I.BOB: RAQOBATCHILIK STRATEGIYASINING NAZARIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI MOHIYATI




Download 380,56 Kb.
bet2/16
Sana10.01.2024
Hajmi380,56 Kb.
#134286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI

I.BOB: RAQOBATCHILIK STRATEGIYASINING NAZARIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI MOHIYATI
1.1 Raqobat tushunchasi va korxonalar taktikasi
Raqobat - iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi, bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Raqobat tushunchasi shu qadar serqirraki, uni qandaydir yagona umumiy ta’rif bilan qamrab olish mumkin emas.
«Raqobat» tushunchasini aniqlashtirishning ba’zi bir nuqtai nazarlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug’at va ma’lumotnomalarda turlicha ta’riflanadi. Jumladan, «ЯЗЫК БИЗНЕСА» nomli lug’atda: «Raqobat (lotincha concurrere – to’qnashuv; inglizcha competition, rivalry) – bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o’rtasidagi o’z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o’zaro ta’sir, o’zaro aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashqil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar», deb ifodalangan. Bundan ko’rinadiki, raqobatni nafaqat kurash, balki o’zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan.
Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari haqida dastlabki to’laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o’rtalariga kelib paydo bo’lgan. Umumiy tarzda, raqobatning mohiyatini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlarni quyidagi chizma yordamida tasvirlash mumkin . Har bir bozor o’zining xususiyatlariga ega bo’lishiga qaramay, raqobatning mohiyati uning tabiati va intensivligini ochib berish va baholash imkonini beruvchi yagona kontseptsiya orqali ifodalanishi mumkin. Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari haqida dastlabki to’laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o’rtalariga kelib paydo bo’lgan.
Bunda klassik siyosiy iqtisod vaqillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir. Keyingi davrlarda F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter, F.Kotler va boshqalarning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat mohiyatiga to’xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo’lish mumkin. Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funktsional yondashuv. Raqobatning xulq-atvor yondashuviga A.Smitning qarashlarini kiritish mumkin. U raqobatni bozor sub’ektlari o’rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan, to’g’ri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa bilan bog’lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o’zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi (ixtiyori) bilan boshqarilmaydigan, umumiy mo’ljallarga ega bo’lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini qayd etgan. Demak, raqobat–bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynan o’sha «ko’rinmas qo’l»dir.

Download 380,56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 380,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB: RAQOBATCHILIK STRATEGIYASINING NAZARIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI MOHIYATI

Download 380,56 Kb.