Ishlab chiqarish binolarining elektrdan zararlanish




Download 128,47 Kb.
bet3/6
Sana20.05.2024
Hajmi128,47 Kb.
#245483
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hayot

4.5.2. Ishlab chiqarish binolarining elektrdan zararlanish 
xavfliligi bo‘yicha tasniflanishi 

Elektr tokidan shikastlanish ko‘pchilik hollarda elektr


qurilmalari ishlayotgan muhitga bog‘liq bo‘ladi. O‘tkazgich-
larning va elektr qurilmalarining izolatsiyalari agressiv bug‘
va gazli muhitlarda ishdan chiqadi, shuningdek, yuqori
namlikdagi ish joylarida inson tanasining elektr tokiga ta’siri
keskin kamayadi.
Barcha ishlab chiqarish binolari elektr xavfsizligi
bo‘yicha qu- yidagi uch guruhga ajratiladi:
1. Yuqori xavflilikdagi binolar. Bunday ishlab
chiqarish binolariga quyidagi sharoitdagi ishlab chiqarish
binolari kiradi: tok o‘tkazuvchi (metall, yer, beton) polga
ega, yuqori namlik yoki tok o‘tkazuvchi changli muhit,
havoning harorati +30 dan yuqori, elektr qurilmalarining
metall qismlariga yoki inshootlarning metall konstruksiya-
lariga elektr simlarini tegib qolish хаvfi bor bo‘lgan
sharoitdagi binolar kiradi.
2. O‘ta xavfli binolar – havoning nisbiy namligi 100%
ga yaqin bo‘lgan muhit, kimyoviy muhit, yuqori
xavflilikdagi binolar uchun belgilangan shartlarning bir
vaqtda ikkitasi yoki bir nechtasi mavjud bo‘lgan sharoitdagi
binolar.

123
3. Yuqori xavflilikda bo‘lmagan binolar, уa’ni yuqori


xavflilikdagi yoki o‘tа yuqori xavflilikdagi binolarning
belgilari bo‘lmagan binolar.
 
4.5.3. Elektr tokidan saqlanish va shaxsiy himoya 
vositalari 

Elektr tokidan himoya qilish vositalari asosiy va


qo‘shimcha vositalarga bo‘linadi.
Asosiy vositalarga 1000 V dan ortiq kuchlanishli elektr
moslamalariga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan izolatsiyali
shtangalar, tok o‘lchovchi kleshalar, kuchla-nishni ko‘rsatuvchi
asboblar, himoyalovchi qurilmalar va turli ko‘rinishdagi jihozlar
hamda moslamalar kiradi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan
elektr moslamalariga xizmat ko‘rsatayotganda esa izolatsiya qilin-
gan dastlabki asboblar: buragichlar, ombir va tishlagichlar, dielek-
trik qo‘lqoplar hamda izolatsiyalangan kleshalardan foydalaniladi.
Qo‘shimcha vositalarga kuchlanish 1000 V dan ortiq
bo‘lganda ishlatiladigan dielektrik etiklar, kalishlar,
to‘shamalar va izola-tsiyalangan tagliklar kiradi.
Tarmoqdagi yoki elektr qurilmalarining kuchlanishini
tekshirishda quyidagi asboblardan foydalaniladi:
– 500V gacha kuchlanishga ega elektr tarmoqlaridagi
kuchlanish TI-2, MIN-1, UIN-10, IN-92 rusumli asboblar
yordamida aniqlanadi.
– 1000 V dan yuqori kuchlanishga ega elektr
tarmoqlari va qurilmalarini tekshirishda neon chiroqli
indikatorlardan foydalaniladi. 10 kV gacha bo‘lgan elektr
o‘tkazgichlardagi kuchlanishni tekshirishda tok o‘lchovchi
kleshalar ishlatiladi.
Bulardan tashqari, elektr tokidan himoya qilish
vositalariga belbog‘lar, bog‘ichli kovushlar, muhofaza
arqonlari, teleskopli minoralar va narvonlar ham kiradi.

124
Belbog‘lar 225 kg, kovushlar esa 135 kg yuk bilan 5 daqiqa


davomida sinab ko‘rilgach, foydalanishga ruxsat etiladi.
Elektr xavfsizligini ta’minlashda ko‘rgazmali belgilar
(«рlаkаtlar») ham muhim rol o‘ynaydi. Ular asosan to‘rt
guruhga bo‘linadi, уa’ni hushyorlikka chaqiruvchi, ruxsat
beruvchi, taqiqlovchi va eslatuvchi belgilar.

Download 128,47 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 128,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish binolarining elektrdan zararlanish

Download 128,47 Kb.