|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1 mavzu mavzu: Inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari. Bajardi: Nishanova Shaxnoza Yusupaliyevna Reja
|
bet | 2/4 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 133,47 Kb. | | #133685 |
Bog'liq Nishanova Sh inklyuziv Jahon miqyosida:
- Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi(1948yil)
- “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya (1989 yil)
- “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi deklaratsiya (1975 yil)
- “Ta’lim hamma uchun” umumjahon deklaratsiyasi (1990 yil)
- Salamanka Bayonoti (1994 yil)
- Dakar deklaratsiyasi (2000 yil)
O’zbekiston miqyosida:
- “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (1991 yil)
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992yil)
- “Talim to‘g‘risidagi” Qonun (2020yil)
- “Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasi (2003yil)
- “Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar uchun inklyuziv talim muvaqqat Nizomi” (2005 yil)
- “Ijtimoiy himoya” yili Davlat dasturi (2007yil)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha:alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
jamoatchilik o‘rtasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini optimallashtirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan.
Ta’lim to’g’risidagi qonunning yangi tahririga ko’ra, qonunga har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash, har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan “inklyuziv ta’lim” tushunchasi ham kiritildi. (2020-y)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1 mavzu mavzu: Inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari. Bajardi: Nishanova Shaxnoza Yusupaliyevna Reja
|