• 2.3 - jadval.
  • U s l u b iy k o`r s a t m a l a r
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universititeti Telekomunikatsiya texnologiyalari fakulteti




    Download 0,71 Mb.
    bet3/8
    Sana08.02.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #152917
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    DBM001-1

    2.2 - jadval. Ma’lumotlar bazasining Korpuslar jadvali

    ID

    (maktab bo’limlari)

    1

    Xodimlar

    2

    Fan

    3

    O’quvchilar

    4

    Sinflar



    2.3 - jadval. Ma’lumotlar bazasining Qurilmalar jadvali

    ID

    Korpuslar_ID

    Qurilma

    1

    1

    Xodimlar

    2

    1

    Fan

    3

    1

    Sinflar

    4

    2

    O’quvchilar

    3 - LABORATORIYA ISHI



    Mavzu: SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish


    Ishdan maqsad: predmet soha ma’lumotlar bazasini so`rovlar orqali yaratishni va so`rovlar orqali oddiy jarayonlarni bajarishni o`rganish, hamda ko`nikmaga ega bo`lish. Talabalarda DDL komandalaridan foydalanish va shu orqali relyasion MB yaratish ko’nikmasini hosil qilish.
    Masalani qo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasini SQL so`rovlari orqali yaratish. Mavjud ob`yektlarni so`rovlar orqali ma`lumotlar bilan to`ldirish, o`zgartirish va keraksiz ma`lumotlarni o`chirishni ko`rib chiqish.
    Uslubiy ko`rsatmalar: SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumotlar turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:



    INTEGER

    butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora).

    SMALLINT

    «qisqa butun» (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora).

    DECIMAL(p,q)

    o‘nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O‘nli nuqtadan so‘ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‘lsa, tashlab yuborilishi mumkin).

    FLOAT

    haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307).

    CHAR(n)

    uzunligi o‘zgarmas, n ga teng bo‘lgan simvolli qator (0 < n < 256).

    VARCHAR(n)

    uzunligi o‘zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va har xil MBBT larda turlicha, lekin 4096 dan kam emas).

    DATE

    maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana; sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi-o‘ninchi mingyilligi bilan cheklangan haqiqiy sanalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

    TIME

    maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko‘zda tutilgan bo‘yicha hh.mm.ss).

    DATETIME

    sana va vaqt kombinatsiyasi.

    MONEY

    maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul birligi.

    SQL tili quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:


    DDL ( Mа’lumоtlаrni Tа’riflаsh Tili ) - ANSI dа ma’lumotlar sxemаsini tа’riflаsh tili, оb’ektlаrni (jаdvаllаr, indekslаr, tаsаvirlаr vа hоkаzо) yarаtuvchi buyruqlar to’plamidan ibоrаt.
    DML (Mа’lumоtlаrni O‘zgаrtirish Tili) - bu iхtiyoriy dаqiqаdа jаdvаllаrdа qаndаy qiymаtlаr sаqlаnishini аniqlоvchi buyruqlar mаjmuаsidir.
    DCL (Mа’lumоtlаrni Bоshqаrish Tili) fоydаlаnuvchigа aniq оb’ektlаrga tа’sir o‘tkаzishgа ruхsаt berish yoki bermаslikni аniqlоvchi buyruqlardаn ibоrаt.
    DDL tilining asosiy komandalari:
    CREATE – yangi jadval hosil qilish uchun ishlatiladi. Quyidagi ko’rinishda yoziladi:
    CREATE TABLE ( ustun_nomi va toifasi, … );
    ALTER – jadvalga o’zgartirish kiritish uchun ishlatiladi. Bu buyruq jadvalga yangi ustunlar qo'shish, ustunlarni o'chirish, ustunlar kattaligini o'zgartirish, hamda cheklanishlarni qo'shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega. Bu buyruq ANSI standarti qismi emas, shuning uchun har xil tizimlarda har xil imkoniyatlarga ega. Misol uchun jadvalga ustun qo’shish buyrug’i sintaksisi quyidagicha:

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universititeti Telekomunikatsiya texnologiyalari fakulteti

    Download 0,71 Mb.