|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti tasdiqlayman
|
bet | 2/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 232,18 Kb. | | #245374 |
Bog'liq 2-mustaqil ish (Innovatsiya)So‘ralgan mablag‘
720 mln so‘m (bir yil uchun)
|
Loyihaning amalga oshirish davri: 2024-yil
|
Loyihaning ta’minlash davri: 2024-yil
|
Asosiy ishtirokchilarning ismi, familyasi, sharifi
|
1. Abduhakimov Fayzullo
|
2.
|
3.
|
4.
|
5.
|
6.
|
7.
|
8.
|
9.
|
10.
|
Arizani tayyorlashda uchinchi shaxslarning va/yoki huquq egalarining roziligi bilan materiallarni vazirlikka taqdim etish va ularni vazirlik tomonidan ekspertizasini o‘tkazish va ommalashtirish bo‘yicha mualliflik huquqi va boshqa huquqlari buzilmasligini kafolatlayman (ariza annotatsiyasi ko‘rinishida).
|
2-SHAKL
Loyiha mazmuni
4.1. Loyihada hal etiladigan ilmiy muammolar
Taklif etilgan smart kameralar quyidagi muammolarni bartaraf etadi:
Mijoz va sotuvchi o‘rtasidagi munosabatlarning jiddiylashishini oldini oladi;
Piyodalar, transport vositalari va infratuzilma o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tahlil qilish orqali shaharlardagi transport oqimini optimallashtiradi va tirbandlikni kamaytiradi;
Tizim xavfsizlik xodimlarini, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassislarni yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish vakillarini gavjum sharoitlarda duch kelishi mumkin bo‘lgan turli ssenariylarni tanib olish va ularga samarali javob berishga o‘rgatish uchun ishlatilishi mumkin;
Mayda bezoriliklar haqida tezroq ma’lumot yetkazib bera oladi;
Kafe, restoranlarda xodimlarning mijozlarga bo‘lgan e’tibori, xizmatlarini samarali baholaydi. Bu esa xodimning maoshi xizmatiga munosib oshishiga yordam beradi;
Muhim strategik obyektlarning xavfsizlik darajasini kuchaytiradi.
Sun’iy intellektning Computer Vision qismidan foydalangan holda, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro interaktiv ta’sirlarni aniqlash va shubhali xatti-harakatlarni aniqlab xavflilik darajasi hisoblab chiqiladi. Muayyan darajaga chiqqanda avtomatik tarzda xavfsizlik xizmati xodimlari ogohlantiriladi va xavfni erta oldi olinadi. Ushbu modelni ishlab chiqib, aholi gavjum joylarda, muhim strategik obyektlar joylashgan joylarda o‘rnatilgan kameralarga integratsiya qilinadi. Natijada, ushbu kameralar oddiy kameralardan “aqlliroq” bo‘ladi. Ushbu smart kameralarni butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqarish imkoni paydo bo‘ladi.
|
| |