Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Telekommunikatsiya Texnologiyalari fakulteti




Download 140.69 Kb.
bet4/5
Sana16.12.2022
Hajmi140.69 Kb.
#35273
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alimov Tursinboy KX MI
iroda 5 amaliy tim
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
11-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida foydalanish.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan boshqa shaxslarning (foydalanuvchilarning) foydalanishi huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu Qonunning 13-moddasida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalari sotilganda yohud ommaviy foydalanuvchilar uchun berib qo‘yilganda shartnomalar tuzishning alohida tartibi qo‘llanishi, xususan EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining berilayotgan nusxalarida shartnomaning tipik talablari bayon etib qo‘yilishi mumkin.
12-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalaridan erkin nusxa olish va ularning adaptatsiyasi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining nusxasiga qonunan ega bo‘lgan shaxs huquq egasidan qo‘shimcha ravishda ruxsat olmagan holda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi o‘z vazifasiga monand ishlashi bilan bog‘liq har qanday harakatlarni amalga oshirishga, shu jumladan EHMga yozib qo‘yish va uning xotirasida saqlashga, shuningdek aniq ko‘rinib turgan xatolarni tuzatishga haqlidir. EHMga yozib qo‘yish va uning xotirasida saqlashga, basharti, huquq egasi bilan tuzilgan shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bitta EHM yoki shoxobchadagi bitta foydalanuvchiga nisbatan yo‘l qo‘yiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining nusxasiga qonunan ega bo‘lgan shaxs huquq egasining roziligini olmay va unga qo‘shimcha haq to‘lamay turib (basharti, shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa), quyidagi harakatlarni amalga oshirishga haqlidir: EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini adaptatsiyalashga; EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasini, ushbu ko‘chirma nusxa arxiv maqsadlarigagina mo‘ljallangan taqdirda va qonuniy tarzda olingan nusxani almashtirish uchun kerak bo‘lib qolgan (EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining asl nusxasi yo‘qolib qolgan, yo‘q qilingan yoki yaroqsiz holga kelgan) taqdirda o‘zlari tayyorlashga yoki tayyorlash uchun topshiriq berishga. Bunda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ko‘chirma nusxasidan yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlardan bo‘lak maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas va EHM uchun yaratilgan ushbu dasturdan yoki ma’lumotlar bazasidan bundan buyon foydalanish qonuniy bo‘lmay qolsa, ular yo‘q qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur nusxasiga haqli ravishda egalik qilayotgan shaxs mazkur dasturning kodlanishi va tuzilishini o‘rganish maqsadlarida uni muallifning yoki o‘zga huquq egasining yozma roziligi bo‘lgan taqdirda yoki quyidagi hollarda bunday rozilik bo‘lmasa ham dekompilatsiya qilishi mumkin, agar:
-dekompilatsiya qilish natijasida olingan hamda mazkur shaxs tomonidan ishlab chiqilgan dasturning EHM uchun yaratilgan boshqa dasturlar bilan o‘zaro hamkor ishlashi uchun zarur axborotni boshqa manbalardan olish mumkin bo‘lmasa;
-EHM uchun yaratilgan dasturning faqat bunday hamkor ishlashini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan qismlarining o‘zi dekompilatsiya qilinayotgan bo‘lsa;
-dekompilatsiya natijasida olingan axborotdan ifodasiga ko‘ra EHM uchun yaratilgan, dekompilatsiya qilinayotgan dasturga juda o‘xshash bo‘lgan EHM dasturi ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki tarqatish uchun foydalanilmasa yoxud bunday axborot mualliflik huquqini buzadigan boshqa har qanday harakatni amalga oshirish uchun ishlatilmasa.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
13-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasini erkin olib sotish.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasiga bo‘lgan egalik huquqi yoki o‘zga mulkiy huquqlar ushbu nusxaga egalik huquqi birinchi marotaba sotilganidan keyin yoki boshqacha tarzda o‘zgaga o‘tkazilganidan keyin, huquq egasining roziligini olmay va unga qo‘shimcha haq to‘lamagan holda olib sotilishiga yoki boshqacha usulda o‘zgalarga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
14-modda. Mualliflik huquqini muhofaza qilish.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi va o‘zga huquq egalari:
-huquqlari tan olinishini;
-huquq buzilishiga qadar mavjud bo‘lgan holat tiklanishini va huquqni buzayotgan yoki uning buzilishi xavfini tug‘dirayotgan xatti-harakatlar to‘xtatilishini;
-yetkazilgan zarar uning miqdoriga huquqbuzar tomonidan g‘ayriqonuniy olingan daromad summasini qo‘shgan holda qoplanishini;
Oldingi tahrirga qarang.
-foyda ko‘rgan huquqbuzardan yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining tegishli sud qarori bilan belgilanadigan yigirma barobaridan ming barobarigacha bo‘lgan miqdorida tovon to‘lanishini;
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
-ularning huquqlari muhofaza qilinishi bilan bog‘liq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga choralar ko‘rilishini talab qilishga haqlidir.
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi muallifi va o‘zga huquq egalari o‘z huquqlari muhofaza qilinishini so‘rab tegishli sudga murojaat etishlari mumkin.Sud EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining mualliflik huquqi buzilgan holda tayyorlangan nusxalarini musodara etish va ularni yo‘q qilib yuborish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan bunday nusxalar olishda foydalaniladigan materiallar va uskunalar sudning qarori bilan budjet daromadiga o‘tkazilishi yohud da’vogarning iltimosiga binoan zararlarni qoplash hisobiga berilishi mumkin.
15-modda. Mualliflik huquqining buzilishi.
Huquq egalarining mutlaq huquqlariga taalluqli ushbu Qonun talablarining jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan bajarilmasligi mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini o‘zganing nomi bilan chiqarish yohud undan g‘ayriqonuniy ravishda nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy yohud jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.Tayyorlanishi yoki ulardan foydalanilishi mualliflik huquqi buzilishiga olib keladigan EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining nusxalari qonunchilikda belgilangan tartibda olib qo‘yilishi lozim.
(15-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari.
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o‘zarolik prinsipi asosida foydalanadilar.

Download 140.69 Kb.
1   2   3   4   5




Download 140.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Telekommunikatsiya Texnologiyalari fakulteti

Download 140.69 Kb.