|
UMTS (Universal Mobile Telecommunications System)
|
bet | 40/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) Mobil Telekommunikatsiyalar Universal Tizimi bo‘lib, u Yevropada 3G texnologiyalarni joriy etish uchun Telekommunikatsiyalar Standartlari Yevropa Instituti (ETSI) ishlab chiqadigan standartlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mobil aloqaning rivojlanishini aniqlaydigan asosiy omil ovozli telefoniya hisoblanadi. GPRS va EDGE texnologiyalarning paydo bo‘lishi, keyin esa UMTSga o‘tish ovozli aloqadan tashqari, ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlarga yo‘l ochadi. UMTS bu ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish, Mobil Internet, Internet, intranet va multimedia asosidagi turli ilovalar hisoblanadi. UMTS uchun asosiy texnologiya Kod bo‘yicha Ajratishli Keng plosali Ko‘p stansiyali Ulanish (WCDMA) hisoblanadi. Bu Telekommunikatsiyalar Standartlari Yevropa Instituti (ETSI) 1998 yilning sentyabrida tanlagan revolyusion radioulanish texnologiyasi barcha 3G multimediali xizmatlarini ta’minlaydi.
WCDMA/UMTS tizimlari takomillashgan GSM asosiy tarmog‘i va WCDMA texnologiyasi bo‘yicha radiointerfeysni o‘z ichiga oladi. Mobil abonent uchun radiokanaldagi uzatish tezligi 2 Mbit/sgacha etadi. WCDMA 2 GGs chastotalar diapazonida ishlaydigan tizimlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu diapazon bu texnologiyaning barcha afzalliklarini to‘liq darajadan ishlatilishiga imkon beradi. Masalan, 5 MGs kenglikdagi WCDMA bitta tashuvchisi 8 kbit/sdan 2 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatilishi tezligini talab qiladigan aralash xizmatlarni taqdim etilishini ta’minlaydi. WCDMA bilan moslashuvchan mobil terminallar esa
ITU tavsiyalariga muvofiq birdaniga bir necha xizmatlar bilan ishlay oladi.
HSAT (1G), (2G, 2.5G) va (3G) avlodlari taqdim etadigan xizmatlar imkoniyatlarini taqqoslash 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2- jadval HSAT (1G), (2G, 2.5G) va (3G) avlodlari taqdim etadigan xizmatlar
imkoniyatlarini taqqoslash
Avlod
|
1G
|
2G
|
2.5G
|
3G
|
Foydala-
nilgan davri
|
80-90 yy
|
2000 y
gacha
|
2001-2002 yy
|
2003 illari
|
Xizmatlar
|
Telefon (ma’lu- motlarni analog uzatish)
|
Telefon (nutqni raqamli uzatish), Qisqa elektr xabar-larni qabul qilish- jo‘natish, O‘yinlar, Ovozli pochta, Internet
|
Telefon Konferensiya- lar
Davomli elektr xabarlarni qabul qilish- jo‘natish, Ovozli tasvirlarni qabul qilish- jo‘natish, Fakslarni qabul qilish- jo‘natish, Ovozli pochta, Internet, Mijozning joylashish o‘rniga bog‘liq xizmatlar, Mobil banking, Radio/MP3 Pleyer, Karaoke
Multi-o‘yinlar, Foto suratga
olish
|
Telefon (nutqni raqamli uzatish )
Videotelefon Konferensiiyalar Videokonferensiyalar Elektr xabarlarni qabul qilish-jo‘natish,
Ovozli tasvirlarni qabul qilish-jo‘natish, Fakslarni qabul qilish- jo‘natish,
Ovozli pochta, Video pochta Internet xizmatlarga
yuqori tezlikli ulanish, Mijozning joylashish o‘rniga bog‘liq xizmatlar, Mobil banking, Radio/MP3 Pleyer, Karaoke
Multi-o‘yinlar, TV/Video Pleyer Olisdan tibbiy diagnostika, ta’lim olish, Avtomobil navigatsiyasi, shahar navigatsiyasi
Video/foto suratga olish
|
Ma’lu- motlarni uzatish
|
-
|
9.6 Kbit/s dan
4.4
Kbit/sgacha
|
57.6Kbit/sdan
115Kbit/sgacha
|
144Kbit/sdan 2Mbit/sgacha
|
Uchinchi avlod xizmatlari to‘plamiga videotelefon, videokonferensiyalar, video-pochta, Internetga yuqori tezlikli ulanish, TV/video pleer, olisdan tibbiy diagnostika, o‘qish, avtomobil va shahar navigatsiyasi, video/foto suratga olish qo‘shiladi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi sezilarli ortadi.
|
| |