• Risovanie
  • Muhandislik chizmalarini chizishda autocad grafik tizimi foydalanish




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana06.03.2024
    Hajmi1.33 Mb.
    #167838
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    muhandislik-chizmalarini-chizishda-autocad-grafik-tizimi-foydalanish
    Copy, ramka A4 S, 1431726, Norpo`latov Eldor ingliz screen, Pedagogik dasturiy vositalar, dilfuza
    www.scientificprogress.uz
     
    Page 69
    qo‘lda chizish mumkin bo‘lgan har qanday rasm AvtoCADda yuqori tezlikda, o‘z 
    vaqtda va oson bajariladi. 
    AvtoCADning ko‘p qirrali imkoniyatlaridan me‘morchilik va qurilishda, 
    elektronikada, mashinasozlikda, aerokosmika sanoatida, nashriyot va dizayn sohalarida 
    keng foydalanish mumkin. 
    AvtoCAD paketini murakkab va amaliy masalalarni yechishda tehnik 
    konstruktor, dizaynerlar qo‘llashi uchun juda qo‘l keladi. AvtoCAD yordamida ikki
    va uch o‘lchovli fazo sistemalarida chizmalar chizish mumkin. AvtoCADda ikki 
    ulchovli sistemadan uch o‘lchovli fazo sistemasiga o‘tish va uning aksini qilish 
    imkoniyatlari mavjud. 
    AvtoCADda tekislik va sirtlar hosil qilish, tekislik va sirtlardan geometrik modellar 
    tayyorlash, geometrik modellarni xohlagan tomondan qo‘rinishlarini hosil qilish va 
    kerakli joylardan qirqimlar berish, kerakli ranglarda ularni tasvirlash, tasvirning afin 
    almashtirishlarini hosil qilish, ya‘ni uni surish, aylantirish, to‘ntarish va harakatlantirish 
    mumkin. 
    AvtoCAD murakkab sistema. Shuning uchun oddiy chizmalardan ishni boshlash 
    kerak. Avvalo AvtoCAD buyrug‘lari bilan tanishib chiqish kerak. Albatta, birinchi 
    o‘qishingizda ularga unchalik tushunmasligingiz mumkin. Buning uchun tushkunlikka 
    tushish kerak emas. Biroz vaqtdan so‘ng yana o‘qing. Kompyuterni yoqib AvtoCAD ni 
    ishga tushirib, oddiy chizmalar chizishga harakat qiling. Masalan: RISUY buyrug‘ini 
    bering. KRUG buyrug‘ini tanlab, aylanani radius yordamida chizish uchun ekranning 
    biror nuqtasini tanlang. Ekrandagi ikki kesishuvchi perpendikulyar to‘g‘ri chiziqli 
    kursorni biroz harakatlantira boshlang. Ekranda tanlangan nuqtangizdan aylanalar o‘qib 
    chiqayotgandek tuyuladi. Sichqonni to‘xtating va tugmachasini bosing. Ekranda aylana 
    hosil bo‘ladi. Shu kabi boshqa buyruqlar ustida ishlashga kirishing. Natijada 
    primitivlardan foydalanish sirlarini egallay boshlaysiz. AvtoCADda tahrirlash 
    buyruqlaridan foydalanishingiz mumkin. 
    Ushbu kitobda AvtoCAD paketining o‘zidagi AvtoCADni ishlatish uchun rus tilida 
    yozilgan qo‘llanmadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilindi. O‘rganilayotgan AvtoCADdagi 
    barcha buyruq nomlari rus tilidagi uchun keltirilganligicha qoldi. 
    Har qanday rasmni qismlarga bo‘lish mumkin. Bu qismlar AutoCAD tizimida 
    primitiv nomini olgan. 
    Murakkab primitivlarga poliliniya, multiliniya, multitekst, razmer, vo‘noska, 
    dopusk, shtrixovka, blokka olish yoki blokni uzatish, atribut va rastrli tasvirlar kiradi. 
    Kesmalar chizishni boshlaymiz. Buning uchun klaviatura yordamida OTREZOK 
    (LINE) buyrug‘ini kiriting. Ushbu buyruqni tushuvchi menyu Risovanie (Draw) yoki 
    uskunalar paneli Risovanie (Draw) dagi birinchi turgan tugmani bosish bilan ham 
    kiritish mumkin. 


    SCIENTIFIC PROGRESS
    VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 
    ISSN: 2181-1601
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
    Passport: 
    http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
      
    Uzbekistan
     

    Download 1.33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhandislik chizmalarini chizishda autocad grafik tizimi foydalanish

    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish