• So‘z boshi
  • Muhandislik-texnologiya




    Download 2,19 Mb.
    bet2/193
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,19 Mb.
    #256562
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
    Bog'liq
    Muhandislik-texnologiya

    Tuzuvchi: Т.Т.Мalikov - Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi
    Taqrizchilar: A.Mirzaxmedov, NamMTI dotsenti, f.f.d
    M.Ismoilov, NamMQI professori, f.f.d

    O’quv-uslubiy majmua NamMTI kengashning 2021 yil 26 avgustdagi 1-sonli bayoni bilan tasdiqlandi.




    MUNDARIJA


    So‘z boshi.......................................................................................
    I. Ma’ruza materiallari...................................................................
    II.Mustaqil ta’lim mavzulari……………. ....................................
    III. Glossariy ………………….…………………………..…........
    IV. Ilovalar………………………………………………...…......

    - fan dasturi


    - fanning ishchi dasturi
    -tarqatma materiallar
    - testlar
    - baholash mezoni


    SO’Z BOSHI

    “Falsafa” fanini o‘zlashtirish natijasida, barkamol avlodni aqlan va jismonan rivojlanishi muammolari yuzasidan chiqarilgan qonun-qoidalariga amal qilish va sog‘lom, har tomonlama yetuk avlod yaratishga intilish, mohir pedagog ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Falsafa fani doirasida fanning predmeti, haqida umumiy tushunchalar, fanning rivojlanish tarixi, falsafaning ilmiy tadqiqot metodlari, shaxs falsafasi, bilish falsafasi, borliq tushunchasi va nazariyasi, tafakkur falsafasi kabi ma’lumotlarni o’rganish mumkin. Falsafa fani zamonga xos tarzda yangi bilimlar bilan jadal rivojlanib borayotgan, jamiyat uchun kerak bo‘lgan ilmiy fanning nazariy sohasidir. Oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida falsafa fanining roli va o‘rni beqiyosdir.


    Ushbu o‘quv – uslubiy majmua ma’ruza materiallari, namunaviy va ishchi o‘quv dasturi, modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari, (adabiyotlar ro‘yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test savollari) va amaliy mashg‘ulotlar materiallaridan tashkil topgan.
    “Falsafa” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

    • dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo’lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammo va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

    • falsafa tarixini bilishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo’yicha o’z nuqtai nazarini bayon etishi xamda ilmiy asoslay olishi;

    • tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va xodisalar haqida yahlit tasavvurga ega bo’lishi, insonning ma`naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olishi;

    • insonning davlat, jamiyat, atrof muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy me`yorlarni kasbiy faoliyatda joriy qilishi;

    • axborot to’plash, saqlash, ularga ishlov berish va foydalanish usullarini egallashi; o’zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;

    • bakalavriatning o’z yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikqa ega bo’lishi;

    • Yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, takomillashtirishi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;

    • dunyoning global muammolaridan xabardor bo’lishi, fundamental globallashuvini jihatlarini farqlay olishi, xususiy, milliy, mintaqaviy muammolarni o’rganishi, ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtira olishi,

    sog’lom turmush tarzi haqida ilmiy tasavvurga va e`tiqodga ega bo’lishi, o’zini jismonan takomillashtirish malakasi va kunikmalariga ega bo’lishi kerak.

    MA’RUZA

    MATNLARI


    Download 2,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




    Download 2,19 Mb.