• Tabiiy elektrodlarga
  • Elektr qurilmalarini yerga ulash va nollashtirish




    Download 128,47 Kb.
    bet4/6
    Sana20.05.2024
    Hajmi128,47 Kb.
    #245483
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    hayot

     
    4.5.4. Elektr qurilmalarini yerga ulash va nollashtirish 

    Elektr tokidan himoya qilishning ishonchli va keng


    tarqalgan vosita-laridan biri elektr qurilmalarini yerga ulash
    va nollashtirish hisoblanadi.
    Elektr qurilmalarini yerga ulashda qurilmaning еlеktr 
    toki ta’sirida bo‘lmagan metall qismi, masalan, korpusi (1),
    yerga ko‘milgan elektrodlarga (3) ulanadi. Shu sababli yerga
    ulash tizimi elektrodlar va elektr qurilma bilan elektrodni bir-
    lashtiruvchi o‘tkazgichlardan (2) iborat bo‘ladi (4.1-chizma). Yerga ulash elektrodlari sun’iy (aynan shu maqsadda
    maxsus yerga ko‘milgan рo‘lat truba yoki boshqa turdagi
    metall buyumlar) va tabiiy (boshqa maqsadlarda yerga
    o‘rnatilgan metall buyumlar) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
    Tabiiy elektrodlarga suv quvurlari, bino va
    inshootlarning temir beton konstruksiyalarini yerga
    ko‘milgan detallari misol bo‘la oladi. Gaz va neft
    quvurlaridan yerga ulash elektrodi sifatida foydalanish
    taqiqlanadi.
    Sun’i
    у elektrodlar sifatida
    рo‘lat trubalar,
    burchaksimon рo‘latlar, armaturalar va temir polosalardan
    foydalanish mumkin. Bunday elektrodlarning uzunligi 2...3
    m, qalinligi 3,5 mm.dan kam bo‘lmasligi zarur.
    Elektrodlarni bir-biriga ulashda ko‘ndalang kesimining
    o‘lchami 4x12mm bo‘lgan simlar yoki diametri 6 mm.dan
    kam bo‘lmagan рo‘lat simlardan foydalaniladi.

    125
     


    4.1-chizma. Elektor qurilmalarini yerga ulash:
    1-elektr qurilmasi; 2-elektrodlarni birlashtiruvchi sim; 3-elektrod.

    Elektr uskunalari va jihozlari quyidagi hollarda yerga


    ulanadi: 1. 380 V va undan yuqori kuchlanishdagi o‘zga-
    ruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori kuchlanishdagi
    o‘zgarmas tok bilan ishlovchi barcha uskuna va jihozlar,
    2. 42 V dan 380 V gacha kuchlanishdagi o‘zgaruvchan
    tok va 110 V dan 440 V gacha kuchlanishdagi o‘zgarmas tok
    bilan ishlovchi elektr jihozlari.
    3. 42 V va undan kichik kuchlanishdagi o‘zgaruvchan
    tok hamda 110 V va undan kichik kuchlanishdagi o‘zgarmas
    tok bilan ishlovchi portlashga moyil elektr jihozlari va 
    payvandlash trans-formatorlarining ikkilamchi o‘ramlari.
    Bundan kam kuchlanishdagi elektr jihozlarini yerga ulash
    shart emas.
    Standart talablari bo‘yicha quvvati 100 kVt gacha
    bo‘lgan elektr qurilmalarining yerga ulash qarshiligi 10 От. 
    3
    I
    4

    R
    3


    , I
    3

    2
    1


    R
    4

    R
    U

    R
    из

    126
    gacha, quvvati 100 kVt dan ortiq bo‘lgan elektr qurilmalari


    uchun esa 4 От. gacha bo‘lishi talab etiladi.
    Elektr qurilmalari yerga ulash tizimlarining ish holatini
    tekshirishda elektrodlar va o‘tkazgichlarning holati ko‘zdan
    kechirilib, qarshiligi o‘lchanadi. Tashqi tekshirish har olti
    oyda bir marta, yuqori va o‘ta xavfli elektr uskunalarida esa
    har uch oyda bir marta o‘tkazilishi zarur. Elektrodlar va
    o‘tkazgichlarning qarshiligi esa har yili kamida bir marta
    o‘tkazilishi kerak. Yerga ulash qurilmalarining qarshiligini
    o‘lchashda ampermetr va voltmetrlardan yoki МС-08
    rusumli megometrlardan foydalanish mumkin (4.2-chizma).
    Elektr qurilmalarini nollashtirishda ushbu qurilmaning
    elektr toki ta’sirida bo‘lmagan metall qismi nol faza bilan
    birlashtiriladi. Bundan tashqari elektr xavfsizligini oshirish
    maqsadida himoya ajratgichlaridan ham keng foydalaniladi.
    Himoya ajratgichlarning asosiy vazifasi elektr toki urish
    xavfi sodir bo‘lganda elektr zanjirini avtomatik ravishda
    darhol uzishdan iborat. Himoya – ajratgichlarining ishga
    tushish vaqti 0,2 sekunddan oshmasligi zarur.

    Download 128,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 128,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr qurilmalarini yerga ulash va nollashtirish

    Download 128,47 Kb.