|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi
|
bet | 1/6 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 209,72 Kb. | | #138613 |
Bog'liq DASTURLASH ASOSLARI2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI URGUT FILIALI
|
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT
UNVERSITETI URGUT FILIALI
|
BIZNESNI BOSHQARISH VA TABIIY FANLAR FAKULTETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO`NALISHINING
214-GURUH TALABASI
ASROROV ASLIDDINNING
DASTURLASH ASOSLARI VA TILLARI
FANIDANDAN
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: ________________ A.ASROROV
TEKSHIRDI: _________________ H. XURSANDOV
U R G U T -2 0 2 3
Mavzu: Algoritmlarni to‘liq tuzish bosqichlarini
Reja:
Algoritmning ta’rifi.
Algoritmning xossalari
Algoritmni to’liq yaratish bosqichlarni
Algoritmni ishlab chiqish.
Algoritm to’g’riligini tekshirish.
Dasturni tekshirish.
Algoritm haqida tushuncha
Algoritm tushunchasi zamonaviy matematika va informatikaning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Algoritm termini o’rta asrlar ulug’ matematigi al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. XX asrning 30-yiligacha algoritm tushunchasi ko’proq matematik ma’no emas, balki metodologik ma’noni kasb etar edi. Algoritm deganda, u yoki bu masalalar sinfini yechish imkonini beruvchi aniq ifodalangan chekli qoidalar majmui tushunilgan. EHM larning paydo bo’lishi bilan algoritm tushunchasi yanada keng tarqaldi. EHM va dasturlash usullarining rivojlanishi algoritmlarni ishlab chiqish avtomatlashtirishdagi zaruriy bosqich ekanligini tushunishga yordam berdi. EHM larning paydo bo’lishi algoritmlar nazariyasining rivojlanishiga olib keldi.
A lgoritmlarni tuzish – bu ijodiy ish bo’lib, ixtiyoriy zaruriy algoritmni tuzish uchun umumiy usullar mavjud emas, kishining ijodiy qobiliyatiga bog’liq.
A lbatta, algoritmni aniq sxema bo’yicha tuzish zarur bo’lib qoladigan sodda hollar ham mavjud. Bunday hollarda yechilish algoritmiavval biron kim tomonidan olingan masalalarni misol keltirish mumkin. Masalan, differensial tenglamalarni sonli integrallash uchun Eyler metodi. Bu metod masalani yechish uchun umumiy holda ifodalangan algoritmdir, lekin algoritmlash ijodiy ekanligini quyidagi algoritmlar nazariyasining ba’zi bir ma’lumotlaridan ko’rish mumkin.
gar bizdan biror algoritmni ishlab chiqish talab qilinsa, dastlab izlanayotgan algoritmni tuzish mumkinmi yo’qmi degan savolga javob izlash kerak. Chunki ba’zi hollarda algoritmni tuzish mumkin emasligini ko’rsatib berish mumkin. Ba’zi bir hollarda algoritmni tuzish mumkinligi isbotlanadi. Bunday isbot mavjud bo’lganligi bilan tuzilgan algoritmni amalgam oshirib bo’lmaydi yoki uning samaradorligi talabga javob bermaydi. Shunga qaramasdan bir nechta algoritmlar bitta amaliyotga qo’llanilayotganini topish mumkin.
oshqa hollarda algoritmni tuzish mumkinligini ham, mumkin emasligini ham isbotlab bo’lmaydi. U vaqtda algoritm tuzish jarayonida boshqa predmet sohalaridan qurilgan algoritmlardan foydalanish mumkin.
A lgoritmlar sifatini baholash uchun mezonlarni ko’raylik. Mavjud mezonlar juda tahminlashgan. Masalan, algoritmni bajarishda bajaruvchining xotira uskunalari hajmi yetarli bo’lmasa, u algoritm yomon deb hisoblanadi. Boshqa mezon sifatida algoritmning bajarilishi uchun talab qilinadigan vaqtni ko’rsatish mumkin. Vaqtni baholash bajaruvchining fizik xarakteristikalari hisobga olinishi kerak. Chunki har bir operatsiya har xil o’zgaruvchilar bilan bajarilganda vaqt ham har xil bo’ladi. Bunchalik aniq ma’lumotni har bir foydalanuvchi uchun yig’ib bo’lmaganligi sababli odatda o’rtacha tezkorlik qabul qilinadi. Ketmaket bajarilayotgan operatsiyalar sonini aniqlab, uni o’rtacha tezkorlikka ko’paytirsa, algoritm bajarilishining amalga yaqin bo’lgan vaqtini topishimiz mumkin.
Faraz qilaylik, 2 ta tahlil qilingan algoritmlardan bittasining bajarilish vaqti tezroq bo’ladi, uni xotira ishlash hajmi bo’yicha ham tahlil qilish kerak va bunday tahlillar murakkab nazariyasiga mansub bo’ladi. Shunday qilib, algoritmlar nazariyasi fani masalalarni yechishga mo’ljallangan algoritmlarni samaradorligini va murakkabligini tahlil qilish, o’zgartirish, qo’shimcha qilish va qayta ishlash natijasida yahshilash usul va uslublarini o’rganadi.
|
| |