|
-chizma. Raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga tushirish
|
bet | 14/16 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 380,56 Kb. | | #134286 |
Bog'liq RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI2.2-chizma. Raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga tushirish
Bu narsa umumiy o‘rtacha harajatlar (AS)ni oshiradi, ammo o‘rtacha o‘zgaruvchan harajatlarni o‘zgartirmaydi. Ko‘rinib turganidek baho (R) o‘rtacha harajatlar (AS)dan pasayib qoladi. Shunga ko‘ra AV kesmasi ishlab chiqarishning o‘rtacha zararlariga teng bo‘ladi.
Har qanday mamlakat bozorining raqobatbardoshligi kontseptual jihatdan umuman olganda ikkita asosiy va majburiy tarkibiy qismdan tovarlar raqobatbardoshligi va kursatnladigan xizmatlar raqobatbardoshligidan iborat. “Zamonaviy raqobat kurashida so’z, birinchi navbatda, resurslar, moddiy boyliklarga egalik to‘g‘risida emas, balki yangiliklarni joriy eta olish qobiliyati to‘g‘risida boradi” . Qimmatli qog’ozlar bozoridagi tovar - bu qimmatli qog’ozlardir. Ma’lumki, har qaiday qimmatli qog’ozning raqobatbardoshligi korxona - emitentning raqobatbardoshligi bilan, uning tovar, pul va boshqa bozorlarda, jumladan, chet el bozorlarida raqobat qila olishi qobiliyati bilan o’zviy bog’liqlikda qaralishi kerak. Boshqacha aytganda, bu yerda gap muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog’ozlarning sifati haqida ketyapti. Bu fond bozori raqobatbardoshligining, aytaylik, ichki tomonidir. Qimmatli qog’ozlar bozorida kursatilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligiga kelsak, bunda biz fond bozorining milliy professional ishtirokchilarining qimmatli qog’ozlar bozorida narxi, sifati va muddatlari bo’yicha jahon andozalariga mos xizmat kursatishini, bozorning xam ichki, ham tashqi ishtirokchilarini qoniqtirishini tushunamiz. Bu - fond bozori raqobatbardoshligiiing tashqi tomonidir.
Respublikamiz qimmatli qotozlar bozoridagi tovarking sifati haqida quyidagilarni aytish mumkin. Ma’lumki, bunday tovarlar aktsiyalar, obligatsiyalar, depozitli sertifikatlar va g’azna majburiyatlaridir. Agar o’z vaqtida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari ichki investorlar uchun fond bozorining juda ommabop va katta foyda beruvchi vositasi bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda ular o’zining jozibadorligini yo’qotgan, chunki ushbu qimmatli qog’ozlarning daromadligi ancha pasayib ketgan. Bunga yana inflyatsiyaning ta’sirini qo’shadigan bo’lsak, xo’jalik sub’ektlari bunday qimmatli qog’ozlarni sotib olishdan foyda ko’rmaydi. Shuning uchun ularni qimmatli qog’ozlar bozoridagi O‘zbekiston: jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, innovatsion taraqqiyot va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini raqobatbardosh tovar sifatida qabul qilish to’g’ri bo’lmaydi. Umuman olganda esa, mamlakatimizdagi davlat qimmatli qog’ozlar bozorini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun yuqorida tilga olingan bazaning mavjudligiga qaramay, uni raqobatbardosh deb atab bo’lmaydi. O’zbekiston fond bozorining muayyan raqobatbardoshlikka da’vo qiluvchi muxim va istiqbolli bo’g’inlari, fikrimizcha, korxonalar aktsyaya va obligatsiyalari bozori (korporativ qimmatli qog’ozlar bozori deb ham ataladi) va depozitli sertifikatlarning birlamchi bozoridir. Mahalliy qimmatli qog’ozlar bozorining raqobatbardoshligini oshirish muammosi nuqtai nazaridan ularning likvidligini, birinchi galda, aktsiyalar likvidligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorining aksariyat professional ishtirokchilarida ob’ektiv sabablarga ko’ra hozircha ish haqi miqdori katta emas. Shuning uchun investitsiya institutlari uchun shaxsiy kapitalga ega bo’lish talabi amalda investorlarni real himoya qila olmaydi. Raqobatbardoshlik to’g’risidagi masala doirasida qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari bozori muammosi alohida dolzarblik kasb etadi, chunki uning tashqil bo’lishi ko’p jihatdan fond birjalarida kotirovka qilinmaydigan kichik aktsiyalar paketiga ega bo’lgan aholining, minoritar aktsiyadorlarning, korxonalarning qimmatli qog’ozlar bozoriga munosabati shakllanadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, sifat o’lchovlari bo’yicha minoritar aktsiyadorlar mamlakatimizdagi qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarining aksariyatini tashqil qiladi.
|
| |