Milliy iqtisodiyotda raqobat muhitini shaklantirishning institutsional asoslar




Download 380,56 Kb.
bet13/16
Sana10.01.2024
Hajmi380,56 Kb.
#134286
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI

2.2 Milliy iqtisodiyotda raqobat muhitini shaklantirishning institutsional asoslar
Bozor iqtisodiyotining qaror topishi uning infratuzilmasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish zaro’ratini keltirib chiqaradi. Institutlar deganda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda individlar o’zaro ta’sirini tartibga soladigan rasmiy (huquqiy mustahkamlangan), norasmiy va o’z-o’zidan yuzaga keladigan chegaralar jami tushuniladi. Ushbu o’zaro ta’sirni ro’yobga chiqarish uchun raqobat muxitini rivojlantirishning qator iqtisodiy institutlari mavjud. Bular: xususiylashtirish, qayta tarkibiy tuzish, monopoliyadan chiqarish, kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish va hokazolar. Ulardan foydalanish mamlakatning tegishli bozorlaridagi raqobat muhitini, umuman iqtisodiyot qay darajada rivojlanganini belgilaydi. Mamlakatdagi korxonalarning raqobatdagi ustunliklarini bir qator omillar belgilab beradi. Bo’larni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi;
2) makroiqtisodiy biznes muhitning sifati.
O’zbekistonda raqobat munosabatlarini shakllantirishning quyidagi iqtisodiy institutlari qaror topgan: Davlat korxonalarini xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish. Mulkchilik munosabatlari va tarkibini o’zgartirish muammosi - o’tish iqtisodiyoti xos bo’lgan har bir mamlakat uchun muxim masaladir. Mulk-chilikning xo’jalik tizimi sifatidagi rolining o’ziyoq Mazkur sohadagi o’zgarishlarning ham, umuman o’tish iqtisodiyoti doirasidagi islohotlarning ham tizimli xususiyatini kursatadi, Bunday tizimli ta’rif bo’yicha mulkiy munosabatlar sohasidagi tizimli transformatsiyaning asosiy bosqichlarini xam yanada chuqurroq tushunish mumkin. Birinchi bosqich iqtisodiy bo’lmagan ixtiyoriy harakat, ya’ni texnik xususiylashtirishdan o’zga narsa emas, uning muvaffaqiyati esa ijtimoiy kelishuv (manfaatlar balansini xisobga olish)ga bog’liq.
O’zbekiston sharoitida boshqaruv va xo’jalik faoliyatini ajratish raqobat muhitini rivojlantirishning muhim iqtisodiy instituti sifatida namoyon bo’ladi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar davlat va mintaqaviy boshqaruv organlari tarkibini sezilarli optimallashtirishga imkon berdi va apparat soni hamda unga xizmat kursatish xarajatlarining qisqarishiga olib keldi. Kichik biznesni rivojlantirish raqobat muhitini yaratishning muhim institutlaridan biridir. Kichik korxonalar iste’mol bozoridagi talab va taklifni yaxshiroq his qiladi, beqaror iqtisodiyot sharoitida o’z faoliyati strategiyasini tezroq moslashtiradi, raqobatni qo’llab turishni kafolatlaydi, salmoqli mehnat resurslarini safarbar qiladi, iqtisodiy islohotlar davrida yirik korxonalar uchun o’ziga xos bufer rolini o’ynaydi va ularni inqirozdan asraydi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash, aholi farovonligini oshirish maqsadiga qaratilgan bo’lib, raqobatbardosh iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi, unda esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aloxida o’rin egallaydi.
Tadbirkorlik sub’ektlari, o’zining moslashuvchanligi va nisbatan kam kapital xarjligi tufayli yirik korxonalarga qaraganda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahsulot turini yangilashni muvaffaqiyatliroq ta’minlamoqda, bozor talabiga tezroq moslashmoqda, axoli bandligi masalasini xal qilmoqda. O’zbekistonning demografik xususiyati shundan iboratki, mamlakatda aholi o’sish sur’atlari ancha yuqori bo’lib, aholining 60 foizdan ortig’i qishloqda yashaydi, shuning uchun bandlikni ta’minlash masalasi ancha dolzarb ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda biznes-muxitni rivojlantirishga xalal berayotgan asosiy kamchiliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Tadbirkorlar va aholidan undiriladigan soliq stavkalarining yuqoriligi. Ko’p sonli soliqlar va to’lovlar korxona daromadinint 90% igacha yetmoqda, oqibatda kichik korxonalar qanchalik muxim xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lmasin, inqirozga yuz tutmoqda.
2. Tadbirkor manfaatlariga yetarlicha e’tibor berilmasligi. Bozor iqtisodiyotini barpo etish mantiqan "pastdan-yuqoriga" - tadbirkor manfaatlaridan uni ro’yob qiladigan va unga xizmat qiladigan markazlashgan bozor infratuzilmasi (soliq, kredit siyosati, banklar, birjalar va xokazo) tomon harakatni taqozo etadi.
3. Tadbirkor uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlashga boshlang’ich kapitalni shakllantirish manbalarining deyarli yo’qligi. Kreditlash masalasi tadbirkorlarning ko’pchiligi uchun muammolidir, chunki foiz stavkalari juda yuqori va tijorat banklari katta tavakkalchilik borligi hamda kafolatning yo’qligi sababli biznesga pul tikishni istamaydi.
Kichik tadbirkorlikning faoliyat yuritishi uchun muayyan sharoitlar yaratilgandagina u samarali rivojlanishi mumkin. Ularga qo’yidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, texnologiyalarni o’zatish infratuzilmasi va axborot almashinuvi tizimini shakllantirish; ikkinchidan, texnologiyalarni baholash bo’yicha markazlar tashqil qilish; uchinchidan, mintaqaviy rivojlanish va yangi texnologiyalarni tarqatish markazlarini tuzish; to’rtinchidan, amaldagi korxonalar salohiyatiga asoslanib kichik korxonalar ishlab chiqarish - texnologik ta’minotining moliyaviy-tejamli tizimini joriy qilish kabilar. Firma o’z zararlarini eng kam darajaga tushirishini esa 2.2-chizmada ko’rishimiz mumkin.


Download 380,56 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 380,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy iqtisodiyotda raqobat muhitini shaklantirishning institutsional asoslar

Download 380,56 Kb.