|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filial
|
bet | 1/4 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 132,43 Kb. | | #261080 |
Bog'liq optik aloqa tizimlari 2 mustaqil ish.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIAL
“Telekommunikatsiya texnalogiyalari” FAKULTETI
3 – bosqich “TT 11-21”- GURUH TALABASI Yo‘ldoshev Sevinchbekning Optik aloqa tizimlari FANIDAN TAYYORLAGAN
Mustaqil ishi №2
Bajardi: Yo‘ldoshev S.
Qabul qildi: Alimov U.
Reja:
Dispersiyani kompensatsiyalovchi tolalar. Yangi texnalogiyalar asosida shakillangan optik tolalar.
Optik aloqa tizimlarida qo’llanilladigan yorug’lik manbalari.
Yarim o’tkazgichli lazer diodining parametrlarini temperaturaga bog’liqlig, degradasiya jarayoni.
Optic signalni uzatuvchi va qabul qiluvchi modul.
Optic aloqa tizimlarida qo’llaniladigan foto qabul qilgichlar.
Dispersiyani kompensatsiyalovchi tolalar. Yangi texnalogiyalar asisida shakllangan optic tolalar
O‘zbekiston respublikasi tolali optik aloqa liniyalarida eng ko‘p yotqizilgan bu SF - standart tolali kabellardir. SF tolalarida yuqorida aytib ÿtilgandek xromatik dispersiya qiymati katta. Standart tolali kabellarni olib tashlab, ÿrniga dispersiya qiymati kichik bÿlgan DSF, NZDSF tolali optik kabellarni yotqizish iqtisodiy qimmatga tushadi. Shuning uchun bu usuldan yangi qurilayotgan tolali optik aloqa liniyalarini tuzishda foydalangan maqqul.
Eng ko‘p yotqizilgan standart tolali kabellar bo‘lgani uchun, bu tolalar qo‘llanilganda DSF (Dispersion Compensating Fiber) dispersiyani kompensatsiya qiluvchi tolallardan foydalanish kerak.
DSF-dispersiyani kompensatsiyalovchi tolalardan asosan xromatik dispersiyani kamaytirishda, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirishda, past tezlikdan yuqori tezlikli tizimlarga o‘tishda, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOATda foydalaniladi. DSF tolalarida dispersiya qiymati manfiy katta qiymatlarga ega bo‘ladi. Xromatik dispersiyasi musbat ishchi tolaga dispersiyasi manfiy DSF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga yaqinlashadi, ya’ni kompensatsiya qilinadi (2.22-rasm).
DSF tolalari “Corning”, “Lucent Technologies”, “Sumitomo Yelectric” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmokda.
Lekin DSF tolalarini qo‘llash bir qancha muammolarni tug‘diradi:
- dispersiyasi musbat va manfiy turli tolalarni ulash, montaj va ta’mirlashni murakkablashtiradi;
- DSF tolalari ishchi tolaga qaraganda katta yo‘qotishlarni yuzaga keltiradi, bu yo‘qotishlar α = 0,4-1,0 dB/km bo‘lib, uzatish liniyasining umumiy yo‘qotishlariga qo‘shiladi;
- 10-12 km ishchi tolaning dispersiya qiymatini kompensatsiyalash uchun 1 km atrofida DSF tolalari talab etiladi;
- nochiziqli effektlarni oshishiga olib keladi.
Kompensatsiyalash samarali bo‘lishi uchun, ishchi tolaning umumiy dispersiya qiymatini va DSF tolasining dispersiya parametrlarini o‘lchash kerak.
|
| |