• 3G HSAT konsepsiyasining asosiy qoidalari.
  • Kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan raqamli HSATlar




    Download 470,6 Kb.
    bet37/103
    Sana03.06.2024
    Hajmi470,6 Kb.
    #259507
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

    Kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan raqamli HSATlar. CDMA bu umumiy foydalanishdagi abonentlarni kod bo‘yicha ajratishli harakatdagi radioaloqa tizim bo‘lib, birinchi marta Qualcomm (AQSh) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va MOTOROLA firmasi tomonidan muvaffaqiyatli rivojlantirilmoqda [1,6]. AQShda CDMA tizimlariga IS-95 nomini olgan standart qabul qilindi. Dunyoda birinchi marta kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan (CDMA) tijorat tizimi 1995 yilda Hutchison Telephone (Gonkong) kompaniyasi tomonidan joriy etilgan. Bu tarmoq Motorola firmasining SC9600 turdagi bazaviy stansiyalar va EMX2500 turdagi kommutatsion stansiyalari qurilmalarida qurilgan.
    CDMA tizimlarda har bir ovozli oqimni o‘z noyob kodi belgilangan va bir vaqtda bitta kanalda ko‘plab boshqa kodlangan ovozli oqimlar bilan birga uzatiladi. Qabul qiluvchi tomon shovqinni signaldan ajratib olish uchun o‘sha kodni ishlatadi. Ko‘plab ovozli oqimlar orasidagi yagona farq bu noyob kod hisoblanadi.
    Kanal juda keng va har bir ovozli oqim diapazonning butun kengligini egallaydi. Bu tizim 1.23 MGs kenglikdagi kanallar to‘plamini ishlatadi. Ovoz 8.55 kbit/s tezlikda kodlanadi, lekin ovozning aktivligini aniqlash va turli kodlash tezliklari 1200 bit/sgacha ma’lumotlar oqimini kesishi mumkin.
    CDMA tizimlarda signal quvvatining past qiymatiga, nazariy jihatdan signal shovqin sathidan kuchsizroq bo‘lishi mumkinligiga qaramasdan juda mustahkam va himoyalangan bog‘lanishlar o‘rnatilishi mumkin.
    CDMA tamoyili oddiy xabarlarni uzatilishi uchun zarur bo‘lgan chastotalar polosasidan sezilarli ortiq bo‘lgan keng polosali signallarni (KPS) ishlatilishiga asoslangan.
      1. Uchinchi avlod sotali tizimlari




    3G HSAT konsepsiyasining asosiy qoidalari. 3G bu nafaqat Internetga tezkor ulanish, bu muloqot qilishga, ma’lumotlarga ruxsat etishga va boshqalarda tubdan yangi yondashish hisoblanadi. Boshqacha aytganda, an’anaviy faqat statsionar qaraladigan imkoniyatlar va qurilmalari mobil bo‘lib qoladi. Foydalanuvchi nafaqat o‘z suhbatdoshi bilan so‘zlashishi, balki videotelefon yordamida uni ko‘rishi, Internet tarmog‘i bo‘yicha sayr qiishi, biznesni yuritishi, o‘rganishi, ko‘ngil ochishi mumkin va bularning barchasi bugungi kunda sotali telefon - uncha katta bo‘lmagan qurilma yordamida mumkin bo‘ladi. Tabiiyki, bunday xizmatlar yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatilishini talab qiladi. Buning uchun dastlab ma’lumotlarni tor polosali uzatilishiga mo‘ljallangan mavjud mobil aloqa tarmoqlarini multimedia mobil xizmatlari va Internetga ulanish uchun zarur tezlikni ta’minlaydigan keng polosali tarmoqlargacha qadamma-qadam modernizatsiyalash ko‘zda tutilmoqda [11].

    Uchinchi avlod mobil aloqaning asosi IP texnologiya hisoblanadi, u ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, bu abonentning doimo on-line rejimida bo‘lishini bildiradi. Bunda bog‘lanish vaqtiga emas, balki faqat uzatilgan yoki qabul qilingan ma’lumotlar hajmiga haq to‘lanadi.
    Butun telekommunikatsiyalar industriyasi uchun tugal maqsad keng polosali tizimlarni qo‘llaydigan va global mobillikni ta’minlaydigan yagona mobil aloqa butundunyo muhitini yaratish hisoblanishiga qaramasdan, uchinchi avlod xizmatlarini ta’minlaydigan bir qancha standartlar tizimlari vujudga keldi.
    3G nima berishi haqidagi ko‘plab turli talqin etishlar mavjud, lekin universal qabul qilinadigan yagona tavsif Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU) e’lon qilgan tavsif hisoblanadi. ITU butundunyo bo‘ylab sanoat tashkilotlari bilan ishlaydi, texnik talablar va standartlarni, shuningdek IMT-2000 (International Mobile Telecommunications- 2000) dasturi doirasida 3G tizimlar uchun spektrdan foydalanishi qoidalarini aniqlaydi va tasdiqlaydi. IMT-2000 bu Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar bo‘lib, ular butun uchinchi avlod standartlari oilasi uchun chastotalar spektridan foydalanish va texnik o‘ziga xos xususiyatlari masalalariga tegishli hisoblanadi. Tavsiyalar dunyodagi mavjud ikkinchi avlod standartlarini uchinchi avlod standartlariga evolyusiyalanishi
    yo‘llarini tavsiflaydi. ITU IMT-2000 (3G) tarmoqlari, shuningdek 2G tizimlari uchun tizimning yaxshilangan sig‘imini va spektridan foydalanish samaradorligini va mobil rejimda ishlatilganida (binolardan tashqarida) minimum 144 kbit/s, mobil bo‘lmagan sharoitlarda (binolarda) maksimum 2 Mbita/s tezliklarli ma’lumotlarni uzatish servislarini qo‘llanilishini talab qiladi.
    Bu talablarga asoslanish bilan ITU 1999 yilda ITU-R M.1457 tavsiyalarining qismi sifatida IMT-2000 standartlari uchun beshta radiointerfeyslarni (W-CDMA, CDMA2000, TD-CDMA/TD- SCDMA, DECT, UWC-136) ma’qulladi. Sanab o‘tilgan 3G tarkibiy qismlaridan faqat birinchi uchtasi uchinchi avlod to‘laqonli sotali aloqa standartlari hisoblanadi, DECT va UWC-136 esa yordamchi rolni o‘ynaydi. DECT bu uchinchi avlod mobil texnologiyalari doirasida bu tarmoqlarga qaynoq ulanish nuqtalarini (xot-spotlarni) tashkil etish uchun uy yoki ofis maqsadlaridagi simsiz telefoniya standarti hisoblanadi. UWC-136 standarti bu EDGE texnologiyasiga o‘xshash bo‘lib, 2,5G tarmoqlarga kiradi.
    1998 yilning 29 yanvarida European Telecommunications Standards Institute (ETSI) a’zolari uchinchi avlod (3G) mobil aloqa standartlariga nisbatan kelishuvga erishdi. Bu standart universal mobil kommunikatsion tizim (Universal Mobile Communications System) bo‘lib, uning uchun yechim UTRA (UMTS Terrestrial Radio Access) deyiladi va u har ikkala W-CDMA (keng polosali Code Division Multiple Access) va TD-CDMA (Time Division Multiple Access CDMA) takliflarga asoslanadi. W-CDMA ilovalar keng spektri uchun ishlatiladi, u holda TD-CDMA yuqori mobillikni ta’minlash talab qilinmaydigan binolar uchun avzal ishlatiladi. Bu standart, kutilganidek, jahon bozorida yangi joyni hosil qiladi va uchinchi avlod tarmoqlari uchun eng keng ishlatiladigan standart bo‘lib qoladi.
    Bugungi kunda jahonda raqobatlashadigan ikkita asosiy 3G konsepsiyalari mavjud:



      • UMTS (Universal Mobile Telecommunications Systems — universal mobil telekommunikatsion tizim), evropa davlatlarida qo‘llanadi;



      • CDMA 2000ning (Code Division Multiple Access — kanallar kodli ajratiladigan multiulanish) tarafdorlari Osiyo mamalakatlari va AQSh hisoblanadi.



    Prinsip jihatdan bu ikkala texnologiyalar ikkita turli 3G tarmoqlarni tashkil etishga revolyusion (UMTS) va evolyusion

    (CDMAning CDMA2000, CDMA2000 IX, CDMA2000 IX EvDo
    turlari) yondashishlarni ko‘zda tutadi. Evolyusion yo‘l chastotalarning saqlanishi va yangi texnologiyalarga operatorning texnik quvvatlarini oshirish yo‘li bilan bosqichma-bosqich o‘tishni ko‘zda tutadi. UMTS bu mutlaqo yangi standart, shu bilan bir vaqtda 3G uchun taqdim etilgan CDMAning ko‘rinishi sifatida hozirda dunyoda ishlatilayotgan ikkinchi avlod cdmaOne (IS-95) texnologiyalarining rivojlanishi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 3G tarmoqlar deyarli butun dunyoda ishlatilmoqda.
    Asosida uchinchi avlod aloqa tarmoqlari quriladigan sotali aloqa asosiy standartlarini ko‘rib chiqamiz.



    Download 470,6 Kb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103




    Download 470,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan raqamli HSATlar

    Download 470,6 Kb.