Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar. Yuritmalarni kinematik hisoblash




Download 125,26 Kb.
bet2/3
Sana15.05.2024
Hajmi125,26 Kb.
#236378
1   2   3
Bog'liq
Tekis va fazoviy bruslarga umumiy tarzda kuchlar ta

Yuritmalarni kinematik hisoblash.
Mexanik uzatmalar harakatni bir valdan boshqa vallarga uzatib, asosan ikki turga bo‟linadi: 1) ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friktsion, tasmali); 2) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli). Mexanik uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o‟zaro tutashib turadi (tishli, chervyakli, friktsion) yoki egiluvchan bo‟g‟in (tasma, zanjir) orqali bog‟langan bo‟ladi. Bundan tashqari, bu uzatmalar vallarining o‟zaro joylashuviga qarab, parallelь, kesishgan va ayqash turlariga, uzatish sonining o‟zgarishiga qarab esa, uzatish soni o’zgarmas, pog’anali o’zgaruvchan va pog’anasiz o’zgaruvchan turlariga bo‟linadi. Ishqalanish hisobiga ishlovchi uzamalarning asosiy detallari (g‟ildirak, shkiv va shu kabilar) silliq sirtga, ilashish hisobiga ishlayiganlarda esa (tishli g‟ildirak, chervyak va shu kabilar) katta burovchi mo`lentning uzatilishini ta‟minlaydigan tishlarga ega bo‟ladi. Uzatmalarda xarakatni energiya manbaidan qabul qilib oluvchi valni yetaklovchi val deb, bu valdan xarakatni qabul qilib ish bajaruvchi qismga uzatuvchi valni esa yetaklanuvchi val deb ataladi. Agar uzatma bir necha pog‟anali bo‟lsa, har bir pog‟ananing energiya manbai to`lonidagi birinchi val ikkinchi valga nisbatan yetaklovchi, ikkinchi val esa pog‟anadagi yetaklanuvchi val bo‟ladi. Uzatmalarning asosiy tavsiflari: vallardagi R –quvvat (Vt), T -burovchi mo`lent (Nm) va щ – burchak tezlik (cek-1 ) yoki n – aylanishlar soni (min-1 ). Qo‟shimcha tavsiflari: z - foydali ish koeffitsienti, Ft - aylanma kuch (H) va U - uzatish soni.
Uzatmalarni loyihalash uchun ularning kamida birinchi va oxirgi vallarining quvvati hamda aylanish sonlari yoki burchak tezliklari berilgan bo‟lishi kerak (10- rasm). Vallardagi quvvat va burchak tezliklar ma‟lum bo‟lganda ulardagi burovchi mo`lent quyidagicha aniqlanadi.
T= P / щ yoki T= 9550 P / n
Unda uzatmaning uzatish soni quyidagicha ifodalanadi:
U = n1 / n2 = щ1 / щ2 .
Energiya oqimining yo‟nalishidan qat‟iy nazar, istalgan ikki val burchak tezliklarining nisbatlari uzatish nisbati deyiladi.
U1-2 = n1 / n2 = щ 1 / щ2 yoki u2-1 = n2 / n1 = щ2 / щ1.
Uzatish nisbati umumiy tushuncha bo‟lib, birdan katta, birdan kichik yoki birga teng bo‟lishi mumkin. Uzatish soni esa, n1 > n2 bo‟lgani uchun doim birdan katta bo‟ladi. Aylanish soni n bilan burchak tezligi щ orasida quyidagi bog‟lanish mavjud,
щ = r n / 30.
Uzatmaning foydali ish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
z = P2 / P1 .
Agarda T2 mo`lentni T1 mo`lentga bo‟lsak,
T2 / T1 = ( P2 / щ2 ) / ( P 1 / щ1 )= z · U kelib chiqadi,
bundan esa uzatish nicbati,
U = T2 / T1 · z bo‟ladi.
SHunday qilib, uzatish sonini quyidagicha ifodalash mumkin:
U= n1 / n2 = щ1 / щ2 = T2 / ( T1 · z ).

Download 125,26 Kb.
1   2   3




Download 125,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar. Yuritmalarni kinematik hisoblash

Download 125,26 Kb.