Tekis va fazoviy bruslarga umumiy tarzda kuchlar ta’sir qilganda ularni hisoblash . Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar.
Reja:
1 Tekis va fazoviy bruslarga umumiy tarzda kuchlar ta’sir qilganda ularni hisoblash.
2 Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar.
3 Yuritmalarni kinematik hisoblash.
4 Xulosa.
5 Foydalanilgan adabiyotlar.
Tekis va fazoviy bruslarga umumiy tarzda kuchlar ta’sir qilganda ularni hisoblash.
Agar elastik sterjendan ma’lum qiyalikdagi tekisliklar bilan kesib ajratilgan kubningtomonlariga faqat urinma kuchlanishlar ta’sir qilsa, kubning bunday tekis kuchlanish holati sof siljish deyiladi. Quyidagi hususiy holni tekshiramiz. Tekis kuchlanish holatida bo‘lgan sterjendan bir elementar kub ajratamiz. Bu kubning tomonlari bosh yuzalar bo‘lib, bu yuzalarga cho‘zuvchi va bo‘lsin3= +1= -siquvchi bosh normal kuchlanishlar ta’sir etadi deylik, ya’ni
burchak hosil qilgan yuzalarda vujudga kelishini aytib o‘tgan edik va 135Biz o‘tgan darslarimizning birida eng katta urinma kuchlanishlar bosh yuzalar bilan 45 Tekshirilayotgan hususiy hol uchun bu xildagi yuzalarda hosil bo‘ladigan urinma va normal kuchlanishlar formulalardan aniqlanadi:
= 3 = 1 = -
bo‘ladi, normal kuchlanishlar esa quyidagicha aniqlanadi:
Shunday qilib, biz tekshirayotgan husususiy holda sterjendan ajratilgan kubning bosh yuzalari bilan 45° burchak hosil qilgan MLKN elementning tomonlariga faqat urinma kuchlanishlar ta’sir etar ekan. Sof siljish holati tekis kuchlanish holatining hususiy holidir. Demak, bu element sof siljish holatida bo‘ladi.
Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar.
Uzatma (mashinalarda) – aylanma harakatni uzluksiz uzatish uchun moʻljallangan mexanizm. Turli mashinalarning yuritmalarida U. yordamida tezlik oshiriladi yoki pasaytiriladi; tezlik pogʻonali yoki pogʻonasiz tarzda rostlab turiladi; bitta dvigateldan bir necha mexanizm harakatga keltiriladi va h.k. Asosiy koʻrsatkichlari: uzatish momenti, burchak tezligi, uzatish soni, uzatish nisbati, foydali ish koeffitsiyenta (f.i.k.). U.ning mexanik, gidravlik va elektr turlari bor. Mexanik U. detallarning ilashish (yoki tishlashish) xossasiga (mas, tishli U., zanjirli U., chervyakli U.) hamda ishqalanish xossasiga (mas, tasmali U., friksion U.) asoslangan. Bunday U.lar stanoklar, avtomobillar, traktorlarning tezliklar qutilari va variatorlarida qoʻllanadi. Gidravlik va elektr U.lar katta quvvatlarni uzatishga imkon beradi. Ular mashinasozlikning turli sohalarida, ayniqsa, ogʻir transport mashinalarining yuritmalarida qoʻllanadi.
Uzatmalar deb, energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oraliqida joylashib, ularni o’zaro bog’lovchi hamda xarakatni talab qilingandek o’zgartiradigan mexanizmlarga aytiladi. Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik, va gidravlik uzatmalardan foydalanadi. Mashina detallari kursida mexanik uzatmalar o’rganilib, boshqalari maxsus kurslarda yoritiladi. Uzatmalarning energiya manbai bilan ish bajaruchi qismi o’rtasida joylashadi va buning sabablari quyidagilar: a) energiya manbai (masalan elektr dvigatel) valining aylanish sonining ishchi valning aylanish sonidan kattaligi; b) burovchi moment qiymatlarini uzatma vallarining aylanish soni hisobiga o’zgartirish mumkinligi; c) elektr dvigatel validagi aylanma harakatni ilgarilama, tebranma va boshqa harakatlarga aylantirishi. Mexanik uzatmalar harakatni bir valdan boshqa vallarga uzatib, asosan ikki turga bo’linadi: a) ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friktsion, tasmali); b) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli). Mexanik uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o’zaro tutashib turadi (tishli, chervyakli, friktsion) yoki egiluvchan bo’g’in (tasma, zanjir) orqali bog’langan bo’ladi. Bundan tashqari, bu uzatmalar vallarining o’zaro joylashuviga qarab, parallel, kesishgan va ayqash turlariga, uzatish sonining o’zgarishiga qarab esa, uzatish soni o’zgarmas, pog’anali o’zgaruvchan va pog’anasiz o’zgaruvchan turlariga bo’linadi. Ishqalanish hisobiga ishlovchi uzamalarning asosiy detallari (g’ildirak, shkiv va shu kabilar) silliq sirtga, ilashish hisobiga ishlayiganlarda esa (tishli g’ildirak, chervyak va shu kabilar) katta burovchi momentning uzatilishini ta’minlaydigan tishlarga ega bo’ladi.
Uzatmalarda xarakatni energiya manbaidan qabul qilib oluvchi valni yetaklovchi val deb, bu valdan xarakatni qabul qilib ish bajaruvchi qismga uzatuvchi valni esa yetaklanuvchi val deb ataladi. Agar uzatma bir necha pog’onali bo’lsa, har bir pog’ananing energiya manbai tomonidagi birinchi val ikkinchi valga nisbatan yetaklovchi, ikkinchi val esa pog’anadagi yetaklanuvchi val bo’ladi. Uzatmalarning asosiy tavsiflari: vallardagi R –quvvat (Vt), T -burovchi moment (N∙m) va ω – burchak tezlik (cek-1 ) yoki n – aylanishlar soni (min-1 ). Qo’shimcha tavsiflari: η - foydali ish koeffitsienti, Ft- aylanma kuch (N) va U - uzatish soni.
Uzatmalarni loyihalash uchun ularning kamida birinchi va oxirgi vallarining quvvati hamda aylanish sonlari yoki burchak tezliklari berilgan bo’lishi kerak (1- rasm). Vallardagi quvvat va burchak tezliklar ma’lum bo’lganda ulardagi burovchi moment quyidagicha aniqlanadi.
T= P / ω yoki T= 9550 P / n
Unda uzatmaning uzatish soni quyidagicha ifodalanadi:
U = n1 / n2 = ω1 / ω2 .
Energiya oqimining yo’nalishidan qat’iy nazar, istalgan ikki val burchak tezliklarining nisbatlari uzatish nisbati deyiladi.
U1-2 = n1 / n2 = ω 1 / ω2 yoki u2-1 = n2 / n1 = ω2 / ω1.
Uzatish nisbati umumiy tushuncha bo’lib, birdan katta, birdan kichik yoki birga teng bo’lishi mumkin. Uzatish soni esa, n1 > n2 bo’lgani uchun doim birdan katta bo’ladi. Aylanish soni n bilan burchak tezligi ω orasida quyidagi bog’lanish mavjud,
ω = π n / 30.
Uzatmaning foydali ish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
η = P2 / P1 .
Agarda T2 momentni T1 momentga bo’lsak,
T2 / T1 = ( P2 / ω2 ) / ( P 1 / ω1 )= η ·
U kelib chiqadi, bundan esa uzatish nicbati,
U = T2 / T1 · η
bo’ladi. SHunday qilib, uzatish sonini quyidagicha ifodalash mumkin:
U= n1 / n2 = ω1 / ω2 = T2 / ( T1 · η ).
Agar uzatma bir necha pog’onali bo’lsa, uning umumiy uzatish soni:
U um = U1· U2 ·…· U0 = U = n1 / n2 ,
bu yerda U1, U2 va U0 –birinchi, ikkinchi va oxirgi vallarning uzatishlar soni; Ko’p pog’anali uzatmalar turli turdagi uzatmalardan (masalan, tasmali, chervyakli, tishli va boshqalar) tuzilgan bo’lishi mumkin. Tezlikni pog’onali o’zgartirishda, bir oraliqda (diapazonda) yagona bir qiymatga ega bo’lgan tezlik olish mumkin. Masalan: avtomo-billarda tezlikni o’zgartish qutichalari asosan tishli uzatmalardan iborat bo’lgan tishli g’ildirak bloklaridan foydalaniladi, yahni bir o’zgarmas oraliqda, tezlik miqdori ravon va shovqinsiz uzatiladi;
Pog’anasiz tezlikni o’zgartirish, variatorlar yoki tasmali uzatmalar yordamida ham amalga oshirish mumkin. Bunga misol ikki g’ildirakdan tuzilgan friktsion uzatma- oddiy variator bo’lib, unda birinchi g’ildirakning sirti ikkinchisining yon yog’iga tegib xarakatlanadi (2 – rasm). Yetaklanuvchi valning xarakatini o’zgartirish uchun yetaklovchi birinchi g’ildirak o’z o’qi bo’ylab siljitiladi. Agar yetakla-nuvchi valning xarakat yo’nalishini o’zgartirish kerak bo’lsa, birinchi g’ildirak o’q bo’ylab surilib, yetaklanuvchi val o’qidan chap tomonga o’tkaziladi.
Demak, birinchi g’ildirak o’z o’qi bo’ylab ikkinchi g’ildirak chetidan o’rta tamonga siljir ekan, yetaklanuvchi valning tezligi orta boradi.
SHunday qilib, kerakli uzatish soni olinadi:
umax= n1 /n2 min = d2 max /d1 , umin= n1 /n2 max = d2 min / d1 ,
Uzatish sonining eng katta qiymatini eng kichik qiymatiga nisbati boshqarish darajasi D deb aytiladi. Boshqarish darajasi variator-larning asosiy tavsiflaridan biri hisoblanadi. Demak boshqarish darajasi quyidagicha bo’ladi:
D = umax / umin = n2 max 1 / n2 min = d2 max / d1 min
Nazariy jihatdan olganda d1 ning qiymati (d2 min → 0 bo’lgani uchun) cheksiz bo’lishi mumkin. Rasmda ko’rsatilgan variatorning foyda-li ish koeffitsienti kichik bo’lsada, tuzilishi oddiy bo’lgani uchun ulardan kam quvvat mexanizm va asboblarda keng ko’lamda foydalaniladi.
|