Axborot-kutubxona fondini shakllantirish




Download 30,57 Kb.
bet3/5
Sana15.05.2024
Hajmi30,57 Kb.
#234954
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dilshoda kolleksiya ma\'ruza

Axborot-kutubxona fondini shakllantirish.
Kutubxona fondini shakillantirish mazmuni va maqsadi. Kutubxona fondini shakllantirishdan maqsad uni kutubxonaning vazifalariga moslashtirish, kutubxonalarning talab va ehtiyojlarini to‘liq qondirishdan iborat. Chunki har xil davrda kutubxonalar oldiga alohida vazifalar qo‘yiladi. Masalan, 1920—1930-yillarda targ‘ibot va tashviqot, savodsizlikni tugatish, 40-yillarda urushga qarshi kurash va hokazo. Kutubxona oldiga qo‘yilgan vazifa bilan kitobxon talabi o‘rtasida qarama-qarshilik boMmasligi lozim. Kutubxona turli tabaqa kitobxonlari qiziqishi va talabi, ehtiyojini hisobga olgan holda o‘z fondini shakllantiradi.
Kitobxonning qiziqishi, talabi ijtimoy-demografik (yoshi, jinsi, ma’lumoti kabi) va shaxsiy o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun kitobxonning qiziqishi uning kitobga bo‘lgan talabida aks etadi. Kutubxonaning fondi mazkur kitobxonlar qiziqishi va talablariga iloji boricha javob bermog‘i kerak. Fondni butlashda kitobxon talabiga befarq qarash — bu kutubxona ta’sir doirasining pasayishiga va, aksincha, faqat kitobxonlar talabi asosida butlash fondning sifati va mazmuniga salbiy ta’sir etishi, madaniy rivojlanishiga to‘siq bo‘lishi mumkin.
Kutubxona fondini kutubxona vazifasiga, kitobxonlarning talabiga moslab shakllantirish faqatgina hozirni (qisqa davrni) mo‘ljalga olmay, talablarni o‘rganish bilan birga, xilma-xil usullar bilan ularni o‘stirishga, takomillashuviga harakat qilinadi. Talab va butlash qonunining buzilishi kutubxonachining ma’lumoti pastligidan, fond bilan ishlay olmasligidan darak beradi. Kitobxon qiziqishining umumiy, xususiy va alohidalikka bo'linishi konsepsiyasi kutubxona fondini shakllantirishning nazariy asoslaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunday xilma-xillik o‘rtasida chegara vaqtinchalik xarakterga ega Shunga qaramasdan har bir kutubxona o‘z fondini shakllantirayotganda umumiy va xususiylikka etibor beriladi. Boshqacha aytganda, universal kutubxona ko‘pchilik talabini hisobga oladi, alohida talabni boshqa kutubxonalar hisobiga bajarishga harakat qiladi. Umumiylik, xususiylik, alohidalik tushunchasi qiziqish borasida nisbiydir, bir kutubxona uchun umumiy va xususiy bo‘lgan narsa boshqa kutubxona uchun alohida bo'lishi mumkin va, aksincha. Shunday qilib, fondni shakllantirishni moslashtirish qonuni kutubxonachidan malakali bo'lish va kutubxonaga xizmat ko‘rsatadigan vazifalarni, muammolarni, kitobxonlar tabaqalari talab va ehtiyojlarini, qobiliyat va imkoniyatlarini, kitobni bilishini talab qiladi. Fondni shakllantirishda faqat intuitsiya bilan emas, balki matematik hisob-kitob birgalikda olib borilishi lozim.
Kutubxona fondini shakllantirish uchun kitobxonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish lozim, biroq bu soha bizda hali rivojlanmagan. Shuning uchun kutubxonachilar kitobxonning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qiziqish va talabga tenglashtiradi. Bu esa noto‘g‘ri.
Kutubxona fondini shakllantirishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘]gan ta’sir etuvchi kuchlar bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
a) Kutubxona fondi va tashqi muhit.
b) Kutubxona fondi va kutubxonaning boshqa tuzilmalari.
d) Kutubxona fondi va uning ichki qarama-qarshiligi.
Ularning ichidagi eng xavflisi kutubxona fondi va tashqi muhitning tez-tez o‘zgarib turishi kutubxona oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘yadi. Kutubxona fondi mamlakatda chiqayotgan barcha hujjatlarni ololmaydi, chunki bu mablag4 bilan bog‘liq. Bundan tashqari kutubxonaning tarmog‘i, binosining imkoniyati, saqlash kabi faktlar to'siqlik qiladi. Kutubxona jismoniy va ma’naviy eskirgan kitoblarni passiv fondga o‘tkazish yoki chiqarib tashlash haqida ham o‘ylashi kerak bo‘ladi. Yuqoridagi qarama1 Y o‘ldoshev E, Rahimova. Hujjat fondlari. 131 qarshiliklarni ishlatish, fondni kitobxon talabiga moslashtirish kutubxonaning asosiy vazifasi va kelajagi hisoblanadi.
Kutubxona fondining kutubxona xodimlari bilan qaramaqarshiligi shundaki, kutubxona fondini shakllantirishni tashkil qilish uchun kutubxonachi doimo o‘z malakasini oshirib borishi lozim. Kutubxonachi o‘z fondini doim mukammal to£ldirib borishi va ularni yaxshi saqlash uchun binoni kengaytirishi, xonalarning yetarli bo‘lishiga erishishi lozim. Kitobxonlarning to‘lib ketishi, joyning yetmasligi, avtomatlashtirishga moslashmaganligi, bo‘limning har xil joyda joylashuvi va hokazolar shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kutubxona fondini kitobxon talabiga moslab shakllantirishning asosiy usullaridan biri — fondni o‘zining ixtisosiga mos kitoblarni olish, fondning to‘liqligini saqlab qolishdir. Kutubxona fondini shakillantirishda kerakli hujjatlar kitoblar olamidan shunday saralab, tanlab olinadiki — bu kitobxonga zarur kitobni o‘qish imkoniyatini yaratadi. Kitobxonning axborotga bo'lgan ehtiyojiga qarab adabiyotlar bilan ta’minlash kutubxonachining vazifasidir. Bu o‘z navbatida kutubxona fondini tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini va o‘zaro ta’sirini aks ettiradi. Kutubxona fondini kitobxonlarga bemalol tanlab olish imkoniyatini yaratuvchi kitob olamini tashkil eta oluvchi, har xil mavzudagi muammolar, qiziqarli kitoblar bilan ularni jalb etishi, qiziqishlarini chuqurlashtirish, kengaytirish lozim. Saralab tanlash prinsipi kutubxona fondini shakllantirishning bosh prinsipi bo‘lib qolgan prinsiplar shunga asoslangandir. Muvofiqlash, moslash prinsipi mamlikatda chiqayotgan ko‘plab kitoblardan bizga ushbu kerakli hujjatlarni tanlab olishni o‘rgatadi. Kutubxonaning vazifasi ham o‘zining turn va xili, tarmog‘iga, kitobxonlar talabi va so‘rog‘iga moslab, kerakli kitoblarni olib o‘z fondini shakllanririshi kerak. Mamlakatimizda xilma-xil axborot-kitubxona muassasalari mavjud. Masalan, oliy o‘quv yurti, kollej va litsey, umumta’lim o‘rta maktablarning axborot resurs markazlari va boshqa kutubxonalar o‘zining kitobxonlariga moslab kitob oladilar.

Download 30,57 Kb.
1   2   3   4   5




Download 30,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot-kutubxona fondini shakllantirish

Download 30,57 Kb.