Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Telekommunikatsiya Texnologiyalari fakulteti




Download 140.69 Kb.
bet2/5
Sana16.12.2022
Hajmi140.69 Kb.
#35273
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alimov Tursinboy KX MI
iroda 5 amaliy tim
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy himoya:
-har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda ifodalanishi mumkin bo‘lgan EHM uchun yaratilgan dasturlarning barcha xiliga (shu jumladan, operatsiya tizimlari va dasturiy majmualarga) nisbatan, boshlang‘ich matn va obyekt kodiga nisbatan ham, shuningdek ma’lumotlarni tanlash va tashkil etish bo‘yicha ijodiy mehnatning natijasi bo‘lgan ma’lumotlar bazalariga nisbatan tatbiq etiladi;
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalari yohud ularning biron-bir qismiga asos bo‘lgan g‘oyalar va prinsiplarga, shu jumladan interfeys hamda algoritm tashkil qilish g‘oyalari va prinsiplariga, shuningdek dasturlash tillariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqini e’tirof etish shartlari.
EHM uchun dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi ular yaratilgach yuzaga keladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mualliflik huquqi e’tirof etilishi va ro‘yobga chiqarilishi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish yoki o‘zga rasmiyatchiliklarga rioya etish talab qilinmaydi.
Mualliflik huquqi obyekti bo‘lmagan materiallardan (asarlardan) tarkib topgan ma’lumotlar bazasiga nisbatan mualliflik huquqi ma’lumotlar bazasini yaratgan shaxslarga tegishli bo‘ladi.
Boshqa shaxsning mualliflik huquqi obyekti bo‘lgan materiallarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mualliflik huquqi bunday materiallarning har biriga nisbatan mualliflik huquqiga rioya qilingan taqdirdagina e’tirof etiladi.
Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan materiallarning har biriga nisbatan mualliflik huquqi saqlanadi. Bu materiallar ma’lumotlar bazasidan qat’i nazar ishlatilishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ushbu ma’lumotlar bazasiga kirgan materiallar va asarlarni mustaqil ravishda tanlashi va tashkil etishiga monelik qilmaydi.
Huquq egasi o‘z huquqlaridan xabardor qilish maqsadida EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining birinchi bor bosib chiqarilishidan e’tiboran mualliflik huquqining uch qismdan: doira yoki kichik qavs ichiga olingan “S” harfi; huquq egasining nomi (ismi); EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi birinchi bor bosib chiqarilgan yil ko‘rsatilgan yozuvdan tarkib topgan himoya belgisini qo‘llashi mumkin.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik huquqi ularning moddiy ashyosiga nisbatan mulk egaligi huquqi bilan aloqador emas. Moddiy ashyoga nisbatan bo‘lgan huquqlarni o‘zgalarga har qanday tarzda berish EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik huquqlaridan birortasining o‘zgalarga o‘tib qolishiga sabab bo‘lmaydi.
5-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish muddatlari qonunchilikda ko‘zda tutilgan mualliflik huquqi normalariga muvofiq belgilanadi.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Mualliflik, shaxsiy va mulkiy huquqlar.
Oldingi tahrirga qarang.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik, shuningdek muallifning (mualliflarning) yoki o‘zga huquq egasining shaxsiy va mulkiy huquqlari amaldagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi (mualliflari) yoxud o‘zga huquq egasi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalashni, shu jumladan dasturni bir dasturlash tilidan boshqa tilga o‘tkazishni amalga oshirish va (yoki) amalga oshirishga ruxsat etish borasida mutlaq huquqqa ham egadir.(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Mulkiy huquqlarni o‘zgalarga o‘tkazish.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar shartnoma bo‘yicha o‘zga jismoniy yoki yuridik shaxslarga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va unda albatta quyidagilar belgilab qo‘yiladi: EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish hajmi va usullari, haq to‘lash tartibi va mukofot puli miqdori, shartnomaning amal qilish muddati.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar qonunda belgilangan tartibda meros bo‘lib o‘tadi.
8-modda. Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yaratilgan EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar.
Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yoki ish beruvchining topshirig‘iga binoan yaratilgan EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar ish beruvchiga, basharti u bilan muallif o‘rtasidagi shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tegishli bo‘ladi.
Haq to‘lash tartibi va mukofot puli miqdori muallif bilan ish beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga nisbatan mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan tashkilot yoki korxona (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) qayta tashkil qilinsa, tarqatib yuborilsa yoki tugatilsa, barcha mulkiy huquqlar tegishli ravishda sudning yoki tugatish komissiyasining qaroriga ko‘ra muallifga (mualliflarga), davlatga yoki boshqa huquqiy vorisga o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish.

Download 140.69 Kb.
1   2   3   4   5




Download 140.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Telekommunikatsiya Texnologiyalari fakulteti

Download 140.69 Kb.