• Hardware
  • Kompyuterning Qurilmalari Sistema bloki
  • Mikroprotsessor.
  • Pentium-3, Pentium-4
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 41.8 Kb.
    bet8/17
    Sana21.08.2022
    Hajmi41.8 Kb.
    #25315
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    AMALIY ish 1
    4-5-6, Maxammedov.Z.O, it, 641 20 Yigitaliyev Fazliddin, Gulbekov Mehroj 110, ATAMALAR, 10-sinf-informatika-testlar, Telegram@pdfimagebbnn, Kiberxavfsizlik siyosati 1 amaliy, Algoritmlarni loyihalas yakuniy testi xxx, AlgoYakuniy, Tovboyeva Gavhar
    Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o`rnatadi va uning bajarilishini ta’minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Programma ishlash natijasi to`g`ridan-to`g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari – kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning programma ta’minoti – kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.
    Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan (2.1-rasm):
    -sistema bloki;
    -monitor;
    -klaviatura;
    -sichqoncha;
    -tashqi qurilmalar.
    Kompyuterning Qurilmalari
    Sistema bloki
    Sistema bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko`rinishida ishlab chiqariladi.
    Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilardir:
    Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan) mikroprotsessorqurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
    Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u ma’lumotlarni berilgan programma asosida qayta ishlaydi.
    Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium Pro(professional) mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlarda ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo`lgan, Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko`plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng qo`llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagerslar (Mgs) sekundda o`lchanadi.

    Download 41.8 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 41.8 Kb.