘rta tezlikli (52 Mbit/sgacha);
- past tezlikli (10 Mbit/sgacha);
radioreleli liniyaning sig‘imi (ulardagi ustunlar va kanallar soni)
bo‘yicha:
- katta sig‘imli;
- o‘rtacha sig‘imli;
- kam kanalli.
radioreleli liniya o‘tish oraliqlari bo‘yicha:
- bitta o‘tish oralig‘ili;
- ko‘p o‘tish oralig‘ili.
Yuqori
tezlikli
katta
sig‘imdagi
radioreleli
liniyalar
ma’lumotlarni uzatish global tarmoqlarida qo‘llaniladi va magistral
tarmoqlar deyiladi. O‘rtacha tezlikli o‘rtacha sig‘imdagi radioreleli
liniyalar hududiy, zonaviy ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini yaratish
uchun ishlatiladi. Kam kanalli radioreleli liniyalar temir yo‘l
transportida, gaz o‘tkazmalarida, neft o‘tkazmalarida,
elektr uzatish
liniyalarida va boshqalarda aloqani tashkil etish uchun keng
ishlatiladi. Harakatdagi radioreleli stansiyalar bilan kam kanalli
radioreleli liniyalar harbiy maqsadlarda ham ishlatiladi.
RRL radiochastotalar polosalari 2 dan 50
Ggsgacha diapazonda
joylashgan va ham ITU (Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi) tavsiyalari
orqali, ham O‘zbekiston Respublikasi Radioreglamenti orqali qatiy
belgilanadi.
Raqamli radioreleli liniya orqali aloqani
tashkil etishda qabul
qilish va uzatish chastotalarini ajratilishi muammosi hal etilgan
bo‘lishi kerak. Uning hal etilishi O‘zR RChDKning vakolatiga kiradi
128
va
barcha
maqsadlardagi
REVlar
uchun
bu
protsedura
«Radiochastotalar polosalarini ajratish tartibi haqidagi qoidalar» va
tushadigan radiochastotaga arizalarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib
chiqish natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qator hollarda, masalan, katta shaharlar
sharoitlarida ayrim
yo‘nalishlarda bo‘sh radiochastotalarni olish qiyin, bu boshqa
radiotexnik tizimlari (RTT) bilan elektromagnit
moslashuvchanlik
muammosiga bog‘liq bo‘ladi.