• Mavzu: Mac operatsion sistemasi
  • 5. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ishi




    Download 395 Kb.
    Sana14.03.2024
    Hajmi395 Kb.
    #171078
    Bog'liq
    mustaqil ishi
    Tarmoq texnologiyalarini tadqiq etish zamonaviy bozor iqtisodiyo, blendir 3, blendir 2, Киберхавфсизлик сиёсати, 3-Laboratoriya ishi, 2-labaratoriya, 2-Amaliyot ishi, 9-10-11, words

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    MUSTAQIL ISHI

    Bajardi:Fayzullayev Farhod


    Tekshirdi: Qaxramonov Elbek

    Mavzu: Mac operatsion sistemasi
    Reja:

    1.Mac operatsion sistemasining yaratilishi
    2.Mac operatsion sistemasining hozirgi kungacha bosib o`tgan yo`li
    3. Mac OS X va uning yaratilishida Stiv Jobsning o`rni
    4.Xulosa
    5. Foydalanilgan adabiyotlar

    KIRISH
    Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan paytda, kompyuterlar har bir oila, korxonalarga kirib borgan paytda operatsion sistemalar orasida “Macintosh” degan so`zni uchratib qolamiz. Bunaqa kompyuterlarning egalarini o`z kompyuterlariga bo`g`lanib qolganlari, u bilan faxrlanishlari bizni hayratga soladi. Xo`sh, bu kompyuterlarning shunchalik o`ziga tortuvchi tomonlari nimalar? Qulay korpus, kuchli protsessorlarmi yoki tezkor xotirami? “Apple” firmasi tomonidan yaratilgan bu kompyuterlarda garchi sanab o`tganlarimning barchasiga katta e’tibor berilsada, Macintoshni yaratilganidan boshlab to hozirgi kungacha “Macintosh” qilgan asosiy komponent bu – Mac operatsion sistemasidir. Men hozir shu operatsion sistema haqida batafsil ma’lumot bermoqchiman.
    Mac operatsion sistemasi birinchi bo`lib 1984 – yilda Apple firmasi tomonidan yaratilgan birinchi Macintosh shaxsiy kompyuteri bilan birga ommaga havola etildi. Dunyoda birinchi bo`lib grafik interfeys orqali ishlovchi bu OS o`sha paytlarda katta shov – shuvga sabab bo`ldi. Chunki o`sha paytlarda mashhur bo`lgan MS DOS operatsion sistemasi “командная строка”, “выполнить” kabi buyruqlar to`plami bilan ishlar, buning uchun esa foydalanuvchi ma’lum bilimlarga ega bo`lishi yoki doimo maxsus lug`at bilan yurishi kerak edi. Mac operatsion sistemasi yaratuvchilari esa hozir biz o`rganib qolgan darchalardan, ikonkalardan va papka (katalog)lardan iborat OS ni yaratishdi. Yana bundan tashqari Macintosh kompyeteri bilan birga hozirgi sichqonchaga o`xshash kursorni siljitish vazifasini bajaruvchi qurilma ham yaratildi. Hali o`sha paytlardanoq bu OS keyingi avlod kompyuterlari qanday bo`lishini ko`rsatib bera olgan edi.
    Aslida grafik interfeys haqidagi g`oya Mac OS yaratuvchilari tomonidan o`ylab topilmagan, ular Xerox firmasidagi kompyuterda ko`rib, unga qo`shimchalar kiritib o`zlarining ixtirolari sifatida dunyoga tanitishgan. Xerox kompaniyasining axborot markazida grafik interfeys bilan ishlovchi yagona kompyuter bo`lib, ishchilar undan faqat o`z maqsadlari yo`lida foydalanishgan va ommaviy foydalanish uchun tarqatishni o`ylab ko`rishmagan. Shunday qilib, Mac OS 1 atigi 216 kilobaytli floppy diskda joylashgan va uning normal holatda ishlashi uchun 128 kilobaytli (tasavvur qilyapsizmi!) operativ xotira yetarli bo`lgan. Eng qizig’i, bu operatsion sistemani boshqa kompyuterga shunchaki nusxalab, ko`chirib qo`yilsa ham u hech qanday xatosiz ishlay olgan. Bu sistema juda ham oddiy va sodda ko`rinishda bo`lgan: uning faoliyati uchun 2–3 ta fayl yetarli bo`lib, ular maxsus “System folder” papkasiga joylashtirilgan. Bu katalogdagi eng qiziqarli papkalar “Extensions” va “Control panels” bo`lib, birinchisida har xil sistemali kengaytmalar, bibliotekalar, qurilmalarning drayverlari joylashsa, ikkinchisida esa interfeys moduli, kerakli paytda operativ xotiraga yuklanadigan va undan o`chiriladigan mini – programmalar (ba’zi joylarda boshqaruv pulti deb ham ataladi) joylashgan bo`ladi. Mana shu “Control panels” papkasida biz xohlagan paytda o`zimizga kerakli funksiyani (tarmoq, videorejim, ish stolida ikonkaraning ko`rinishi va hokazo) yoqib, keraksizini esa o`chirib qo`yishimiz mumkin. Buning uchun shunchaki o`sha fayl nomi davomiga “Disabled” so`zini qo`shib qo`yish yetarli (MS DOSda “Registry” komandasi orqali boshqariladi). Bu sistema komponentlarini biz boshqa kompyuterdan olgan taqdirimizda ham uni qanday o`rnataman, qaysi papkaga tashlashim kerak degan bosh qotirishlar haqida gap ham bo`lishi mumkin emas: shunchaki bu fayllarni “System folder”ga tashlasak, bu papkaning o`zi fayl qaysi katalog tarkibiga kirishini aniqlab, joylashtirib qo`yadi. Bunda hattoki kompyuterni “перезагрузка” (o`chirib, qaytadan yoqish) qilish ham talab etilmaydi.
    Bu “drug-and-drop” usuli Mac OSga moslab yaratilgan 99% programmalar uchun ham ishlaydi. Ya’ni biror o`yin yoki programmani o`rnatish uchun uning yuklanish faylini axtarish shart emas: kerakli faylni nusxalab, boshqa kompyuterga ko`chirib o`sha zahoti ishlata boshlasak ham programma xuddi birinchi ko`chirib olgan kompyuterda qanday ishlagan bo`lsa, shunday bexato ishlayveradi (shu yerda bitta nozik tarafi bor: programma yoki o`yin Mac OSning shu versiyasiga ham to`g`ri kelishi kerak). Yoki siz bir kompyuterdagi barcha ma’lumot va o`rnatilgan sistemaviy o`zgarishlarni (настройки) o`zgartirmagan holda boshqasiga olib o`tmoqchimisiz? Unda barcha kataloglarni shunchaki nusxalab olib o`tsanigiz shuning o`zi kifoya.
    Bunday oddiy va moslashuvchanlikka ega bo`lgan bu operatsion sistema turli korxona, tashkilot va shaxsiy maqsadlarda foydalanila boshlangach, kompyuterni tuzatish yoki uni “переустановка” qilishga sarflanadigan xarajatlar miqdori ancha qisqarib ketdi. Bu o`sha paytda foydalaniladigan barcha operatsion sistemalarga qattiq “zarba” berdi.
    Mac OS o`zining faylli sistemasi bilan ham mashhur: birinchidan, u faylning versiyasini, avtorini, atributlarini va eng muhimi, uning tipini hamda shunga mos uni ochadigan progarammani hech qanday kengaytmalarsiz aniqlaydi. Ikkinchidan, har bir yaratilganda uning tipiga qarab ikonka qo`yiladi (bu yangilik emas, deb o`ylayotganlarga: hozirgi Microsoft Windows operatsion sistemasidagi bu fu funksiya aynan Mac OS dan ko`chirilgan!). Shunday qilib, siz Word formatidagi matnli fayllarni QuarkXPress maketlaridan osongina ajrata olishingiz mumkin.
    Umuman olganda, Mac OS faylli sistemasida “sayohat qilish” juda qulay. U har qanday operatsion sistemadan ko`proq usulda fayllarni tasvirlay oladi. Uning “подпружиненные папки” funksiyasi esa fayllarni joyini o`zgartirishni tezlashtiruvchi muhim yangiliklardan biri hisoblanadi. Bulardan tashqari psevdonimlarning (Windows operatsion sistemasida ular “ярлык” deb ataladi) amalda bexato ishlashi hayratda qoldiradi. Buning sababi psevdonimlarning real fayl yoki papka o`rtasidagi mustahkam aloqadaligi, ya’ni siz fayl yoki katalogning psevdonimini yaratganingizdan keyin shu fayl yoki katalogni qo`rqmasdan boshqa katalogga joylashtirganingiz bo`ladi. Chunki psevdonim baribir o`ziga bog`lab qo`yilgan haqiqiy adresini avtomatik ravishda o`zgartiradi. Uning katta hajmli fayllar bilan tez ishlashi ham e’tiborga loyiq.
    Mac OS birinchi versiyasidayoq tovushni sintez qilib raqamli ko`rinishda qabul qilishni yo`lga qo`ydi. 1991 yilda esa grafika, tovush, matn va videofayllar integratsiyasini ishlab chiqdi va uning uchun maxsus atama ham yaratildi – Multi media. Quick time esa aynan mana shu multimedia uchun yaratilib, Mac OSning sistemali fayllari ro`yxatidan joy oldi.
    Endi bu operatsion sistemasining yaratilishidan boshlab to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan versiyalari haqida to`xtalib o`tsam. Mac OS 1 haqida yuqorida batafsil ma’lumot keltirildi. Undan keying versiyalardagi o`zgarish va imkoniyatlar quyidagicha:
    Mac OS 2 - Mac OS 6.
    Bu sistema platformalari 1985-1988 yillar oralig`ida yaratilgan bo`lib, bir – biridan deyarli farq qilmasdi (bir necha komponentlariga o`zgartirishlar kiritilishini aytmaganda). Ularni bir guruhga kiritishimninh sababi ham shunda. Bu vaqt oralig`ida kiritilgan eng katta yangilik “multi-finder” opsiyasi bo`lib, u bir vaqtning o`zida bir necha programmalar bilan ishlash imkoniyatini bergan.

    Mac OS 7.


    Bu versiya platformasi 1991 yilda ishlab chiqarilgan bo`lib sezilarli darajada ko`proq qo`shimchalar kiritilgan. Masalan scroll-bar va title-bar lar rangli ko`rinishda ifodalana boshlandi, multi-finder opsiyasi avtomatik ravishda sistema tarkibiga kiritildi (faqat bitta programma bilan ishlay oladigan “finder” opsiyasi tarixda qoldi), ikonkalar 256 rangda ko`rinishni boshladi. Bundan tashqari, multimedia fayllar bilan ishlash yanada qulaylashdi.
    Mac OS 7.5.
    Bu versiya platformasi 1994 yilda ishlab chiqarilgan. Bu platformaning asosiy yangiligi Local Talk o`rniga Apple Talkning o`rnatilishidir.
    Mac OS 7.6.
    Bu versiya platformasi 1997 yilda yaratilgan bo`lib, u Mac OS tarixida katta iz qoldirgan. Bunday deyishimga sabab, aynan shu paytdan boshlab Apple kompaniyasi tomonidan bu operatsion sistema rasman “Mac OS” deya nomlangan. Boshqa o`zgarishlar deyarli ko`zga tashlanmagan.
    Mac OS 8.
    Bu versiya ham 1997 yilda yaratilgan bo`lib, Quick time bilan ishlashi qulaylashgan hamda internet bilan ishlashda ancha qulayliklar yaratilgan. Yana “Sherlock” lokal qidiruv tizimi yaratilib, u internetda va kompyuter xotirasida kerakli fayl yoki ma’lumotni topishni ancha yengillashtirgan.
    Mac OS 9.
    1999 yilda yaratilgan versiya Mac OS oilasining haqiqiy san’at asari desa bo`ladi. Uni hozirgacha “klassik Mac OS” deb atashadi. Quyida uning eng mashhur o`sha paytdagi yangi imkoniyatlarini sanab o`taman:
    Boshqaruv panelining yangicha ko`rinishi;
    Odamning gapirib buyruq berishini sintez qilishning yanada takomillashtirilishi;
    Multi-finderda diskka ma’lumot yozish funksiyasining paydo bo`lishi;
    “Sherlock” va “Apple Script” programmalarining yangilanishi;
    “Keychains” funksiyasining yaratilishi (parollarni bir biriga bog`lash);

    Mac OS 9 Apple kompaniyasiga yanada ko`proq kompyuterlari sotilishiga sabab bo`ldi. Ammo vaqt o`tar, information texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrga qadam qo`yayotgan paytda o`z o`rnini mustahkamlash uchun bitta joyda turib qolish kerakmasligini tushungan Apple yana yangi versiya ustida ishlay boshladi.


    Yangi versiya ustida ishlayotgan kompaniya ishchilarini Mac OS 9 ni yana qanday qo`shimchalar kiritish mumkin, degan savol o`ylantirayotgan paytda Macintosh kompyuterining ixtirochisi Stiv Jobs shaxsiy muammolar tufayli kompaniyaning bosh direktori lavozimidan kechib, o`zi yana qaytadan boshqa Next kompaniyasini ochib, NextStep operatsion sistemasi ustida ishlayotgan edi. Apple firmasi rahbariyati Stivsiz baribir hech nima yarata olmasliklarini tushunibmi, unga yana bosh direktor lavozimini taklif qilishadi. Stiv Jobs bunga bitta shart bilan rozi bo`ladi. Shartga ko`ra Apple kompaniyasi Next kompaniyasini sotib olishi kerak edi. Apple bunga rozi bo`ladi. Va nihoyat 2000 yilda butunlay yangicha ko`rinishda, NextStep operatsion sistemasining yangi programma kodiga va UNIX operatsion sistemasining asosiy imkoniyatlarini o`zida jamlagan Mac OS X dunyo yuzini ko`rdi. Yangi progaramma kodiga, yangi servisga va yangi Mach yadrosi bilan ishlab chiqarilgan bu versiya Mac OS ning boshqa versiyalari uchun ishlab chiqarilgan programmalar bilan ishlamaydi. Uning Mac OS 10 emas, Mac OS X deb nomlanishiga asosiy sabab ham shu: kompaniya rahbariyati oxirgi versiyani boshqa versiyalari bilan bir plataga ega emasligini bildirmoqchi bo`lgan.


    Mac OS X ning hozirgacha yaratilgan bir necha versiyalari mavjud bo`lib, ularning hammasi tezkor yirtqich hayvonlar nomi bilan atalgan. Masalan, 10.0 versiyasi “Gepard”, 10.1 “Puma”, 10.2 versiyasi “Jaguar”, 10.3 versiyasi “Pantera”, 10.4 versiyasi “Tiger”, 10.5 versiyasi “Leopard”, 10.6 versiyasi “Snow leopard”, 10.7 versiyasi “Lion”, 10.8 versiyasi esa “Deer tiger” deb nomlangan. Bu versiyalar yaratilishida juda ko`p yangi funsiya va programmalar ishlab chiqilgan. Ularning ayrimlarini sanab o`taman:
    Spotlight. Yangi va tezkor qidiruv.
    Dashboard. Ish stoli uchun yangi vidjetlar to`plami.
    Smart folders. Kompyuterga tushgan ma’lumotlarni ularning tipiga qarab kerakli papkaga avtomatik joylashtirib qo`yadi.
    Automator. Foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan buyruqlarni prioritetini oshiradi.
    Safari. Mac OS 9 dan to Mac OS X.3 gacha Internet Explorer brauzeri avtomatik ravishda sistema bilan o`rnatilgan. Mac OS X.4 dan boshlab esa Safari o`rnatila boshlandi.
    Mac o`zining internet magazinini yaratdi va uni AppStore deya nomladi.
    iCloud foydalanuvchiga ma’lumotlarni internet tarmog`i bilan sinxronizatsiya qilish imkonini beradi.

    Xulosa
    Shu o`rinda savol tug`iladi: Mac OS shunchalik ustunliklarga, qulayliklarga ega ekan, nega uning operatsion sistemalar orasidagi o`rni sezilarli emas? Buning asosiy sababi shundaki, bu operatsion sistemaning faqat Macintosh kompyuterlariga o`rnatiladi. Bundan ko`zda tutilgan asosiy maqsad – foydalanuvchining xavfsizligini va Apple kompyuterlarining ko`proq miqdorda sotilishini ta`minlash. Yana savol tug`ilishi mumkin: nega foydalanuvchilar Apple firmasi kompyuterlarini juda kam miqdorda sotib olishadi? Bunga ham javob oddiy: bu kompyuterlar texnik xarakteristikasiga nisbatan bir xil bo`lgan boshqa kompyuterlardan ancha qimmat turadi. Uni sotib olishga har qanday foydalanuvchining ham qurbi yetmaydi. Xulosa o`rnida shuni aytmoqchimanki, har qanday tovarning o`ziga xos xususiyatlari, kamchiliklari, yutuqlari bo`ladi. Mac OS bundan keyin ham rivojlanishda davom etadi, olqishlar va tanqidlar, yutuqlar hamda kamchiliklar bo’ladi. Lekin har qanday tovar o`ziga xos talabga ega bo’lganidek. Mac ham o`zining foydalanuvchilariga ega. Uni rivojlantirayotgan Apple firmasi esa bugun mobil telefonlar va planshetlar ustida izlanishlar olib bormoqda. Apple yoki Stiv Jobs haqida gapirganda yanayam ko`proq ma’lumot keltirish mumkin. Lekin bu boshqa tarix…



    Foydalanilgan Adabiyotlar
    Wikipedia qidiruv tizimi;
    corporacia.ru;
    maclinks.ru;
    apple.com;
    chernikyh.net
    Download 395 Kb.




    Download 395 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ishi

    Download 395 Kb.