Termobardosh materiallardan tayyorlangan baʼzi R. qizdirish elementi sifatida
ishlatiladi.
Tranzistor (
inglizcha
:
transfer — koʻchirmoq va
rezistor) —
elektr
tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va
oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob hamda
mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi.
Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga koʻra 2 ta sinfga
ajratiladi — bipolyar va maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar
tranzistorlarda ikkala turdagi (
p-tipli
va
n-tipli
) oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan
yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bipolyar tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan
p-n
oʻtish
hisobiga ishlaydi va baza-emitter oʻtishi orqali tokni boshqaradi. Maydoniy
tranzistorlarda faqat bir turdagi (n-tipli yoki p-tipli) yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi.
Bunday tranzisorlarning bipolyar tranzistorlardan asosiy farqi shundaki, ular
kuchlanishni boshqaradi, tokni emas. Kuchlanishni boshqarish zatvor va istok
orasidagi kuchlanishni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Diod-(yunon. di... ikki martalikni bildiruvchi old qo’shimcha va еlektr od) –
bir tomonlama еlektr o’tkazuvchanlik xossasiga еga bo’lgan ikki еlektrodi asbob.
Еlektrvakuumli, yarim o’tkazgichli diod, gazotron xillari bor. Radiotexnika,
еlektronika, еnetgetika va texnikaning boshqa sohalarida asosan, o’zgaruvchan
tokni to’g’rilash, detektrlash, chastotani qayta o’zgartirish, еlektr zanjirlarni
almashlab ulashda ishlatiladi.