|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti tasdiqlayman
|
bet | 1/3 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #245427 |
Bog'liq Innovatsion loyiha 4-MI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TASDIQLAYMAN
Universitet rektori
_______________
«____» ________ 2024-y
LOYIHA
AHOLI GAVJUM JOYLARDA SMART KAMERALARDAN FOYDALANGAN HOLDA XAVFSIZLIK DARAJASINI KUCHAYTIRISH
Fan yoʻnalishi: Axborot texnologiyalari
Loyiha turi: Amaliy
Loyiha muallifi: Abduhakimov Fayzullo
Lohiya bajarilayotgan tashkilot yuridik manzili: 100066, Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 108-uy.
Toshkent-2024
LOYIHANING QISQACHA TAVSIFI
Sun’iy intellektning Computer Vision qismidan foydalangan holda, insonlar oʻrtasidagi oʻzaro interaktiv ta’sirlarni aniqlash va shubhali xatti-harakatlarni aniqlab xavflilik darajasi hisoblab chiqiladi. Muayyan darajaga chiqqanda avtomatik tarzda xavfsizlik xizmati xodimlari ogohlantiriladi va xavfni erta oldi olinadi. Ushbu modelni ishlab chiqib, aholi gavjum joylarda, muhim strategik obyektlar joylashgan joylarda oʻrnatilgan kameralarga integratsiya qilinadi. Natijada, ushbu kameralar oddiy kameralardan “aqlliroq” boʻladi. Ushbu smart kameralarni butun dunyo boʻylab sotuvga chiqarish imkoni paydo boʻladi.
Taklif etilgan smart kameralar quyidagi muammolarni bartaraf etadi:
Mijoz va sotuvchi oʻrtasidagi munosabatlarning jiddiylashishini oldini oladi;
Piyodalar, transport vositalari va infratuzilma oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni tahlil qilish orqali shaharlardagi transport oqimini optimallashtiradi va tirbandlikni kamaytiradi;
Tizim xavfsizlik xodimlarini, favqulodda vaziyatlar boʻyicha mutaxassislarni yoki mijozlarga xizmat koʻrsatish vakillarini gavjum sharoitlarda duch kelishi mumkin boʻlgan turli ssenariylarni tanib olish va ularga samarali javob berishga oʻrgatish uchun ishlatilishi mumkin;
Mayda bezoriliklar haqida tezroq ma’lumot yetkazib bera oladi;
Kafe, restoranlarda xodimlarning mijozlarga boʻlgan e’tibori, xizmatlarini samarali baholaydi. Bu esa xodimning maoshi xizmatiga munosib oshishiga yordam beradi;
|
| |