|
Raqobatbardoshlik va taktik rejalashtrishning ro’li va o’rni
|
bet | 8/16 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 380,56 Kb. | | #134286 |
Bog'liq RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI1.3 Raqobatbardoshlik va taktik rejalashtrishning ro’li va o’rni
Mamlakat va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlanishini tartibga solishning muhim yo’nalishlaridan biri ularning raqobatbardoshligini oshirish bilan bog’liq.. Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo’jaligi muvaffaqiyatli faoliyat kursatishining asosiy kursatkichi hisoblanadi, jahonning ko’plab mamlakatlarida, shu jumladan, o’tish iqtisodiyotyga ega bo’lgan mamlakatlarda raqobat to’g’risida qonunlarning qabul qilinganligi va Mazkur masalalar bilan shug’ullanuvchi milliy tashqilotlarning tashqil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi.
Xususan O’zbekiston Respublikasida Xususiylashturilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi (Monopoliyaga qarshi qo’mita) tashqil etilgan bo’lib, uning faoliyati respublika iqtisodiyotida raqobat muhitini yaratish, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar, shu jumladan, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar xo’jalik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat imkoniyatlarini barpo etishga yo’naltirilgan.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – bu iqtisodiyotning muxim kursatkichlari holatini tashqi parametrlarga nisbatan yalii baholashni o’zida mujassam etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xalqaro raqobatda namoyon bo’ladi. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2017y. 33-son, 863 modda. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi namoyon bo’lishning ko’p darajali shakllariga ega: - tovarning raqobatbardoshligi; - xodimning raqobatbardoshligi; - tovar ishlab chiqaruvchisining raqobatbardoshligi; - tarmoqning raqobatbardoshligi; - mamlakatning raqobatbardoshligi (yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi).
Ta’sirchan va rag’batlantiruvchi, erkin iqtisodiy raqobatni rivojlantirish evaziga ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar ustidan xaridorlarning hukmronligi o’rnatilib, bu bozor munosabatlarining mohiyatini belgilovchi sharoit hisoblanadi. Raqobatning faqat erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida to’laqonli amal qilishi hamda o’z mohiyatini to’liq namoyon eta olishini quyidagi 1.3-jadval orqali ko’zatish mumkin.
|
| |